Foto: Bleacher Report |
Ushbu musobaqaning yakkalik bahslarida yurtdoshimiz Denis Istomin ishtirok etishi avvaldan ma’lum bo’lib ulgurgan edi.
Musobaqaning 1-bosqichi Denis Istomin uchun omadli keldi. O’zidan saviyasi va reytingi jihatidan pastroq bo’lgan Xorvatiyalik “Dodich” degan tennischini Denis Istomin qiyinchiliksiz mag’lub eta oldi.
Ammo 2-bosqich Denis Istomin uchun haqiqiy fojea bo’lishi tahmin qilindi. Sababi ana shu pallada tennis bo’yicha dunyoda 117-o’rinda borayotgan vatandoshimiz Denis Istomin, Dunyoning 2-raketkasi Novak Jokovichga qarshi bellashar edi. Bu bahs g’olibi esa 3-bosqichga o’tish imkoniyatini qo’lga kiritardi.
Xo’sh, Novak Jokovich kim edi? Agar biroz o’tmishga qaytadigan bo’lsak. Eslayman bundan qariyb 7-8 yillar ilgari Tennis olamidagi ikkita yulduzni tanir edim. Bular: Ispaniyalik Rafael Nadal va Shvetsariyalik Rojer Federerlar edi. Har ikkalasi ketma-ket musobaqalarning final va yarim finallarida to’qnash kelishar va ko’pincha Rafael Nadalning qo’li baland kelar edi. Ana shu vaqtda tennis olamining qiroli, dunyo reytingida 1-o’rinda turgan bu Nadal edi. Ammo Serbiyalik Novak Jokovich osmondan tushgandek paydo bo’ldi va u ketma-ket musobaqalarda g’alaba qozonib titullar qo’lga kirita boshladi. Eng nomdor Rafael Nadal ham uning uchun xech kim bo’lmay qoldi. Nadal asli Ispaniyalik emasmi? qumli kortlarda u mana-man deganini ham dodini berib qo’yar edi ammo Serbiyalik Novak Jokovich qumli, turpoqli kortlarda ham Ispaniyalik Rafael Nadalni qaqshatqich mag’lubiyatlarga uchratdi. Maxsus qoplamali va xattoki maysali kortlarda ham ana shu vaqtlarda Novak Jokovich Rafael Nadaldan ustin keldi. AQSH, Avstraliya va Buyuk Britaniyadagi turnirlar finalida Nadalga xattoki chapaqayligi ham yordam bermadi. Novak Jokovich Nadalni ruhan sindirdi, 2011-yilda Novak Jokovich, Rafael Nadaldan dunyo tennis tasnifidagi 1-o’rinni tortib oldi.
Shvetsariyalik Rojer Federer bir ammalab boshlanishiga Jokovichni mag’lub etib turgan bo’lsada keyinchalik u ham Jokovichning soyasida qolib ketdi.
Faqatgina 2016-yilga kelib Britaniyalik Endiy Marreyga imkoniyatni boy bergan Jokovich, 2017-yil boshida Dunyoning 2-raketgasiga aylanib qoludi.
Novak Jokovich bugunga kelib tennis ortidan 100 000 000 dollordan ko’proq pulni orttirib olishning ham uddasidan chiqgan.
Be vosita Avstraliya openga qaytadigan bo’lsak Novak Jokovich bu turnirda 2008, 2011, 2012, 2013, 2015, 2016 – yillarda zafar quchgan va bu yilgi musobaqada ham so’zsiz fovorit edi.
Denis Istomin esa Novak Jokovich bilan solishtirganda xech kim emas edi. O’zbekistonlik vatandoshlarimizni hisobga olmaganda xech kim Denis Istomindan bu bahsda g’alabani kutmagan edi.
Ammo hammasi boshqacha bo’ldi. Dunyoning 2-raketkasi Novak Jokovichni O’zbekiston sharafini himoya qilayotgan Denis Istomin sal kam 5 soat davom etgan o’ta murakkab bahsda mag’lub eta oldi. Bu haqiqiy sensatsiya edi.
Ana shu bahsning so’ngida Melburn shahridagi arenaga e’tibor qarattim. Ana shu maskan odamlar bilan to’lib toshgan, Jurnalistlar, kameralar va kazo-kazolarning oxiri yo’q edi. Shundayin muhitda Istomin kimsan Novak Jokovichni mag’lub eta oldi. Tasanno!!!
Uchrashuv o’z poyoniga yetgach Jokovich kortni tark etdi, Denis Istominning oldiga esa jurnalist kelib intervyu oldi. Denis o’zi mag’lub etgan Jokovichdan uzr so’radi va ingliz tilida ana shu yerda intervyu berdi. Dastxatlar ulashdi.
Bu har tomonlama Denis Istominning shu vaqtgacha bo’lgan faoliyatidagi eng shov-shuvli g’alabasi edi.
Denis Istomin nafaqat Jokovichni mag’lub etgan balkim turnurning 3-bosqichiga ham chiqqan edi. Bu bosqichda unga Dunyoning 30-raketkasi, Ispaniyalik “Pablo Korena Busta” raqiblik qildi. Uch yarim soatlik bellashuv so’ngida Denis Istomin bu raqibini ham yenga oldi.
Bahs so’ngida Istomin o’z g’alabasini qo’lga kiritgach qo’lini ko’ksiga urdi, Keyin huddi Ronaldu kabi hayqirib, Messi kabi ikki qo’lini yuqori ko’targancha g’olibona yurish qildi.
Endi u Melburndagi turnirning 4-bosqichida edi. Bu haqiqiy daxshat edi. Hali Denis Istomin bu turnirda xech qachon 4-bosqichgacha yetib kela olmagan va bu uning shaxsiy rekordi edi.
4-bosqich g’olibini “Chorak final” kutib turar edi. Bahs 2017-yilning 23-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da boshlandi. Men ham so’zsiz bu o’yinni Televizor qarshisida o’tirgancha Denis Istominga muhlislik qildim. Uchrashuvni Sport TV jonli efirda namoyish etdi.
Darvoqe uning bugungi raqibi Bolgariyalik Grigor Dimitrov edi. U shu bungi holat bo’yicha dunyoning 15-tennischisi edi.
Shu bugunga kelib men Denis Istomin g’olib bo’lishiga chin dildan ishondim va HUDO dan so’radim. Istomindan bugun umidlarim tog’lar qadar katta edi.
Denis Istomin bahsning birinchi setda 6-2 hisobida juda osonlik bilan g’olib bo’ldi. Ammo bir holat mening tabimni xira qildi. Ya’ni Melburn shahrida bir necha sektorlarda Bolgariyalik muhlislar tinimsiz Grigor Dimitrovni qo’llab-quvvatlardi. Hamma uning ism-familiyasini aytgancha unga hamdu sanolar yog’dirishar edi. Albatta bu Denis Istomin uchun juda katta ruhiy bosim edi. Afsuski ana shu maskanda O’zbekistonlik muhlislar deyarli ko’rinishmadi. Deyarli xech kim Denis Istomin deb dod fariyod solmadi. Ora-Orada “Davay Denis”, “Istomin” degan hayqiriqlar bir-bir eshtilib qoldi xolos. Bir kadrda esa ikkita odam O’zbekiston bayrog’ini tutib turgani. Biri esa Bayrog’imizni hilpiratgancha suratga tushayotgani ko’rindi.
1-setdagi g’alabadan so’ng, 2-set ancha murakkab kechdi. Ikki tennischi bir-birini hisoblar bo’yicha quvdi. Yakunda esa 6/6. Anashu pallada Denis Istomin aslida 6/4 yoki 6/5 hisobida raqibini mag’lub etishning uddasidan chiqmog’I zarur edi ammo u nimagadur o’zini ancha bo’sh va erkin qo’yib yubordi. Bahsning 2-setida Bolgariyalik Tennischining qo’li baland keldi.
Hammasi ana shu soniyalardan boshlandi. Denis Istomin shu vaqt kortga shifokorlarni chaqirtirdi. Shifokorlar kortning o’zida turli xil muolajalar qilishdi. Sharhlovchining aytishicha uzoq vaqtdan buyon Denis Istominni kuragi va tizzasidagi jarohatlar bezovta qilgan va aftidan xozir ana shu tizzasidagi jarohat yana qaytalagan edi. Tahminan 7 daqiqa shifokorlar uning tizzasini davolashga urinishdi.
Keyin 3-setni boshlash uchun Istomin kortga qaytdi. Ammo bu endi boyagi Denis Istomin emas edi. Yo’q u asta-asta qadam tashlayotgan edi. Buni tushunib qolgan Bolgariyalik Dimitrov uni goh u yerga goh bu yerga yugurtiraverdi. Denis Istomin aksar holatda turgan joyida raqib hujumini qaytarishga urindi. Har bir, bir yarim daqiqalik tanaffusda u shifokorlarga endi belini ko’rsatayotgan edi. U tizzasi va tahminan bo’ksasidagi jarohati bilan o’ynadi. Aksariyat to’p uzatishlariga yugurar ekan Denis Istomin “Axxx” degan tovush bilan chopdi. Xa u kuchli og’riqni his qilayotganini sezish qiyin emas edi. Bir vaziyatda esa u qattiq sirpanib ketdi va “dod” degancha joyiga o’tirib qoldi. Qo’llari bilan o’ng oyog’ini ushlab qo’ydi va bir amallab o’rnidan turdi.
3-setda Denis Istomin 6/2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Balki biroz og’riqlar qolib, 4-setda g’alaba qozonar va 5-setda bir amallab bu o’yinda ham g’olib bo’lar deb o’yladim. U 3-set oxirida hakamdan tanaffus so’rab kortdan chiqib ketdi va 6 daqiqadan so’ng yana qaytdi.
Ammo ana shu pallada mo’jiza yuz bermadi. Denis Istomin bu bahsni shunchaki oxiriga yetkazib qo’yish uchun harakat qildi xolos. U endi avvalgidan-da kuchli og’riq bilan harakatlandi. Mag’lubiyat muqarrar edi. Shunday bo’ldi ham, setlar bo’yicha 3/1 hisobida Bolgariyalik Dimitrov Grigor g’alaba qozondi.
Shu bahsni Denis Istominning oila a’zolari jumladan onasi ham Melburn shahridagi arenada kuzatib o’tirishdi. Men esa TV qarshisida bu mag’lubiyatga guvoh bo’ldim.
Bolgariyalik Grigory Dimitrov chorak finalga chiqdi va u endi Belgiyalik tennischi bilan kuch sinashadi.
Denis Istomin esa bu turnirning 4-bosqichiga yetib kelganligi munosabati bilan albatta 117-o’rindan ancha yuqoriga ko’tarilishi aniq. O’ylaymanki Jahondagi eng kuchli 100 ta tennischi qatoriga ham kira olsa kerak.
Endi moliyaviy tomonlarga e’tibor qaratsam Denis Istomin 4-bosqichga yetib kelgani uchun uyiga 165 000 $ pul mukofotini bilan qaytadi. Agar bugun g’alaba qozonganida u kamida 335 000 $ dollorni naqt qilgan bo’lar edi.
Shu payt menda bir haqli savol tug’iladi. Denis Istomin rasmiy ma’lumotlarga ko’ra shundoq ham shu paytgacha tennis ortidan 4 mln. Dollordan ziyotroq daromat ko’rgan ekan. Xo’sh uning shuncha puli bor ekan nimaga u jaroxatlari ustida ishlamagan? Agar u tizzasidagi jaroxatdan o’z vaqtida forig’ bo’lganida edi bugun balki g’alaba qozonar va eski jaroxatini yangilab olmagan bo’lar edi.
Bolgariyalik Grigory Dimitrov nimaning evaziga bugun zafar quchdi? Nimaga u bugun dunyoning eng kuchli 15 ta tennischisidan biri bo’lib turibdi? Chunki u soppa-sog’ edi. Denis bilan bo’lgan bahsda u ikki martta sirg’anib ketdi. Birinchi holatda u borib reklama shitiga urildi. Ikkinchi holatda esa oyog’I sirg’anishi oqibatida u shipakat holatga tushib qoldi. Lekin ikkala vaziyatda uning na oyog’I qayrilib ketdi na payi cho’zildi va na tomiri tortishdi. U endi 25 yoshda bo’lishiga qaramasdan juda tetik va baquvvat ekanligining hisobiga xozir chorak finalga chiqmoqda, balki yarim finalga ham yetib borar. Ma’lumot o’rnida, Istomin 30 yoshda.
Denis Istomindagi mahoratga xech qanday shubham yo’q. U iste’dodli, ammo hulosam shundan iboratki:
Yuz minglab dollorlar sohibi shu darajada ozg’inki ko’rib hayron bo’lasiz. U o’z sog’lig’iga jiddiy e’tibor berib, tajribali va malakali fitnes va jismoniy tayyorgarliklar bo’yicha murabbiylar qo’l ostida shug’ullanishi kerak, va o’z jismoniy holatini hamisha ideal darajada ushlab turmog’i lozim deb o’ylayman.
Denis Istomin 4-bosqichga “YETIB KELDI”
Muallif: Xudoyberganov Ulug’BEK (Bek_Uzbekistan)
* * *
Maqola 23-yanvar kuni shaxsan men tomonimdan yozilgan (Blogimga joylashga biroz kechikdim))
Ushbu maqola shuningdek Stadion.uz sayitida ham chop etildi, Be vosita Stadion.uz sayitidan o'qish uchun: MANBA
Комментарии
Отправить комментарий