Bir muncha vaqt oldin o'z blogimda Hilol Nasimov yangi Muqaddas istak nomli filmni suratga olayotganligi haqida xabar bergan edim
Xozir ushbu film jarayoni bilan qiziqib internetdan ma'lumotlar qidirdim va MyDay nashri film rejissiyoridan olgan intervyusiniga duch kelib qoldim. Marhamat etiboringizga ushbu intervyuni havola etaman!
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rejissyor Hilol Nasimov o‘zining navbatdagi «Muqaddas istak» nomli badiiy filmi ustida ish olib bormoqda. Mazkur film haqida batafsilroq ma’lumot olish maqsadida rejissyor bilan bog‘lanib, quyidagi savollarga javob oldik.
- «Muqaddas istak» nomli badiiy filmni suratga olayotganingiz haqida xabar topdik. Mazkur filmning g‘oyasi, qaysi davrni o‘z ichiga olishi haqida gapirib bersangiz?
Mazkur film mustaqillikdan oldingi, hamda mustaqillikning dastlabki tahlikali yillarini o‘z ichiga oladi. Filmda istiqlolga erishishdagi qiyinchiliklar, nochor ahvol, moddiy qiyinchiliklar, davlatimizning mustaqilligini, ozodligini xohlamasdan har xil xurujlar uyushtirgan guruhlar faoliyati haqida ham so‘z boradi. O‘sha vaqtlarda bizning poymol qilingan dinimiz, e’tiqodimiz, qadriyatlarimiz va bularni «ha, barakalla» qilgan, sobiq tuzimga kirishib ketgan, o‘zimizdan chiqqan ba’zi bir odamlarning kirdikorlari ham hikoya qilinadi. Filmda o‘sha vaqtlarda dafn marosimida ishtirok etgan rahbarlarni ishdan bo‘shatib, hattoki xibsga olishgacha borganliklari ham ko‘rsatib berilgan.
- Film qayerlarda suratga olindi?
Film Toshkent shahri va viloyatida, Namangan shahrida hamda chet mamlakatlarning birida suratga olindi.
- Film aynan qaysi yillarni o‘z ichiga oldi?
Filmda asosiy voqealar rivoji 1988-1992 yillarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari filmda bugungi kundagi davlatimizning tinchligi, faravonligi, mustaqilligimiz sharofati bilan qilingan o‘zgarishlar ham ko‘rsatib o‘tilgan.
- Filmdagi akyorlar jamoasi haqida ham gapirsangiz?
Filmda Sohib Abbosxon, Lola Eltoyeva, Gulbahor Yo‘ldosheva, Erkin Komilov, Muhammad ali Abduqunduzov, Yulduz Hamidova, Farhod Abdullayev, Dilmurod Masaidov, Samiddin Lutfullayev, Shahnoza Ahmedova, Akmal Mirzo singari aktyor va aktirisalar rol ijro qilishgan.
- Har bir filmingizga alohida, katta tayyorgarlik ko‘rib undan so‘ng suratga olishga kirishadigan rejissyorsiz. Mazkur filmga qancha tayyorgarlik ko‘rdingiz?
Bu filmlarning g‘oyasi o‘tgan yili tug‘ilgan bo‘lsa, mana qariyib bir yildan buyon mazkur film ustida ish olib bormoqdamiz. «Muqaddas istak» filmi «O‘zbekkino» milliy agentligining buyurtmasi asosida suratga olinayotgan, mustaqilligimizning25 yillik to‘yi arafasida premyera qilinishi mo‘ljallanayotgan filmlardan biri.
- Filmning ijodiy jamoasi qatorida kimlar mehnat qildi?
Pastanovkachi operator Umid Malikov, rassom Fazliddin Turdiyev, Bastakor Dmitriy Yanov-Yanovskiy, ssenariy muallifi hamda rejissyor o‘zim, ya’ni Hilol Nasimov.
Demak, azizlar rejissyor Hilol Nasimovdan yana bir shov-shuvli film namoyishini kutib qoling.
Intervyu 2016-yilning 30-iyul sa'nasida chop etilgan
Manba: MyDay.uz

* * *

Foto: MyDay |

Комментарии
Отправить комментарий