2016-Yilning 4-Aprel kuni O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist RAYHON G'aniyeva va FanClub azolari o'rtasida uzoq vaqt intiqlik bilan kutilgan uchrashuv bo'lib o'tdi. Bu safargi FanClub va RAYHON o'rtasidagi uchrashuvga Sobiq "Demir" xozirgi "Orzu" supermarketida joylashgan Karaoke "Dozari Room" majmuasi mezbonlik qildi.
Mandigi ma'lumotlar bo'yicha "Dozari Rooms" bu yaqindagina o'z faoliyatini boshlagan, Yurtimizdagi yangi va zamonaviy Karaoke rooms ekan. Shaxsan o'zim soat 16:00 lar chamasida shahar markazida joylashgan Orzu savdo markazidagi "Dozari" ni ichiga kirib borar ekanman uning juda kengligi etiborimni tortti. Juda ham ajoyib majmuaning ichida harakatlanib va nihoyat RAYHON bilan uchrashuv bo'ladigan xonaga keldim va eshikni ochib uning ichiga kirib borish jarayonida yana bitta kotta xonaga kirib bordim,
U yerda o'ng tomonda kreslolar, chap tafarda esa uzzun ustol va o'rindiqlar bor ekan. Yaqindagina zamonaviy talablar asosida qayta tamirlangan "Dozari rooms" ning yuqori qismlari galogen chiroqlar, Kotta ekranli TV jixozlari va qator texnika yangiliklari bilan jixozlangan xonani ko'rib bahri-dilim ochildi. Xonani to'g'risidigi o'rindiq RAYHON uchun tayyorlab qo'yilgan edi. Man borganimda FanClub azolarini 90% yig'ilib bo'lishgan ekan. Shunday bo'lsada RAYHON ga ancha yaqin joydan manga bo'sh o'rindiq topildi. Andijon FanClubi moderatori Gulnora va Ozodbek Karimovlarni o'rtasida o'tirdim, Mandan ikkita o'rindiq narida esa RAYHON kelib joylashishlari ko'zda tutilgan edi.
RAYHON kelgunlaricha bir muncha vaqt bo'ldi va Fanatdoshlarimiz bilan muriqib suhbat qurdim, Oradan ma'lum vaqt o'tgach moderatorimiz Ozodbek Karimov RAYHON kelvotganakanlar deb yugurib xonaga kirib qoldila, Xonadagi FanClub azolarini soni nihoyatda ko'p edi. Hammma o'rnimizdan turib ketdik, Zum o'tmasdan guldiroz qarsaklar yangrashni boshladi. Juda ham uzuuun ustolni nargi tomonidan RAYHON kirib keldilar va shundoq orqamdan o'tib yonimdagi o'rindiqga joylashib o'tirdila, RAYHON bilan oramizda ikkita FanClubimiz moderatorlari bor edi halos.
Uzuun ustolni bu tomonida biza bo'sa ustolni nargi uchi deyarli ko'rinmas edi. "Dozari" menedjeri va FanClubimiz rahbariyati uchrashuvni rasman ochiq deb e'lon qilishdi. Uchrashuv avvalida RAYHON ham biz bilan iliq ko'rishdila shundan so'ng kimda sovg'alari bo'lsa RAYHON ga uchrashuv boshida berib olishga imkoniyat berishdi hamma o'z sovg'alari va gullarni RAYHON ga taqdim ettik. Shundan so'ng Savol-Javob ga navbat yetib keldi, Kimda savollar bor deb FanClubimizning Toshkent shahri bo'yicha moderatorlari etishlari bilan RAYHON kelinglar no rasmiy, ochiqchasiga muloqot qilamiza dib. Shunda man qo'limni ko'tarib ilk savolni berdim (Oldingi ikki yildan buyon man 1-bo'lib RAYHON ga savol bervotman, Bu ham man uchun qiziqarli va sharafli tuyildi), Xullas quyida etiboringizga faqat o'zim bergan savollar va RAYHON bergan javoblarni taqdim etaman.
1-savol (Xudoyberganov Ulug'BEK / Bek_Uzbekistan): Assalomu Aleykum RAYHON, Sizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borar ekanmiz yaqinda Moskvaga borib kelganingizga guvoh bo'ldik. Moskvada Sagdiana bilan tushgan suratlaringizni ko'rdik. Mashxur "Gradus" guruhini konsertida mehmon bo'lganingizga guvoh bo'ldik, Avram Russo bilan tushgan suratingizni ko'rdik. Moskvadagi tasurotlaringizni so'zlab bersangiz, U yerga nima maqsadda borgan edingiz ?
- Javob (RAYHON): Moskvaga shaxsiy ishlarim bilan borgan edim, U yerda dugonam Sagdiyana bilan uchrashish imkoni bo'ldi, Qolaversa Afsonaviy "Todes" raqs guruhining chiqishlarini be vosita tomosha qildim, Ammo o'zim kutgan shouni ko'rmadim, Afsonaviy "Todes" jamoasi o'z saviyasida chiqishlar qilmagandek tuyildi. Qolaversa Moskvadaligimda u yerdagi sanatkorlarni ijodlari bilan yaqindan tanishishga harakat qildim.
2-Savol (Xudoyberganov Ulug'BEK / Bek_Uzbekistan): Oxirgi yillarda O'zbekistonda ko'plab filmlar suratga olinmoqda. Oxirgi filmlarimiz ham chakki emas. Bu savolni oldin ham internet orqali bergan edim. Nima deysiz kinolarda suratga tushish vaqt kelmadimikin ? Anchadan buyon sizni filmlarda ko'rmayabmiz.
- Javob (RAYHON): Xa dar haqiqat men kinodan juda ham uzoqlashib kettim, Bilasizmi kinoda suratga tushishning ham o'ziga yarasha mashaqqati bor, Filmlarga uzoq vaqt tayyorlaniladi, Quyosh ketsa ham suratga olish ishlari keyingi kunga qoldiriladi, Film suratga olish juda uzoq vaqt talab etgani uchun bizga bu biroz no qulay hisoblanadi, Qolaversa oxirgi yillarda ko'nglimdagidek filmlar ham kamayib ketgandek, Ko'p kinolarimiz bir-biriga o'xshash. Ammo zo'r senariy bo'lsa o'ylab ko'rsa bo'ladi.
3-Savol (Xudoyberganov Ulug'BEK / Bek_Uzbekistan): So'ngi uch to'rt yildan buyon Turkiyaning Antaliya shahriga yozgi tatilda bormoqdasiz, Albatda Turkiya ham yaxshi, chiroyli mamlakat bo'lsada dunyoni boshqa shaharlarini o'z ko'zingiz bilan ko'rgingiz kelmaydimi ? Boshqa shaharlarga ham borishni istaysizmi ?
- Javob (RAYHON): Xa oxirgi yillarda dam olish uchun Antaliyaga borayotgan edim, Rostdan ham Antaliya biroz zerikarlidek bo'lib qoldi, Ammo u yerda ham qiziqarli narsalar bisyor, Qolaversa Antaliyada maroqli xordiq olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu yil xorij sayohatiga farzandlarim bilan boramanmi yoki yo'qmi hali o'ylab ko'rmadim, Biroq bu yil Antaliyaga emas boshqa biron shaharga borsak kerak.
4-savol (Xudoyberganov Ulug'BEK / Bek_Uzbekistan): Biroz siyosatga aloqador savol, Mana bundan bir yil muqaddam yurtimizda Parlament saylovlari o'tkazildi, Xozirgi kunda yurtimizda to'rtta partiya faoliyat yuritmoqda (O'zLiDeP, O'zMTDP, Adolat va XDP) O'zingizni kelajakda siyosatda ham sinab ko'rib, Yurtimiz kelajagi uchun o'z xissangizni qo'shib, Deputat bo'lishingiz mumkunmi ?
- Javob (RAYHON): O'zbekistondagi partiyalar soni to'rtta ekanligini xozirgina sizdan bildim, Rahmat (kuladi), Men umuman siyosatdan uzoq odamman, Siyosat ko'proq erkaklarga yarashadigan ish, Men sanatkorman. Agar men Deputat bo'lsam davlatni pullarini ko'nglim bo'shlik qilib odamlarga berib yuborsam kerak (kuladi)
5-savol (Xudoyberganov Ulug'BEK / Bek_Uzbekistan): O'qish yillaringizni yodga olsak, Sinfdoshlaringiz va Kursdoshlaringiz bilan ko'rishib turasizmi ?
- Javob (RAYHON): Sinfdosh dugonalarim bilan hali ham aloqalarimiz saqlanib qolgan, Xattoki 4-sinfdagi sinfdoshlarim bilan ham gaplashib turamiz, Ulardan ayrimlari konsertimga ham kelishdi. Kursdoshlarim bilan ham aloqalar butkul uzulib ketmagan.
6 - Savol (Xudoyberganov Ulug'BEK / Bek_Uzbekistan): Oldin siz "Hayol" guruhi tarkibida ijod qilgan edingiz. Anashu guruhda sizdan tashqari bir "Yigit" va bir "Qiz" bor edi. Ular xozir qayerda ?
- Javob (RAYHON): Anashu guruhda ijod qilgan "Yigit" xozirgi kunda mashxur, shoir va kompozitor bo'lib ketgan, Anashu guruhdagi "Qiz" esa turmushga chiqgach Moskvaga ko'chib ketdi, Afsuski men u bilan aqolani yo'qotib qo'yganman, Sababi Telefon raqamlarimni o'zgartirganimdan so'ng u qizni raqamini topolmadim, Tabiiyki u menikini. Shu tariqa u bilan aloqani yo'qotib qo'yganmiz.
7 - Savol (Xudoyberganov Ulug'BEK / Bek_Uzbekistan): Duetlar borasida so'rasam. Oldinlari har yilgi konsert dasturlaringizda ko'plab duetlarga guvoh bo'lar edik, Ammo so'ngi yillarda konsertingizda duetlar biroz kamayib ketdi.
- Javob (RAYHON): Darhaqiqat, Oldingi yillarda yangi duetlarim bilan konsertlarimizda chiqish qilar edik. Lekin oxirgi vaqtlarda duetlar kuylanmadi, Shuning uchun bu yilgi konsertimda duetlar bo'lmadi. Eski duetlarni qayta kuylashdan mano ko'rmadim.
(FanClub azosi Javoxir Aripov Munisa Rizayeva bilan duet haqida so'radi)
- Javob (RAYHON): Xa albatda, Mana misol uchun Munisa Rizayeva duet kuylamaymizmi deb aytdi, Men xa albatta deb aytdim, Qani bo'lmasam duet kuylaymiz deb kelishib ham qo'ydik, Lekin shundan so'ng Munisa menga men esa Munisaga boshqa bu haqida murojat qilmadik shu bilan duet ham kuylanmay qoldi
8 - Savol (Xudoyberganov Ulug'BEK / Bek_Uzbekistan): Mana ancha yilllardan buyon ijoddasiz, Yurtimizning har bir nuqtasida sizni juda ham yaxshi tanishadi, Butun O'zbekistonda sizni bilishadi. Bir necha yildan buyon sizga "Xalq artisti" unvoni berishlarini kutaman. Ammo yaqinda bilishimcha bu tashabbus aynan sanatkorlardan chiqar ekan.
Shuning uchun "O'zbekNavoga" taklif bilan chiqsangiz bo'lmaydimi ?
- Javob (RAYHON): Yo'q-Yo'q, Men xech qachon biron tashkilotga borib menga "Unvon" beringlar deb so'rolmayman. Undan ko'ra uyimda o'tirganim yaxshi. Vaqti soati yetsa o'zligi berishar.
9 - Savol (Xudoyberganov Ulug'BEK / Bek_Uzbekistan): Oldin yoshlik chog'larimda sizni Mustaqillik bayrami va Navro'z tadbirlarida ko'rganman. Ammo oxirgi yillarda "Mustaqillik bayrami" va "Navro'z" tadbirlarida ko'rinish bermayabsiz. Buning sababi nimada ? Yurtimizdagi eng markaziy tadbirlarda ham ishtirok etishingiz mumkunmi ?
- Javob (RAYHON): Nima ham deyishim mumkun. Har yili buni hohlayman, Ammo mening qo'shiqlarim formati davlat tadbirlariga unchalik ham mos kelmas ekan. Agarda taklif etishda albatda bu tadbirlarda ishtirok etishni hohlardim.
10-Savol (Xudoyberganov Ulug'BEK / Bek_Uzbekistan): Konsertingizda eshiklar biroz kech ochilgandek tuyildi, Qolaversa konsertingiz ham aynan 19:00 da boshlanmaganiga guvoh bo'ldik
- Javob (RAYHON): Eshiklar ochilishi menga bog'liq emas, Bu saroy mamuriyatining qarori, soat 19:00 da qaraganimizda odamlar to'liq joylashib olmaganiga guvoh bo'ldik. Agar 19:00 da konsert boshlanganida bu ko'pchilikka noqulaylik tug'dirar edi, Hamma 100% o'z joyini egallashi uchun bir necha daqiqaga kechikdik.
Mendan tashqari bir nechta FanClubimiz azolari ham o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojat qilishdi. Uchrashuv davomida ikki bor musiqiy to'htalish bo'ldi. Ulardan 1-musiqiy to'htalishda Yosh bolajonlarni RAYHON ni "Tabib" nomli qo'shiqlariga o'zlari tayyorlagan sahna ko'rinishini ko'rsatgan bo'lsalar 2-musiqiy pausada Andijonlik fanatdoshlarimiz o'zlarining "Yurak-Yurakdan" nomli qo'shiqlarini jonli kuylab berishdi.
Shuningdek RAYHON ni o'zidan "Xalos et" nomli qo'shiqlarini jonli ijroda eshitishga muofaq bo'ldik. Uchrashuv oxirlab borayotgan bir pallada abjir fanatdoshlarimiz RAYHON dan dasxat olishdi. Shundan so'ng navbat fotosessiyaga keldi. Fotosessiya so'ngida aynan men RAYHON bilan suratga tushdik. Dasxatlarini olishim bilanoq RAYHON ni Administratorlari RAYHON ga vaqt bo'lganini eslatishdi. Shu bilan RAYHON barcha bilan hayirlashib Uchrashuv bo'lgan "Dozari" ni tark etdila.
RAYHON dan so'ng FanClub azolari ham birgalikda suratlarga tushib asta-sekin biz ham uy-uyimizga ravona bo'ldik. Ketar chog'imda Orzu Supermarketiga qarar ekanman manga bu yer juda ham yoqdi. HUDO hohlasa alohida bu yerga ham kelaman dib yuragimga tugib qo'ydim. Shu bilan ushbu uchrashuv men uchun qaynoq no'talarda o'z poyoniga yetdi.
Muallif: Xudoyberganov Ulug'BEK (Bek_Uzbekistan)
Manba: BekUzbekistan.Blogspot.Com
Комментарии
Отправить комментарий