Kayfiyatingizni ko'taring))

2015-yilning sentyabr oylarida Telegramda "Kayfiyat" degan botdan foydalana boshlagan edim. Anashu botda: Qani kuldir / G'alati gaplar. kabi bo'limlar bo'lib ularning ustiga bossangiz biroz manoli bazida esa falsafiy latifalar chiqib kelar edi. Keyinchalik Telegramdagi bu bot" Unknown" bo'lib qoldi (O'chirib tashlangan). Ammo anashu bot yuborgan latifalar arxivimda qolib ketgan ekan. Bugun shu latifalarni barchasini o'qib chiqib saralarini bir maqola ko'rinishiga keltirishga qaror qildim. Mana marhamat... (Biroz bo'lsada kayfiyatingiz ko'tarilsin))





Uydagilarga oq futbolkamdagi murabbo dog‘ini kursatdim, rosa sukishdi. Lekin poroshok reklamalarida unaqa emas, kulib, darrov yuvib berishadi.

* * *

Yolg‘izlik - kafeda o‘tirganingda qo‘shni stolda o‘tirgan notanish odamlarning haziliga qo‘shilib kulishdir...

* * *

Qishda topsam xursand bulaman deb kurtkamning chuntagiga 10 ming sum solib quydim. Lekin uch kundirki, xayolimda shu pul, xech unuta olmayapman

* * *

Eng uzun tush atigi 7 sekund davom etarmish.Yo‘g‘yey.Kecha tushimda to‘yga bordik.Sho‘rva,so‘ng osh.Og‘abek kuyladi,Mirzaga qotdik.7sekunda uspet qilish qiyinov

* * *

10 yilcha burun otamga “Menga noutbuk olib keling” deb tayinlasam, ustiga Note book deb yozilgan daftar kutarib kelgan, rosa xurligim kelgandi

* * *

Bobom “Uyga qaytayotganingda 2non opke.Shoshma,gapni eshit,opkema,uyda bor ekan” deb sms yuboribdi.Bekorga urgatibman smsni,pulni neto sarflayapti

* * *

Kimgadir yordam qulini chuzsam shu qadar xuzur qilamanki... Ayniqsa, naxorgi oshda laganini bushata olmayotganlarga..

* * *

Bir bechora olim uxlamay erinmasdan bizlar uchun sotkani ixtiro kilgan. Man esa sotkani 2 metr narida turgan zaryadkaga tiqishga erinaman...

* * *

Inson daraxtlarni kesib, undan qog‘oz yasaydi va usha qog‘ozga “Daraxtlarni kesmang” deb yozib quyadigan g‘aroyib mavjudot..

* * *

Bugun shifoxonaga bordim. Xamshira qiz ertaga ertalab soat 8da och qoringa keling, dedi. Manimcha, nonushtaga taklif qilmoqchi, juda xayajondaman

* * *

Suvarak dori sotib olgan paytingiz amal qilish muxlatiga qarashni unutmang.Tag‘in sroki utib ketgan bulib,suvaraklar otravleniye bulib ulishmasin

* * *

Xayotimda faqat 3 ayol: onam,xotinim va qizim bor, deb intervyu bergan xonandaga buvisidan sms keldi: Pensiya pulimga oberganlarim teshib chiqsin

* * *

Atrofimdagilar “Sevgilisi bor ekan, munosabatlari ja iliq ekan” deb uylashlari uchun Ucell dan keladigan e’lon sms larni xam kulib uqiyman...

* * *

Jaxl chiqqanda devorga musht tushirishning foydasi katta. Og‘riqqa chidolmay yerda ilondek buralib yotganingda nega musht tushirganingni xam unutasan

* * *

Latifa: Bir ingliz, bir rus va bir fransuz kemada ketishayotganmish. Ingliz sheriklaridan surabdi: -Afandi qani?

* * *

Farxod Shirin uchun tog‘ni yorib tunel qildi, Majnun Laylini deb chulni peshkom kezdi, kushnim Sattor yori uchun Feysbukdagi tanish qizlarni uchirdi

* * *

“Qayerdasan?” dedi otam telefonda.“Bekatda avtobus kutyapman” dedim.“Bul tez,shoshil,uyda ish bor” dedi.“Ok” dedim. Endi shoshilib avtobus kutyapman

* * *

Matematika darsi edi.Domla doskaga 9x+15y=13 deb yozib, Qani bolalar,“X”ni topinglar,degan.“Ana-ana,domla, 9ni yonida turibdi” deb baqirganman

* * *

UYDA: -Ena, nima pishdi? -Lag‘mon va manti. -Uff,yemayman. YOTOQXONADA: -Zokir, yeyishga nima bor? -Buxanka,piyoz va rolton. -Ux tы,ziyofat ekanda..

* * *

Gollivud kinolarida yosh bola xonasi eshigi ochiq tursayam ota-onasi taqqilatib kiradi.Bizni uydagilar yopiq eshigimni xam indamasam buzib kirishadi

* * *

Xind kinolariga besh ketaman, yigit bechora g‘irt kambag‘al, “Rolton” olishga qurbi yetmaydi, lekin 40 kishilik ansambli xamisha xizmatga tayyor.

* * *

Uyda 3 soatcha internet bulmadi. Baxonada oila a’zolarim bilan bir dasturxon atrofida utirishga fursat buldi.Ancha gaplashdik,yaxshi insonlar ekan

* * *

Shoirlar yomg‘irga qarab 100xil she’r tuqishadi.Men yomg‘ir yog‘ayotganda stolbadagi chiroqqa qarab,ux tы,yomon quyyaptiyu,deyman xolos.Romantikaga yuqman

* * *

“2050 yilga borib ulkan muz qoyalarini avlodlarimiz ko‘rolmasligi mumkin” deb kuyinib yozibdi bir olim. Xuddi biz xar oyda borib ko‘rib turibmiz

* * *

Kayfiyatim yomon paytlari baland ovozda qo‘shiq aytishni boshlayman va darrov kula boshlayman. Chunki bundoq qarasam ovozim kayfiyatimdan-da dabdala

* * *

“Dunyo buylab” kanalidagi baliqchi amakiga tushunmadim. 6 chuvalchang, 7 chigirtkani uldirib, 5 baliq tutdi. Yana “Tabiatni asraylik dustlar” deydi

* * *

O‘spirinlikda qo‘shnim Sharofat b-n gaplashib yurardik.1 kun manga “Keting,keting,sizni unutaman” deydi,qayerga ketaman,o‘zimni mahallam bo‘lsa

* * *

Futbolda nega ishimiz yurishmayapti?degan savolni uylab ba’zan tunlari uyg‘onib ketaman.Ey, buni bir tunda uzing xal qilolmaysan,deb yana uxlayman

* * *

ODNOda buyi 150 sm keladigan bir yigit “Jaxlim chiksa g‘azabimdan kurking” deb yozibdi. Manimcha kimdir jaxlini chikarsa tupurib kochsa kerak

* * *

Oilada uziga yarasha urnim borligini isbotlash maqsadida uydan chiqib ketib, 4 kun bormadim. 5-kuni kirib borsam,otam “Iya,tashqaridamiding?”deydi

* * *

Bugun qo‘ylarimni uyimiz oldidagi sun’iy qoplamali stadionda o‘tlatdim. Qorinlari yaxshi to‘ymapti shekilli, tinmay ma’rashyapti.

* * *

Ba’zi ixtirochilar kashfiyotlarini garajda qilishgan deb garajimda laboratoriya ochdim. Uf,benzin xidini.Bu yerda nari borsa qulbola aroq ishlash mumkin

* * *

Oshiq odam ba’zan uzini shakarsiz choy quyilgan chashkadagi qoshiqdek keraksiz xis qiladi.

* * *

Jaxllaringiz chiqqanda telefonlarizni devorga qanaqa otasizlar? Manam boya 33 10imni divanga otib yubordim,qopqog‘i uchib ketdi. Yuragim yorilayozdi

* * *

Amakimning aytishicha, Xitoy axolisi ja 1 mlrd 300 mln emas, ular bir-biriga uxshagani bois bir odamni 5-6 marta sanagan bulishlari mumkin ekan

* * *

“Qizlar oq otli shaxzodalarni kutishadi” deb kushnim Abdusattor oq ot sotib oldi. Ammo yori Sayyora qora “Kaptiva”li Sutaquziga tegib ketdi...

* * *

Feysbukda tanishganim kiz bilan nixoyat kecha uchrashdik. Taassurotlar xakida nima dey: Fotoshop programmasini kashf kilgan odamga ming la’nat.

* * *

Bugun xam kelajakda nevaralarimga xikoya qilib berishga arzirli ish qilmadim. Ularga endi qanday maqtanaman,xayronman. Bobo,bumapsiz,deyishsa-ya?

* * *

Qizlar salonda boshni quyib,TV kurib yotisharkan,sochni yuvib quyisharkan.Biznichi,sartarosh ensadan bosib,boshni rokvinaga tiqadi,zurg‘a nafas olamiz

* * *

Ux-xu.Leonardo da Vinchi Mona Lizaning lablarini chizishga 12 yilini sarflagan ekan. Anjelina Jolining lablarini chizishga umri xam yetmas ekan-da

* * *

Talabalik payti kvartirada turardik.Bir kuni uyimizga o‘g‘ri tushdi.Bechora qog‘ozga shunday deb yozib ketibdi:“Xayotimdan yarim soat o‘g‘irladinglar”

* * *

Sovuqda baliqlar xam rosa sovuqqotishgandir, deya akvariumga bir choynak qaynoq choy quydim.Ja yoqdi shekilli,chalqanchasiga yonboshlab oldi zang‘arlar

* * *

Qushnimiz Sharofat xolaning jaxli chiqqandagi gapirish tezligi Shaxriyor va Eminemlarning rep aytish tezligidan xam biroz tezroq

* * *

Odobnoma fanidan dars bergan Sharofat opaning Odnoklassnikidan drujba taklif qilganiga kulsammi yo qushnimning Kaptivasiga kunjara ortganigami?

* * *

UYDA: -Ena, nima pishdi? -Lag‘mon va manti. -Uff,yemayman. YOTOQXONADA: -Zokir, yeyishga nima bor? -Buxanka,piyoz va rolton. -Ux tы,ziyofat ekanda..

* * *

Unga qalbimning eshigini ochdim, u xam menga qalbining eshigini ochdi. Jin ursin, daxshat skvoznyak buldi, majburan ajrashdik

* * *

Noyabr keldi, xonamda xamon bir chivin uchib yuribdi. Sovukka taslim bulgisi yuk, paltolar kiyib olgan

* * *

Stolbadagi lampochkadek bo‘lma ey yor... Kim uchun yonishing ma’lum bo‘lsin

* * *

Pulat Alamdor ola-chipor soqol quygandan buyon Umar bobo nasixat qilmay quydi. Kelsa aytaman deb rivoyat tuqib quyadi, eshikni ochsa uzi tengi chol

* * *

“Tijoriy rejangiz bormi,masalan 5 yildan sung qayerda bulishingiz mumkin?”dedi bir iqtisodchi.Uyda bulsam kerak,topolmasangiz qushninikida,dedim

* * *

Umrim davomida fakat uch marta yolgon gapirganman... Mana shu turtinchisi buldi...

* * *

Psixologning xuzuriga borib, xayotimdagi bir-ikkita voqeani aytib bersam,diplomini yirtib tashlab,qaytadan imtixonga tayyorgarlik kura boshlaydi

* * *

Internet shu shaklda ommalashib borsa, bir necha yildan keyin qabr toshlarida “1995 yil: online - 2025 yil: offline” degan yozuvlar bulishi mumkin

* * *

ODNOda bir qiz Xayotni ja jiddiyga olmang,uz xoliga tashlab quying, deb yozibdi.Bu gapdan ta’sirlanib,butun oila tuplanib,pista chaqib utiribmiz

* * *

Buydoqlikdan bezgan Matniyoz uylanmoqchiligini bildirish uchun “Ena,tunlari sovqotyapman”dedi.Onasi “ok - tushundim” dedi va qalin kurpa tikib berdi

* * *

Ozish uchun parxezni boshladim. Kechki ovkatda parxezni uch marta takrorlayapman. Chunki bittasiga korin tuymayapti

* * *

Ishonchsizlik asosiga kurilgan munosabatlar sim kartasiz telefonga uxshaydi. Fakat uyin uynash mumkin, kolgani karam shurva...

* * *

1925y.da bir it bolgar chegarasiga utgani bois Gresiya-Bolgariya urtasida urush bulgan.Qushnimiz tilla odam ekan,itimiz 9tovug‘ini yedi,g‘ing demadi

* * *

Napoleonni uyg‘otishganidek,otam mani bugun shunday kiborlarga xos uyg‘otdi:“Ug‘lim,turing,sizni buyuk ishlar kutmoqda,mollarga yem,bug‘doy xirmonga”

* * *

5-yoshimda uzimni vegetarian bulsam kerak,deb uylardim.Keyin bilsam,otamning ishlari sal yurishmay,gushtga podsvet deb baklajon olib kelaverganakan

* * *

Kecha to‘yda mahallamiz oqsoqoli “Davay,nachili” deb baqirishi b-n barchamiz qo‘lni yuqoriga ko‘tarib,Meksika to‘lqini xosil qildik. Ja chiroyli chiqdi

* * *

Ishq qalbingiz eshigini qoqqanida darxol ochmang. Ba’zilar bolalar singari qung‘iroqni bosib qochib ketishadi...

* * *

5-sinfda uqiydigan jiyanimning matematikadan berilgan uyga vazifasini yechib berdim. Javob: Ug‘il otasidan 7 yosh katta chiqdi.

* * *

Oldinlari supermarketga 2 ming so‘m bilan kirib, 2 ta Kola, 3 pachka chips, 2 quti pista olib chiqardim. Xozir xammayoqqa kamera quyib tashlashibdi

* * *

Muallif: Hikmatillo Matqosimov (uzhakker)

Комментарии