Janubiy Koreya 2-1 O'zbekiston (15.11.2016)

Foto: Instagram
JCH-2018 saralashi doirasidagi Janubiy Koreya - O'zbekiston bahsi 2-1 hisobida Janubiy Koreyaliklar foydasiga hal bo'ldi.

O'yining birinchi bo'limida Marat Bikmayev gol urdi, O'zbekiston hisobda oldinga chiqib olib Koreyslar har qancha hujumga o'tsalarda gol ura olishavermagach juda asabiylashishdi. Raqiblarimizni bundayin talvasaga tushishlarini ko'rib rossa o'zimda yo'q xursant bo'lib turgan edim. Lekin afsuski ketma-keti bilan ikkita gol o'tkazib yubordik va o'yinda mag'lub bo'ldik.

Yashirmayman bu mag'lubiyatdan qattiq tasirlandim, Juda ham jahlim chiqdi. Mana shu mag'lubiyatimiz haqida o'ylar ekanman o'zim bundan oldin ko'rganim, Prinsipial raqiblarimizga qarshi bahslarni yodga oldim.

-------------

Men O'zbekiston MTJ o'yinlarini 2011-yilgi Osiyo Kubogidan boshlab muntazam kuzatib kelmoqdaman. Shuning uchun 2011-yildan buyog'iga bo'lib o'tgan o'yinlar haqida so'z yuritishim o'rinli deb o'yladim.

* * *

Sa'na: 2011-yil, 28-yanvar
Manzil: Doha, Qatar
Bosh murabbiy (O'zbekiston): Vadim Abramov

O'yin haqida: 2011-yildi Osiyo kubogida O'zbekiston o'z tarixida ilk bor ushbu musobaqaning yarim finaliga yetib kelgan edi. Afsuski yarim finalda Avstraliyaga yirik 0-6 hisobida imkoniyat boy berib qo'yilgan va O'zbekiston MTJ si 3-o'rin uchun bahsda Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushgan edi.

O'zbekistonning tarkibi chaki emas, Maydondagi futbolchilar butun Osiyoni e'tiborini o'zlariga qaratgan musobaqa. Ana shu bahsda, birinchi taymning o'zidayoq O'zbekiston ketma-ket 3 ta golni o'z darvozasidan olib chiqdi. Men ham ushbu bahsni TV qarshisida o'tirgancha g'amgin qiyofada kuzatayotgan edim, 1-taym oxirida J.Koreya darvozasi tomon penayti belgilandi, Aleksandr Genrih gol urdi, 2-taymda ham O'zbekiston yaxshi o'ynagan edi, Aleksandr Genrih O'zbekistonning 2-goliga ham mualliflik qildi. Anashu ikkita golimizdan so'ng o'yin tizgini biznikilarga o'tib ketgan edi. O'zbekiston ketma-ket Koreyslar darvozasi yaqinida hafli hujumlar qilishga kirishib ketdi. O'yinnig so'ngi pallasi, so'ngi sonniyasigacha O'zbekiston gol urishiga bir bahiya qolaverdi. Ammo o'yindan kelib chiqgan holda alamli mag'lubiyat qabul qilib olindi. O'zbekiston 2-3 Janubiy Koreya. Shu uchrashuvdan so'ng Osiyodagi 3-o'rin Koreyslarga nasib etdi.

HISOB: O'zbekiston 2-3 Janubiy Koreya

* * *

Sa'na: 2012-yil, 25-fevral
Manzil: Jeonju, Janubiy Koreya
Bosh murabbiy (O'zbekiston): Vadim Abramov

O'yin haqida: O'zbekiston JCH saralashi siklini muofaqiyatli olib borayotgan edi, Biz 2010-yilgi JCH ishtirokchisi Shimoliy Koreyani o'z uyida va Toshkentda maxf etgan edik, Toshkentda azaliy raqibimiz Yaponiya bilan durrang o'ynagan edik, Bir qarashda hammasi yaxshi edi. Ammo tan olish kerak disfkalifikatsiya qilingan bir necha futbolchilarimizsiz Yaponiya bilan bo'ladigan javob bahsiga ana shu vaqtdagi MTJ ustozi Vadim Abramov aralash tarkibni olib ketgan edi. Rejaga ko'ra futbolchilarimiz Yaponiyaga qarshi bahs oldidan J.Koreya bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushmog'i lozim edi. Ushbu bahsda O'zbekiston Janubiy Koreyaliklarga 4-2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Bu o'yin adashmasam TV orqali xattoki O'zbekistonda namoyish ham etilmagan edi. Ammo ana shu bahsdan to'rt kun o'tib O'zbekison shu vaqtgacha o'zi mag'lub eta olmagan Yaponiyani Yaponiyani o'zida 0-1 hisobida mag'lub etishgan edi

HISOB: Janubiy Koreya 4-2 O'zbekiston

* * *

Sa'na: 2012-yil, 11-sentyabr
Manzil: Toshkent, O'zbekiston
Bosh murabbiy (O'zbekiston): Mirjalol Qosimov

O'yin haqida: O'zbekiston JCH saralashining so'ngi bosqichida edi, Men ushbu bahsni be vosita stadiondan kuzatgan edim, Anashu bahsda Toshkentdagi Pahtakor stadioni dayerli to'lgan edi, 30 000 atrofidagi ishqibozlar vatanimizni bosh jamoasini imkon qadar qo'llab turishgan. O'zbekistonlik futbolchilar dastlab gol kiritib olishgan so'ngra ketma-ket ikkita gol o'tkazib ham yuborishgan edi. Ammo o'yinning 59-daqiqasida hisob tenglashgan va o'yin so'ngiga qadar vakillarimizda gol urish uchun ya'na qator imkoniyatlar bo'lgan edi. Bir so'z bilan aytganda jangovor durrang bo'lgan edi.

HISOB: O'zbekiston 2-2 Janubiy Koreya

* * *

Sa'na: 2013-yil, 11-iyun
Manzil: Seul, Janubiy Koreya
Bosh murabbiy (O'zbekiston): Mirjalol Qosimov

O'yin haqida: Bir qarashda O'zbekiston ajoyib siklni boshidan o'tkazayotgan edi, Hammasi har tomonlama yaxshi holatda edi, Faqat O'zbekiston futbolchilari no qulay ob-havo sharoiti tufayli Koreyaga biroz kechikib yetib kelishgan edi. Bu holat futbolchilarda charchoq alomatlari sezilishi mumkunligi bilan hovotir uyg'atayotgan edi. Ammo J.Koreyada ichki muommolar bor edi. Futbolchilar va Murabbiylar shtabi o'rtasida nizo bor edi, Bosh murabbiy legioner futbolchilar bilan nizolashgan Koreya futbol Asotsatsiyasi ham bu mojaroga aralashib qolgan muhlislar esa bosh murabbiyni istefosini talab qilib turgan bir vaziyat edi. O'zbekistonda ham tarkib ancha shakillangan, Qosimov esa Bunyodkordagi murabbiylik faoliyatida Koreys jamoalari "Pohang Stillers" va "Seongnam ilva Chunma" larni mag'lub etish chorasini allaqachon topgan edi.

Koreyada O'zbekistonlik futbolchilar sal kam fovorit edi. O'yin yaxshi o'tdi, Seulning o'zida O'zbekiston Janubiy Koreya bilan tengma teng o'ynadi. Koreyslar ham bizdan anchagina hafsirab harakatlanishdi. Stadionning har bir qarichi uchun futbolchilar o'rtasida qizg'in kurash kechdi.

Ammo uchrashuvning 63-daqiqasida O'zbekistonlik himoyachi Akmal Shorahmedov o'zimizning darvozani ishg'ol qilib qo'ydi, Uchrashuvda boshqa gollar kiritilmadi va O'zbekiston J.Koreyadan navbatdagi alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi

HISOB: Janubiy Koreya 1-0 O'zbekiston

* * *

Sa'na: 2015-yil, 22-yanvar
Manzil: Melburn, Avstarliya
Bosh murabbiy (O'zbekiston): Mirjalol Qosimov

O'yin haqida: Avstraliyada Osiyo kubogi bo'lib o'tayotgan edi, O'zbekiston o'z guruhida 2-o'rinni, J.Koreya esa o'z guruhida 1-o'rinni qo'lga kiritgan va bu jamoalar chorak finalda bir birlari bilan ro'baro bo'lishgan edi. Yodimda bor Qosimov bu o'yinda 4-1-4-1 taktikasidan foydalangan edi. O'yin nisbatan Koreyaliklar ustunligida o'tgan edi. Ammo O'zbekiston ham raqibga qiyinchilik tug'dirishni uddasidan chiqayotgan edi. Xattoki bir vaziyatda Lutfullo To'rayevda 100% gol urish uchun imkoniyat ham bo'lgan edi (Lekin, Ammo, Biroq) O'yinnig asosiy vaqti nursiz durrang bilan o'z poyoniga yetadi. Ammo qo'shib berilgan daqiqalarda vakillarimiz ikkita to'pni o'tkazib yuboradilar. 1-gol Shuhrat Muhammadaliyevning xatosidan so'ng urilgan bo'lsa, Ikkinchi golga futbolchilarimiz hisobni tenglashtirilishi uchun hujumga o'tib ketishlari natijasida qarshi hujumda o'tkazib yuborilgan.

Mana shu mag'lubiyatdan so'ng O'zbekiston MTJ Avstraliyadagi Osiyo Kubogidagi ishtiroklarini yakunlagan edilar.

HISOB: O'zbekiston 0-2 Janubiy Koreya

* * *

Sa'na: 2015-yil, 27-mart
Manzil: Tejon, Janubiy Koreya
Bosh murabbiy (O'zbekiston): Mirjalol Qosimov

O'yin haqida: Osiyo kubogidan keyingi bizning ilk o'yinimiz, J.Koreyaga qarshi safardagi o'rtoqlik uchashuvi edi. To'g'risi bu o'yin u darajada yorqin bo'lmagan, Koreyaliklar ham O'zbekiston vakillari ham jonini kuydirmagancha maydonda harakat qilganlar. Koreyslar ushbu bahsda birinchi bo'lib o'yinning 15-daqiqasida gol urishadi. Bu golga 31-daqiqada O'zbekistonlik futbolchilar javob goli bilan javob qaytarishadi. Ikki darvoza oldida ham qator vaziyatlar vujudga keladi. Shu bilan o'yin 1-1 hisobidagi durrang bilan o'z poyoniga yetadi.

HISOB: Janubiy Koreya 1-1 O'zbekiston

* * *

Sa'na: 2016-yil, 15-noyabr
Manzil: Seul, Janubiy Koreya
Bosh murabbiy (O'zbekiston): Samvel Babayan

O'yin qaytnomasi:

Janubiy Koreya - 23.Kim Song Gyu, 4.Kim Ki Xi, 6.Park Ju Xu (3.Xong CHul, 82), 7.Son Xon Men, 10.Nam Tae Xi, 11.Ji Dong Von, 13.Ku Ja CHol, 16.Ki Son Yong, 18.Li Jon Xyop (9.Kim SHin Vuk, 66), 20.Jang Xyun Su, 22.Kim CHang Su.
Zaxira: 1.Kvon Sun Tae, 2.CHoi CHul Sun, 5.Kvak Tae Xvi, 8.Kim Bo Kyung, 12.Li Jae Sung, 14.Xan Kuk Yung, 15.Xong Jong Xo, 17.Li CHon Yong, 19.Jung Vu Yong, 21.Kim Jin Xyon.

O'zbekiston 21.Aleksandr Lobanov,  19.Vitaliy Denisov, 2.Egor Krimec, 5.Anzur Ismoilov, 13.Davron Hoshimov,  18.Otabek SHukurov, 17.Vadim Afonin, 9.Odil Ahmedov, 4.Marat Bikmaev (15.Aleksandr Geynrix, 60), 23.Eldor SHomurodov (14.Javohir Sohibov, 80), 11.Igor Sergeev.
Zaxira: 1.Eldorbek Suyunov, 3.Salamat Qutiboev, 6.Jaloliddin Masharipov, 7.Jamshid Boltaboev, 8.Server Jeparov, 10.Sardor Rashidov, 12.Ignatiy Nesterov, 16.Stanislav Andreev, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.Jamshid Iskanderov. 

Gollar: Marat Bikmaev 25, - 0:1. Nam Tae Xi 67, - 1:1. Ku Ja CHol 85, - 2:1

HISOB: Janubiy Koreya 2-1 O'zbekiston

* * *

Yuqorida men o'zimga begona bo'lmagan bahslar haqida so'z yuritdim. Xozir chuqur o'yga to'lar ekanman, Prinsipial raqiblarimizga qarshi nafaqat MTJ miqyosida balkim Yoshlar va Olimpiya terma jamoalarida ham ko'pincha imkoniyatni boy bergan ekanmiz.

Naqadar ayanchli ?

HUDO HOHLASA JAMOALAR O'RTASIDAGI NAVBATDAGI BAHS 2017-YIL 5-SENTYABR SA'NASIDA "TOSHKENT" DA BO'LIB O'TADI. NASIB ETSA SHU O'YINI BE VOSITA STADIONDA TURIB TOMOSHA QILAMAN VA IKKI RAQIBLAR O'RTASIDAGI MANA SHU BAHSDA VAKILLARIMIZNING QO'LLARI BALAND KELADI.

Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan)

Комментарии