FIFA kunlari be samar ketmasin!

Bugun Championat.asiada X.Xoliqovning "Raqiblar malum, kunlar aniq, rejalar-chi? (Mulohaza)" nomli maqolalari chop etildi.

Shu maqola komentida esa sayt rahbari va mashxur jurnalist...

Nodirxo'ja Yo'ldoshev: Jiddiy maqolaga, iltimos jiddiy firk qoldiring. Biz ularni undayapmiz ishlashga. Ular shu komentlarni o‘qiydi hamma hammasini. Kimlar o‘qimaydi komentlarni. Shunday narsa yozinglarki, rostan ham qilishimiz kerak ekan shu narsani deyishsin

deb koment qoldiribdila. Shundan so'ng men menga ham ilhom kelib ketdi))


* * *


Demak mening mulohazalarim quyidagicha...



Xudoyberganov Ulug'BEK (Bek_Uzbekistan):

Mani fikrimcha Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishimiz nihoyatda muhim (Kerak bo'lsa shart)
Oldinlari TJM biz 80 ta terma jamoaga maktub yo'llaganmiz, 50 ta jamoani Toshkentga taklif etdik javob kutmoqdamiz deb o'tirishardi. Endi bunaqasi ketmaydi. FIFA kunlarida hali raqiblari bo'lmagan va o'ziga sparing raqib qidirayotgan jamoalarning ikkitasiga taklif yuborsa menimcha yetarli.
Buni aytarli qiyin joyi ham yo'q, Mana xozir... Man FIFA rasmiy sayitiga kirdim 5 daqiqa sizga "Shkalat" raqiblar topib beraman))

-------

Mana bir nechta raqiblarni topdim:

Gong-Kong: Ushbu terma jamoa 3-Iyun kuni Vetnam bilan o'ynar ekan, boshqa bironta o'rtoqlik uchrashuvi hali belgilanmabdi, Gong Kong terma jamoasining oxirgi bor Toshkentga tashrifi yodingizda bo'lsa kerak ? Pahtakor stadioni to'lib toshgan va o'yin to'liq vakillarimiz ustunligida o'tgan ammo Gong Kong terma jamoasi darvozasiga yo'l topa olmagan edik. Bu terma jamoa juda yaxshi himoyalanadi, JCH saralash bosqichida Toshkentga keladigan Suriya aynan Gong-Kong singari himoyaga yotib olishi va darvozaga "Avtobus" qo'yishini kutish mumkin. Qolaversa Gong-Kong Qatar va Xitoy bilan bir guruhdan joy olgan va Xitoy bilan har ikkala uchrashuvda ham durang natija qayt etishni uddasidan chiqgan edi. Biz ham Gong-Kong bilan o'ynab keyin Gong-Kongni Qatar va Xitoyga qarshi o'yinlardagi video yozuvlarini ko'rib ushbu terma jamoalardan ustun jihatlarimiz va kamchiliklarimizni solishtirishimiz mumkun. Shuningdek Gong-Kong FIFA reytingida Makedoniyadan bir poyg'ona pastda joylashgan ekan. Aynan shu Makedoniya bilan Eron MTJ o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Demak Gong-Kongni FIFA reytingidan uyalmasdan o'rtoqlik uchrashuviga taklif qilsak bo'ladi.

*

Qozog'iston: Qo'shnilarimiz 30-avgustda Qirg'iziston bilan, Sentyabrda Polsha, Oktyabrda Chernogoriya bilan o'ynar ekan. May / Iyunda esa Qozog'iston bo'sh ekan. Doyim Qozoq va O'zbek futbolini solishtirib kelishadi. Mana kuch sinashishga imkoniyat. Qolavers Avgustda Qozog'iston Bishkekga borar ekan. Bishkekga borgan Qozog'iston shundo TOSHKENT ga ham kelishga jon-jon deyishsa kerak. Qozog'iston FIFA reytingida Filipin bilan bir o'rindan joy olgan.

*

Saudiya Arabistoni: Arablarni ham Sentyabrgacha sparing raqibi yo'q ekan, Keyin Saudiyaliklarni Osiyo Kubogida 2015-yil 3-1 ga yutib qo'yuvdik. O'shandan keyin ularni ichida alami qolib ketgan bo'lishi tayin, Keyin ular bilan bir savatchadan joy olganimizadayoq bir guruhga tushmasligimiz aniq edi. Qolaversa OCHL da ikkita turda 4 tadan jamoamiz shu mamlakat klublari bilan kuch sinashdi. Sardor Rashidovdan gol kutsak bo'ladi. Saudiya Arabistoni ayni damda FIFA reytingida Finlandiya va Slavakiyadan yuqoriroq 60-o'rinda.

*

Iordaniya: Iordaniya FIFA reytingida Xitoydan bir pog'ona pastda, Qatradan esa ikki pog'ona yuqorida turibdi (Gapila bormi ?) Qolaversa Iordaniyani FIFA kunlariga umuman uchrashuvlari belgilanmagan (Vaqt deganlari VIP). Keyin Iordaniyani Toshkentga oxirgi tashrifi kechagidek yodimda. Ammo anashu vaqtda O'zbekistonga Qosimov murabbiylik qilayotgan edi. Xozir esa MTJ ni Samvel Babayan boshqarmoqda. Babayan qo'l ostida ketma-ket 8 bahsda g'alaba qozongan O'zbekiston Iordaniya bilan yana bir bor kuch sinashib ko'rsa chaki bo'lmas edi.

*
Chad: Afrikada shunday mamlakat borligini, Ushbu terma jamoaga xozir Kamerunlik mashxur ammo sobiq futbolchi "Rigobert Song" bosh murabbiyligi, Ushbu terma jamoa xozirga kelib FIFA reytingida o'z tarixidagi eng yuqori 97-o'rinni egallab turgani va eng asosiysi ushbu terma jamoaning 2016-yil uchun hali bironta o'rtoqlik uchrashuvi belgilanmaganini aytsam nima deysiz ? Xa do'stlar bu barchasi haqiqat. Chad terma jamoasini yolg'ondan chaqirsak rostdan Toshkentga kelishadi. Shunday qulay imkoniyatni qo'ldan boy berish yaramaydi. Qolaversa Afrika jamoalariga qarshi to'p surmaganimizga ham ancha bo'lib ketdi.

*

Kipr: Iyun oyiga "Zaklat" olib qo'ymagan yevropaning kam sonli terma jamoalaridan biri 25-May kuni Serbiya mehmoni bo'ladi. Sentyabr va Oktyabr oylarida esa Kirpning Belgiya va Gretsiya bilan rasmiy uchrashuvlari belgilangan. Eng muhimi Kipr MTJ iyun oyida bo'sh. 25-May kuni Serbiyada o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan Kipr terma jamoasi nafaqat iyun balkim 31-may kuniyoq Toshkentda O'zbekiston MTJ ga qarshi maydonga tushishi mumkin. FIFA reytingida Kipr Xitoydan bir pog'ona yuqorida turibdi. (Oxirgi yillarda Kipr chempionatining saviyasi naqadar yuksalganini eslatib o'tirishimiz shart bo'lmasa kerak)

*

Sloveniya: Ushbu terma jamoa qitadoshi Kiprdan bir muncha nomdor. Slovenlar 30-may kuni Shvetsiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (mehmonda) to'p surishar ekan. Shu bilan ular ham Kuzgacha bo'sh. FIFA reytingida 61-o'rinda turgan Sloveniya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushish O'zbekiston uchun har tomonlama manfaatli bo'lar edi.

-----

Mana shu raqiblarni TJM ga topib berdim, Ularni mushkul ishlarini qiganim uchun qo'l haqi qalam haqi deganlaridek berishsa ham yomon bo'masidi. Yana O'sha vaqtlardagidek 80 ta terma jamoaga maktub yozib ovora bo'lib o'tirishningsira ham hojati yo'q. Shundo manashu terma jamoalarga SMS yozvorishsa yoki muhtasham "Bunyodkor" stadionini MMS suratini yuborishsa ham bo'ldi May / Iyun oylaridagi FIFA kunlarida shu terma jamoalardan xech bo'lmaganda bitta yoki ikkitasi Toshkentga kelib turibdi.


Muallif: Xudoyberganov Ulug'BEK (Bek_Uzbekistan)

Комментарии