"Cristiano Ronaldo" 2009-yilda Toshkentga kelganligi haqida bilasizmi ?

Xa bu ayni haqiqat, 2009-yilning 22-dekabr sa'nasida Cristiano Ronaldo "Yosh futbolchilarni qo'llab quvatlash dasturi" doirasida yosh futbolchilarga master-klass o'tish maqsadida Toshkentga tashrif buyuradi.

Shvetsariyaning Syurix shahrida bo'lib o'tgan "Oltin to'p" taqdirlash marosimidan so'ng charter reys orqali to'g'ri Toshkentga kelgan Ronaldoni Airaportda Futbol mutasaddilari, ko'plab futbol ishqibozlari va bir guruh jurnalistlar qarshi olishadi. Shundan so'ng Ronaldo Toshkent shahridagi muhtasham "Intercontinental" mehmonxonasiga joylashtiriladi.

Shundan so'ng Ronaldo dastlab O'zbekiston Futbol Federatsiyasi binosiga tashrif buyuradi va O'FF prizidenti Mirabror Usmonov bilan uchrashadi va futbol muzeyini ko'zdan kechiradi.

Kunning ikkinchi yarmida CriRo yosh O'zbekistonlik futbolchilar bilan birgalikda mashg'ulotlar o'tkazish uchun Toshkentdagi "JAR" stadioniga tashrif buyuradi.

Dast avval jurnalistlar bilan bo'lgan suhbat chog'ida Ronaldu:

- Bu uning O'zbekistonga ilk tashrifi ekanligini va u kelajakda O'zbekistonga yana tashrif buyurish istagida ekanligini

- Sobiq murabbiyi Luis Filipe Scolari orqali O'zbek futboli haqida biroz bo'lsada tassavurga ega ekanligi, O'zbekistonda sportning bu turiga jiddiy etibor qaratilayotganidan xabardorligini.
aytib o'tadi

Shundan so'ng Ronaldu yashil maydonga tushib boradi va o'zining to'p bilan mohirona harakatlarini namoyish etadi, Birozdan so'ng Bunyodkorning 12 yoshli tarbiyalanuvchisi Shohjaxon Xasanov ham bu jarayonda ishtirok etib o'z istedodini namoyish etadi.
Shundan so'ng 1995 va 1996-yillarda tug'ilgan Bunyodkor akademiyasi tarbiyalanuvchilari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi, Ronaldu har ikkala jamoa safida bir taymdan harakatlanadi.

Bu dasturni be vosita 14 mingdan ziyod futbol ishqibozlari stadiondan kuzatib boradilar. Tadbir so'ngida Ronaldo o'z dastxati tushirilgan bir nechta to'pni muhlislar o'tirgan tomonga yo'naltiradi.

22-dekabr oqshomida esa Ronaldu A.Navoiy nomidagi opera va balet teatoriga "MTVA" taqdirlash marosimiga mehmon sifatida tashrif buyuradi va O'zbek shou-biznesida yil lauriyetlarini taqdirlash marosimini be vosita tomosha qiladi.

Shu bilan Cristiano Ronaldoning Toshkentga amalga oshirgan tashrifi o'z poyoniga yetadi.

Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan)




Комментарии

Отправить комментарий