Saudiya Arabistoni qirolining Anqaraga tashrifi haqida))

Saudiya Arabistoni qiroli uchun Anqarada besh yulduzli mehmonxona to‘liq band qilindi va 500 ta avtomobil ijaraga olindi


Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Anqaraga kelishi munosabati bilan uning ma’muriyati Turkiya poytaxtidagi hashamatli mehmonxonani to‘liq band qildi va 500 ta qimmatbaho avtomobilni ijaraga oldi. Bu haqda Haber Turk telekanali manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda

Anqaradagi prezident qarorgohi va hukmron partiya ofisi yaqinidagi yangi besh yulduzli mehmonxona bir necha kun mobaynida faqat qirol va uning mulozimlariga xizmat ko‘rsatadi. Mehmonxonadagi bir necha yuz xonaning barchasi sotib olingan va kirish-chiqishning alohida tartibi o‘rnatilgan. Qirol alohida qavatda istiqomat qiladi va unga faqat o‘zining mulozimlari xizmat ko‘rsatadi. Saudiyadan Turkiyaga bir necha yuk mashinasida oziq-ovqat, choyshab va yostiq jildlar, hatto gigiyena buyumlari ham keltirilgan.

Shahar bo‘ylab harakatlanish va uchrashuvlar uchun qirol ma’muriyati Saudiyadan keltirilgan transportdan tashqari Turkiyada 500 ta “lyuks” toifasidagi mashinalarni ham ijaraga oldi. Anqarada shuncha hashamatli avtomobil va mikroavtobus topilmagani sababli mashinalarning bir qismi Istanbul, Antaliya va boshqa katta shaharlardan ham olib kelindi. Ularning barchasi mehmonxonaning yerosti avtoturargohiga sig‘magani uchun otel atrofida qora rangdagi mashinalarning ikki qatorda 200 metrga cho‘zilgan kolonnasi paydo bo‘ldi..

manba: Daryo.uz

* * *

Bek_Uzbekistan: Ushbu maqola Daryoda chop etilganidan bir kun o'tib Jasur Hamroyev o'zining shov-shuv.uz sayitida ushbu yangilikga munosabat bildirib o'tdi. Albatda men anashu maqolani ham o'qib chiqdim va O'zbekistondagi eng mashxur jurnalistlardan brii Jasur Hamroyevning so'zlari meni be farq qoldirmadi

* * *


Saudiya Arabistoni Qirolining Turkiyaga tashrifi: otel uchun 10 million dollar, 500 dan ortiq "luxury" avtoulovlar va yana undan ortiq narsalar. 80 yoshli bobo uchun shuncha chopa-chop!?

KA`BA ESHIGINI OCHISHGA RUXSAT BERUVCHI QIROLNING DABDABASI!

Saudia Arabistoni Qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saudning Anqaraga tashrifini yozishdi. Uning uchun bitta mehmonxona band qilingani, 500 dan ortiq avtoulovlar va yana bahasham allanimalar… To`g`ri, har kim o`z bilganicha yashaydi. Biroq, bunday dabdaba kimga kerak? Vaholanki, dunyoning eng qudratli davlatlarii prezidentlari - Rossiya va AQSh “poshsho”lari haqida bunday yaltiroq xabarlarni eshitmaymiz. Sharqning aksar rahbarlari maqtanishni xush ko`radi va shu maqtanchoqlik ortidan hammasidan mahrum bo`lishadi. Hatto o`z jonlaridan ham. Uzoq va yaqin o`tmishda bunga misol yetarli!

Muqaddas Ka`ba joylashgan yurt rahbari kamtarlikda, bu foniy dunyoda ezgulik, chin ibodatdan bo`lak hammasi o`tkinchi ekanligini amallari orqali bildirishda o`rnak bo`lishi kerak emasmi?
Dabdaba, hashamat, boylik, qudrat – oddiy bandani qirol qiladi-qo`yadi(mi)!? Qirol kim degani? Amal va boylikdan bo`lak yana qaysi jihatlar ularni oddiy insonlardan ajratib turadi? Qiziq, qirollar o`lmaydimi yo tanasida xolga o`xshagan biron qirollik belgisi bormikan? Bilmadim, bilolmadim… “Yashaganda, yashab qolay” deyayotgandir, bu saudiyalik arab.

Ka`baga oddiy qulligini his qilgani borayotgan ibodat qiluvchilar yo shu ulug` diyorda istiqomat qilayotganlar qirolning qaysi jihatlarini o`rgansin? Shohona hayotinimi yo uning dunyoga ovoza bo`layotgan dabdabasini? Yo faqir, tilanchi bilan bir dasturxonda taom yeyishi yo faqat prezidentlar va ularning nasl-nasabi, zadoganlardan boshqa chin musulmonlarga ham Ka`ba eshigini ochishga ruxsat berib, hotamtoylik qila olishi, adolatparvar bola olishidan o'rnak olishsin?! So`nggi ikkitasi orzu bo`lib qolmoqda. Balki, amalga oshirgandir ham. Negadir hozircha bu haqda eshitganimiz yo`q. 500 dan ortiq avtomashina qirol xizmatida ekanligi va yana boshqa shov-shuvlar har nuqtaga yoyilishga ulgurdi… Ha, el qatori oddiy oq kafanga o`ralajak bir insonning dunyoviy och nafsi haqida Yer bildi… Xo`sh, innankeyin-chi?!



Jasur HAMROYEV

Комментарии