NORIN



Yaqinda bir Navoiydan Toshkentga kelgan shahrimiz mehmoni bilan suhbatlashib qoldim.

Navoiylik mehmon Samarqandning noni, Buxoroning ko'za sho'rvalariyu, Gijduvonning kavoblari, Jizzaxning somsasi, Qashqadaryoning tandiriga xech narsa yetisholmasa kerak Lekin men Toshkentning paloviga tan beraman deya Toshkent oshini mahtashga tushib ketdil

Shahrimiz mehmonini so'zida davom etarkan

- Oshni Toshkentdagidek xech qayerda tayyorlay olishmasa kerak. O'tgan yili poytaxtga kelganimda Toshkentdagi osh markaziga borgan edim. Katta binoning ichi to'lgan edi, Ana shu yerda yegan oshimni mazasi og'zimda qolgan, Yog'lik ham emas, Ko'rishinishi ishtaha ochar, Sira ko'ngilga tegmaydi. Ana o'sha kuni qisqa fursatdayoq qozon-qozon qilingan oshlar tushlik vaqtini o'zidayoq tugab qolgan edi. Ana o'sha vaqt viloyatga qaytgunimcha Toshkentdagi 2-3 ta joyda osh tanavvul qildim ming qilsa ham Toshkentni oshi boshqacha. Toshkentlik oshpazlarni oldiga xech tusha olmasa kerak deya Toshkentimizning oshini mahtab turganlarida mehmonga

- Oka Toshkentni Norinini ham tami o'zgacha. Norinni ham eng zo'ri Toshkentda bo'lsa kerak...deb turganimda Navoiylik mehmon gapimni bo'ldi.

- Norin deganingiz qanaqa taom edi ?

- Iye, Norinni bilmisizmi ?

- Nomini eshitgandekmanku lekin qanaqa edi, chuntiring deb qoldilar. Norin qanday taom ekanligini mehmon bilmay turganidan hayratlanib turganimda suhbatimizni kuzatib turgan yana bittasi

- Norin deganlari hamir ovqat deyisharmidi deb qoldi

U insonga qarab yanada ajablandim

- Vo', Hali siz ham Norinni bilmisizmi ?

- Mani ham eshitgan joyim bor lekin ko'rmaganman degan javobni eshitdim va ularga qarab

- Bo'ldi mehmonlar sizlarga maslaxatim to'g'ri Norinxo'rlik qilganni borila, Osh ham o'z yo'liga lekin Norinni tami ham bir umr tilingizda qolsa kerak, Norinimizning lazzati o'zgacha. deya so'zimni yakunladim. Viloyatlik mehmonlar ham

- Siz bilan tanishganimizdan xursantmiz, Rahmat, Albatda borib tatib ko'ramiz, Taomni nomini nima dediz ? No-No

- "NORIN"

- Xaya, Norin, Bo'ldi. Yodimizda qoldi, deb Toshkentni qayerida yaxshi Norin qilinishiga qiziqishdi va u yerga qanday borishni so'rab olishdi.

* * *

Shundan so'ng bilsam viloyatlardan kelganlarning ko'pchiligi Norin haqida eshitishmagan, Eshitganlari ham hali bu lazzatli yegulikni yeb ko'rmagan, Ana halos

- Shu vaqtgacha Norin O'zbek xalqining milliy taomi deb yurar edim endi chunishim bo'yicha Norin bu bizning har yili yangi yil munosabati bilan 31-debrda tayyorlanib 1-yanvar kuni tanovul qilinadigan yoki mehmonlar kelganidagina dasturxonga tortiladigan Poytaxtliklarning "SHOHONA" taomi ekan!

* Muallif: Xudoyberganov Ulug'BEK (Bek_Uzbekistan)

Комментарии

  1. Norin joy nomi ham sanaladi. aslida norinni Namanganni norin rayonidan ko'chirib olgansila

    ОтветитьУдалить

Отправить комментарий