Tashkent Open 2016 o'z nihoyasiga yetdi - "Kristyna Pliskova" Chempion



Xozir ushbu maqolani yozishdan oldin "Toshkent Open" yakunlariga bag'ishlab o'tgan yili yozgan maqolamga bir bor ko'z yugurtirib chiqdim - http://bekuzbekistan.blogspot.com/2015/10/tashkent-open-2015-oz-nihoyasiga-yetdi.html

Toshkent Open 2016 haqida so'z yuritar ekanman ushbu musobaqa sovrin jamg'armasi: 250 000$ ni tashkil etdi.

Bu yilgi musobaqaga tashrif buyurgan tennischilarni TOP-5 taligini tuzsak va ularni Jahon reytingida tutgan o'rniga etibor qaratsak quyidagi natijani ko'ramiz:


*- Johanna Larsson (Shvetsiya) / Jahonda: 45
- - -
1- Kirsten Flipkens (Belgiya) / Jahonda: 58
2- Chagla Buyukakchay (Turkiya) / Jahonda: 64
3- Nao Hibino (Yaponiya) / Jahonda: 76
4- Kurumi Nara (Yaponiya) / Jahonda: 78
5- Lesia Tsurenko / Jahonda: 80

Bu yilgi yakkalik bahslarida yurtimiz sharafini: Sabina Sharipova, Komola Umarova lar himoya qilishga harakat qilib ko'rishdi ammo har ikkalasa tennischi ham 1-davradan nariga o'ta olmadi.

Juftlikda esa: Nigina Abduraimova, Oqgul Omonmurodova, Arina Folts, Kamola Umarova, Polina Marinkovalar O'zbekiston bayrog'i ostida ishtirok etishgan.

Bu yili "Tashkent Open" da bir emas bir nechta tennis bahslarini "Jonli Efir" da ko'rishga muvaffaq bo'ldim. Shunday bahslar jumlasiga:

1-raund: Chagla Buyukakchay (Turkiya) - Sofiya Shapatova (Gruziya)
1-raund: Donna Vekich (Xorvatiya) - Katrina Kozlova (Ukraina)
2-raund: Maria Sakkari (Gretsiya) - Kirsten Flipkens (Belgiya)
Yarim final: Katrina Kozlova (Ukraina) - Kristina Pliskova (Chexiya)
Final: Nao Hibino (Yaponiya) - Kristina Pliskova (Chexiya)

Qolaversa juftliklar o'rtasidagi yarim finalidan o'rin olgan bir bahsni:

N.Abduraimova (UZB) / H.Kuvata (JPN) - D.Shchurs (NED) / R.Varakova (CZE)

* * *

O'zim ko'rgan bahslar haqida so'z yuritar ekanman...

> Buyukakchay va Shapatova bahsida jismonan Turk qizi ustun ko'ringan bo'lsada uchrashuvning boshidanoq Chagla ketma-ket xatolarga yo'l qo'ya boshladi, Gruzin qiz esa aniq harakatlana oldi, Shapatova g'alabasi.

> Donna Vekich o'tgna yili finalchi edi, Donna ishtirokidagi bahslarni oldin ham ko'rganman Kozlovani esa endi ko'rishim edi. Ushbu bahsda men tabiiyki o'tgan yilgi finalchi bo'lgan Donna Vekichga muhlislik qilgan edim. Ammo bu bahsda Donna jarohat bilan harakatlandi. Men Televizorimni qo'yganimda Vekich va Kozlova o'rtasidagi bahs avj pallasiga yetgan edi. Donnada nimadur boshqacha edi. Sezilardiku u jarohat bilan harakatlanayotgan edi. Bir nechta gemelardan so'ng Vekichning murabbiyi kortga chiqdi va Donna Vekichga xorvat tilida bir narsalar dedi. Aytishim mumkunki Donnaning murabbiyi ancha og'ir-bosiq odam ekan, Donna Vekichga qarab murojat qilgan vaqtida murabbiyi "Donna" deb uni ismini juda chiroyli talafuz qildi. Donna Vekich ham balkim murabbiyning shirin so'zlaridan, balkim mag'lubiyat alamidan, balkim og'riqdan yig'lab yubordi. Murabbiy o'ziga hos oxangdagi so'zlar bilan Vekichni tinchlantirishga urinar edi. Keyinroq Donna kortga shifokorni chaqirdi va oyog'i bilan belini shifokor ayolga ko'rsatdi. Xorijdan kelgan shifokor kortning o'zida Donna Vekichning oyoqlarini biroz tortti, belini biroz uqaladi, Hullas qo'lgan kelgancha muolaja qilishga urindi. Ammo bu bahsda oxir oqibat Donna Vekich mag'lub bo'ldi. Uchrashuvni sharhlagan boshlovchi biz Yakshanba kuni Donnani Sankt-Peterburgdagi turnirda uni tomoshabinlar orasida tennis tomosha qilayotganini ko'rgan edik u Dushanba kuni Toshkentga keldi degan so'zlarni ishlatdi. Balkim unda charchoq alomatlari sezilgandur. Hullas bu bahsda Donna Vekich mag'lub bo'ldi.

> Maria Sakkari va Kirsten Flipkens o'rtasidagi bahs haqida so'z ochar ekanman Gretsiyalik qizni jozibador ekanligini etirof etishim lozim. Ushbu bahsda asabimni buzgan narsa Kirsten Flipkensni o'ta injiqligi bo'ldi. 30 yoshli bu tennischi "Ball boys" larni ustidan hakamga o'zicha shikoyat qildi. har bir hisob o'zgarishidan so'ng sochiq olib keldirib yuzini artaverdi va "Ball boys" qizchani ustiga bir holatda sochiqni otib yubordi. Chiziq hakamlarini ustidan kuldi. Orada hakamga jiddiy etiroz bildirdi. TV qarshisida o'tirar ekanman rossa jahlim chiqdi. (*у*а) Afsuski bu bahsda Maria qolib shu Kirsten g'alabani ilib ketdi

> Katrina Kozlova va Kristina Pliskova o'rtasidagi bahsda Pliskova juda erkin harakatlandi. Agar ikkala tennischini solishtiradigan bo'lsangiz Ukrainalik tennischi ancha baquvat va durkun. Lekin Oliskova juda yengil harakat qilishini hisobiga ancha kam energiya yoqotgan holda g'alabagani nisbatan onson qo'lga kirita oldi. Chexiyalik tennischi Ukrainalik raqibasiga xech qanday imkoniyat qoldirmadi.

> Juftlik bahslarini tomosha qilar ekanman N.Abduraimova (UZB) / H.Kuvata (JPN) - D.Shchurs (NED) / R.Varakova (CZE) o'rtasidagi bahsga ham ko'zim tushdi. Ushbu bellashuvda Nigina va Hiroko raqibalariga qaraganda yoshroq edilar nazarimda. Shchurs va Varakova esa biroz yoshi kotta va ancha tajribali tennischilar edi nazarimda. Bu bahs haqida gapiradigan bo'lsam Tajribani Yoshlikdan ustun kelishi deyishim mumkun.

* * *

Final bahsi haqida esa alohida so'z yuritish maqsadga muofiq nazarimda. (Final barbir Finalde)

Finalga Kristyna Pliskova va Nao Hibinolar yo'l olganliklarini bilganimdan so'ng o'zimcha xa, bu bahsda Naoni qo'li baland kelishi tayin. Har holda finalga chiqdi, Amaldagi chempion qolaversa Nao Hibino Yaponiyalik, Yaponlar esa ancha chaqqon bo'lishadi deb o'yladim o'zimcha. Ijtimoiy tarmoqlarda bo'layotgan bahs munozaralarda Pliskova fovorit degan fikrlarga nisbatan "Tennisdan uncha-buncha xabari bor inson" sifatida bu bahsda Nao Hibino g'alaba qozonishi kundek ravshan divordim va 1-oktyabr kungi bahsni kuta boshladim.




1-Oktyabr, Toshkent open 2016 bahsining finali. Qayt etish joiz bugungi kun biroz sovuq bo'ldi. Tennis kortida 18+ bo'lganligi haqida xabar topdim. Tennischilar doim harakatda bo'lgani uchun uncha bilinmagandur ammo bir joyda turgan odam uchun ancha izg'irin bo'ldi bugun. Bugungi bahsni ham boshidan ko'ra olmabman. TV ni sport kanaliga qo'ygnaimda bahs boshlanib ketgan ekan. Lekin ko'p emas ozginasini o'tkazib yuboribman, 1-set endigina boshlangan edi. O'zimcha podadan oldin chang chiqarib Nao Hibinoni chempion bo'lsa kerak divorganidim. Qarasam Nao Hibinoni o'ng yelkasiga elastik matolar yopishtirib qo'yilgan. Bu Naoni yelkasida kichik jaroxati borligini bildirar edi. Ex ish qilib Nao o'zini qo'lga olib g'alaba qozonsinde divordim.

Zangori ekranda tribunani ko'rsatishdi. Tomoshabinlar orasida Yaponlar ham anchagina edi. Ularning bir qanchasini qo'lida Yaponiya bayrog'i ham bor edi. Chexiyalik muhlislarga esa deyarli ko'zim tushmadi. Umuman olganda boshqa kungi bellashuvlarga qaraganda Finalga ancha-muncha odam yig'ilgan edi.

Finalchi tennischilar haqida to'htalsam Yaponiyalik Nao Hibino o'tgan yilgi chempion edi. 22 yoshli bu tennischi bo'yi biroz pastroq bo'lsada oyoqlari jindan ham bo'yiga nisbatan ancha kotta va qalin mushaklar bilan qoplangan edi. Chexiyalik Kristina Pliskova esa juda qiltiriq (Ozg'in ham emas - Qiltiriq) Oyoqlari ham cho'p, Figurasi ham unchalik emas edi. E shu ham tennischi bo'ldiyu degancha finalni kuzatar edim.

Birinchi setda 6/3 hisbida Pliskova g'alaba qozondi. Shunda sharhlovchi Nao Hibino o'tgan yilgi "Toshkent Open" bilan qo'shib hisoblaganda ham ikki yildan beri ilk marotaba setni boy berdi degan ma'lumotni berib qoldi. TV ni bu tomonida esa men jig'ibiron bo'la boshladim. Ablah Nao ikki yildan beri kelib-kelib setni boy berishga topgan vaqtini qara. Aynan xozir setda yutkazish shartmidi degancha asabiy ruhda o'yinni kuzatar edim. Birinchi setda har ikkala tennischi murabbiylarini kortga chaqirishdi. Xorvatiyalik va Yaponiyaliklar o'z tillarida shogirtlariga ko'rsatma berishdi. Ularni gaplari eshitilib turgan bo'lsada gaplasriga chunmadim ammo Pliskovani murabbiyi ancha bamani, ko'pni ko'rgan odamga o'xshadi, Xorvat tilida gapirsa ham aqilli gap gapirgandek tutardi o'zini. Ikkinchi setda Nao ishonchni ozmi-ko'pmi oqladi. 6/2 Yaponiyalik tennischi foydasiga. Xa mana bunga qoyil qolsa bo'ladi dedim. yana murabbiylar kortga chiqishdi. Pliskovani ham murabbiyini ham nimagadur kayfiyatlari yaxshi, dimog'lari chog' edi. Xozirgina setda yutqazgan bo'lsa nimadan buncha xursat bo'lishayotganligiga xich chunolmadim.

Etibor bersam Kristina Pliskova chapaqayakan. Nao bo'lsa reketkani o'ng qo'lida tutib turar edi. O'zi tennisda ko'pchilik to'pga o'ng qo'lida zarba beradi, Yani reketkani o'ng qo'llarida tutishadi. Pliskovada esa buning aksi edi va Naoga bu juda qiyinchliik tug'dirar edi. Tassavur qiling siz tennischisiz, Siz reketkani o'ng qo'lingizda ushlaysiz asosan boshqa raqiblaringizda ham shunday holat amo bugungi raqibingizda buning aksi u chapaqay va reketkani chap qo'lida tutib turibdi. Albatda bu holat ko'pchilikga qiyinchilik tug'dirishi tabiiy, Chunki bu no standart holat edi.

Bahs mobaynida Pliskova nimjon, Hibono esa baquvat edi. Ammo Pliskova raqibasini rossa yugurtirdi. Yani Pliskova deyarli bir joyda turgancha to'pga zarba berayotgan edi va goho o'ng, goho chap tomonga to'pni yo'naltirar edi. Nao Hibino esa u tomondan bu tomonga tinimsiz chopayotgan edi va shuning borabarida ko'p kuch sarflab yubordi. U ham yetmaganidan Pliskova to'pni shundoq to'rning yoniga tashlab qolar Nao Hibino esa uzoqdan to'rni oldiga yugurib kelishga majbur bo'laverdi. Bunday bosimga Naoning asablari ham, Jismoniy holati ham, Ruhiyati ham, Anashu katta oyoqlari ham bardosh berolmadi. U oxirgi 20 daqiqada qattiq charchoq va tushkunlik bilan harakatlandi.

Hullas 3-set ham, bahs ham Chexiyalik Kristina Pliskova foydasiga hal bo'ldi. Bahs yakuniga yetganidan so'ng maydon tantanaga moslandi. Musobaqada ishtirok etgan barcha tennischilar sharafiga o'ndan ortiq mamlakat bayroqlari kortga olib chiqildi. Maydonga Toshkent shahar hokimi o'rinbosari va musobaqa "супервайзер" taklif etildi. Cупервайзер english tilida Toshket shahrini, Homiylarni, Tennischilarni, Tashkilotchilarni rossa mahtadi. Keyin juftlikda finalga chiqgan tennischilar D.Shchurs (NED) / R.Varakova (CZE) ga zar cho'pon, gul, zarin do'pi va 2-o'rin uchun mukofot topshirildi. So'ngra juftlik bahslari g'oliblari Raluka Olaru (Ruminiya) va Ipak Soylu (Turkiya) larga sovrin topshirildi. Ana undan keyin finalchi Nao Hibinoga zar cho'pon va zarin do'pi kiydirildi va nihoyat chempion Kristina Pliskovaga ham zar cho'pon va zarin do'pi kiydirilib, Unga gul va Musobaqa g'olibiga beriladigan sovrin berildi. U ham mikrafonga ikki og'iz nutq so'zladi. Shundang so'ng Toshkent shahar hokimining o'rinbosari "Toshkent open 2016" musobaqasini yopiq deb e'lon qoldi. Ana undan keyin O'zbekiston mathiyasi yangradi va navbat fotosessiyaga yetib keldi. 7-8 tacha fotogroflar korta chiqib tennis malikalarini suratga olishdi. Televideniya hodimlari esa fotosesiyadan so'ng birin-ketin tennischilardan intervyu olsihga kirishdilar shu bilan Toshkent Open 2016 o'z poyoniga yetdi.




Xozir men olgan ma'lumotlarga ko'ra 24 yoshli, Chexiyalik Kristina Plishkova 280 reyting ochkosi va Finalgacha bo'lgan yo'l va chempionlik bouslarini qo'shib hisoblaganda
66 340 $ ni cho'ntakga urgan.



Finalchi Nao Hibino esa finalda kortga chiqib berganini o'ziga 21 400 $ lik bo'lib qolibdi. (Qo'shimcha bonuslardan tashqari)

Muallif: Xudoyberganov Ulug'BEK (Bek_Uzbekistan)
Foto: Kun.uz , Olamsport.uz , Gazeta.uz

Комментарии