* Rayhon - “Xalos et” klip *



Bir uyda yashashga majbur ikki taqdir tasvirlangan oddiy eru xotinning voqeasi tasvirlangan Rayhonning “Xalos et” qo‘shig‘iga ishlangan klip taqdim etilmoqda.
Yashashga majbur deganim, oiladagi juftlikni birida muhabbat bo‘lmasa shu xol kuzatiladi.


Rayhonning aktrisalik qobiliyati hamisha tahsinga sazovor bo‘lgani sir emas, qonida borda. Bu klipda xam u o‘ziga qo‘yilgan vazifani nazarimda a’lo ravishda uddalagan.


Erini diqqatiga sazovor bo‘lish uchun sho‘rlik o‘zini ming ohangga soladi xullas) (klipga tushib qolgan “Uchinchi shaxs” filmi titri xam klip mohiyatiga monanddek)



Erini diqqatini ovlashdagi ayollarning bu usul sahnasi kiritilgani birinchidan dadillik uchun besh va buni to‘g‘ri xamda boricha ko‘rsatilgani xam ko‘pchilikka qiziq tuyulsa kerak. Biroq uning natijasi nima bilan yakunlangani uchun esa Alisher Uzoqov Rayhonning minglab muxlislari orasidagi anchagina fanat yigitlarning g‘azabiga duchor bo‘lgan bo‘lsa ajab emas))



Milliy an’anamizni yangi nafasda ko‘ringani xam qiziq. Bugungi davrda piyolalar o‘rnini zamonaviy idishlar egallayotgan bo‘lsada ularni ishlatishda kelinlik belgisi ko‘ringan xatti-harakatlar ko‘ringani qiziq.



Afsuski farzand kutilayotganidek katta baxt xabari xam bosh qahramon turmush o‘rtog‘ini quvontirmagandek. Shunisi oxirgi nuqta bo‘lgan Rayhon qahramoni oilani tark etadi. Yakuni esa baxtli-ot aylanib qozig‘ini topadi va Alisherni yugurgani (yurgani) Rayhongacha bo‘ldi)



Klip menga yoqdi. Hayotiy. Qiziq. Akterlik mahoratlari mavzuni yetkaza bera olgan. Yangi nafas. Yangi talqin. Lavhalar go‘zal. Hammasi bejirim, Rayhon ruhiyatiga monand.

Muallif: Sardor Komilov
Manba: Sayyod.com

* * *


Klipni YouTubeda ko'rish uchun bosing

Klipni Moverda ko'rish uchun bosing

Klipni Moverdan KO'CHIRISH uchun bosing

Klipni MyTubeda ko'rish uchun bosing

Комментарии