Muhammad Alining Toshkent va Samarqandga tashrifi haqida (+foto)



23 yil davomida Parkinson xastaligiga qarshi kurashib kelgan boks afsonasi Muhammad Ali 2016-yil - 3-iyun, juma kuni nafas yo‘llaridagi muammolar tufayli Finiksdagi shifoxonalardan birida jon berdi. U 74 yoshda edi.

“Daryo.uz” nashri marhum bokschining O‘zbekistonga tashrifini yodga olishni joiz deb topdi.

1978-yilning 12-iyun kunida Muhammad Ali turmush o‘rtog‘i Veronika bilan sobiq ittifoq Sport qo‘mitasi taklifiga binoan Moskvaga keladi. Uch kundan so‘ng boks afsonasi O‘zbekistonga borish istagini bildiradi. Muhammad Ali va uning turmush o‘rtog‘ini poytaxtdagi “Toshkent” (hozirgi Lotte) mehmonxonasiga joylashtirishadi.

O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida u Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib, Ulug‘bek rasadxonasi va bir nechta masjidlarni ko‘zdan kechiradi. Masjidlardan birida unga oltin iplardan tikilgan chopon sovg‘a tariqasida hadya qilinadi.



O‘zbekistonda u qayerga bormasin, Alini katta dasturxon bilan kutib olishardi. Toshkentdan Moskvaga qaytgan Muhammad Ali O‘zbekistondagi tashrifi davomida 4 kilogramm vazn to‘plaganini ma’lum qiladi.

Manba: Daryo.uz

Комментарии