foto: www.foxsports.com.au |
Adashmasam bir oy dan buyon butun MDH davlatlari qolaversa butun dunyoda O'zbekistonlik Ruslan Chagaev WBA yo'nalishida o'z kamari himoyasi uchun Avstraliyalik Lukas Braunga qarshi ringga chiqishi yetarlicha ovoza bo'lib ulgurdi.
Hamon yodimda 11 yoshli vaqtimda (2007-yil) Ruslan Chagaev va Nikolay Valuyev jangidan so'ng Ruslan Chagaev nomini ilk bor eshitgan edim. Boksga qiziqmaganim uchunmi oradan ancha yil o'tib Chagaevni g'alabalari haqida faqat internetdan o'qidigan bo'lib qoldim va o'tgan yili O'zbekistonlik Ruslan Chagaev va Germaniyalik (Asli millati Italian) Franchesko Pioneta o'rtasidagi jangni ko'rgan edim. 1-Raundni o'zidayoq Chagaev Pionetani nakautga uchratib g'alaba qozongan edi.
Anashu jangni ko'rgach HUDO hohlasa Chagaevni kelgusi janglarini o'tkazib yuvormasdan tomosha qilaman deb niyat qilgan edim. Oradan 7 oy o'tib Ruslan Chagaev navbatdagi jangini o'tkazishidan xabar topdim. Pioneti bilan Germaniyada jang o'tkazib g'alaba qozongan Chagaev endi Avstraliyalik Braunga qarshi Rossiyaning Grozni shahrida jang o'tkazishini bilib yanada g'alabaga bo'lgan ishonchim ortdi,
Bu borada Chagaevga havas qilsa arzir edi. Chagaevni homiysi Checheniston Prizidenti Ramzan Qodirov, Shundan kelib chiqib aytganda Ramzan Qodirov o'z mamlakati poytaxtida Chagaevga barcha sharoitlarni yaratib bera olar edi.
Foto: canmua.net |
5-Mart > Checheniston > Grozni Shahri > "Kolizey" sport saroyi
Ushbu jangni Rossiyani MATCH TV kanali namoyish etishidan xabar topdim, Biroq bizda bu kanal yo'q edi, Shuning uchun Mediabay.uz dan qarasam u yerda MATCH kanali bor ekan. Bu kanal ushbu bahsni Toshkent vaqti bilan 00:00 dan boshlab efirga uzatishini aniqladim (5-dan 6-martga o'tar kechasi) va Internetdan ushbu bahsni ko'rish taraddudini ko'rib qo'ydim.
Hammasi rejadagidek bo'ldi, Mediabay orqali xech qanday qiyinchiliklarsiz 23:58 dan etiboran Match TV telekanalini tomosha qila boshladim.
Комментатор Groznidan olib ko'rsatamiz dediyu ikki boshlovchi Groznidan "Jonli Efir" da shaxsan Checheniston Prizidentidan intervyu olishga kirishib ketdi. Dastlab Chechen rahbariga "Ты" (Sen) deb murojat qilish ruhsatini olgan boshlovchilar Ramzan Qodirovga:
- Chagaev bilan birga shug'ullandingizmi ?
- Braun bilan muzokaralar qanday olib borildi, U darhol jangga rozi bo'ldimi ?
- Ertaga Terek ishtirokidagi bahsga ham borasizmi ?
- Siz Boks bilan Futbolda yuraversangiz "Davlat" ishlari bilan qachon shug'ullanasiz
kabi yana bir nechta oldi qochdi savoller berishdi.
Ekranda ajoyib video roliklardan ikki uchtasi namoyish etildi va...
Ringga bokschilarni nomini Uzuuun qilib aytishni "Qotirib" tashidigan boshlovchi chiqdi va boshqa bokschilarni nomini e'lon qilib yubordi. Keyin bilsam Groznida bu kecha bir nechta janglar rejalashtirilgan bo'lib oxirida (Eng asosiy jang) o'tkazilar, Ungacha esa bir nechta bokschilar o'rtasidagi bahslar bo'lib o'tar ekan. Bunisidan xabarim yo'q edi, Shuning uchun majburan boshqa bokschilar ijrosidagi bahslarni ham tomosha qilishimga to'g'ri keldi.
Soat qariyb 02:00 lar atrofida navbat eng kutilgan Chagaev - Braun bahsiga yetib keldi, Sahnaga endi Xorijdan kelgan Boshlovchi taklif etildi. U dast avval "Katta Dada" tahallusidagi Braunni keyin esa "Oq Tayson" tahallusi ostidagi Chagaevni nomini e'lon qildi.
Braundan so'ng Ruslan Chagaev ringga chiqib keldi, Ruslan Chagaev ringga O'zbekiston bayrog'i ostida chiqdi, Yelkasining bir tarafida esa Checheniston ikkinchi tarafida esa O'zbekiston bayrog'i osilgan edi
Ruslan Chagaev ringga O'zbek bayrog'i ostida chiqib kelayotganini ko'rib o'zimda yo'q xursant bo'ldim, Zero butun "Kolizey", Butun "Grozni", Butun "Rossiya" kerek bo'lsa Butun "Dunyo" da bu kadrlarni ko'rishayotgan edi.
Bokschilar ringga chiqganidan so'ng oldin Braun sharafiga Avstraliya mathiyasi yangradi keyin esa Chagaev sharafiga O'zbekiston mathiyasini "YULDUZ USMONOVA" Jonli ravishta kuylab berdi. Ox mazza shu kadrlarni tomosha qilar ekanman shunaqa xursant bo'ldim, Shunaqa xursant bo'ldim bunaqasi bo'magan. Faqat Yulduz Usmonova kuylayotgan mathiyamizga Mathiyamiz musiqasi yetishmas edi halos.
Mathiyalardan so'ng Bokschilar jangga xozirlik ko'ra boshladilar.
Bokschilar haqida etsam Chagaev 37 ta jang o'tkazib 34 marotaba g'alaba qozongan ekan,
Chagaevda Bitta durang va Ikkitagina mag'lubiyat bor ekan (Klichko va Povetkindan)
Braun esa ancha chatoq 23 ta jang va 23 ta g'alaba. (20 tasi nakaut bilan qozonilgan g'alabalar)
Foto: livefight.com |
Braun uzun bo'lsa ham gavdasi ancha formada edi, Chagaev esa eniga biroz semiz ko'rindi.
Shunday bo'lsada Chagaevni zarbalari o'ta og'irligi ko'rinib turar edi, Texnika ham daxshat Braunda esa asosan tezlik bor edi. Chagaev himoyada shunaqangi o'zini ushlar ediki (Misoli zirhli TANK) Braun biroz ochlib qolsa Chagaev shu bir kuchli zarbasi bilan Braunni ag'darib tashlashi mumkin edi. Biroq Chagaev juda himoyada qolib ketayotgan edi, Braunga yo'llayotgan zarbalari esa goh kuchsiz chiqsa goh havoda qolib ketayotgan edi. Ex - Palakat - Vey deb o'tirgan edim, Bir qarashda Braunni qo'li ustin, Chagaevning esa mag'lubiyati muqarrardek ko'rinib ketdi shu bir qaltis pallada Chagaev shunaqa tushirdi vay daxshat, Braun muozanatni yoqotdi, Yiqildi, Bu nakdaun edi. Braunni yuzini yaqindan ko'rsatishdi Chagaev bir zarbasi bilan Braunni yuzini titib tashlabdi (Chap ko'zi va Peshonasida qon ko'rinib turar edi) Shundan so'ng Chagaev ketma-ket hujumlar uyishtirib zarbalar berib tashladi Braun esa o'zini tutdi va bir amallab tanafusga yetib bordi
Endi ustunlik to'liq Chagaev tomonga o'tib ketgan edi, Chagaev shunaqangi og'ir va kuchli zarbalar berayotgan ediki, Braun bunisidan bo'lmasa keyingisidan cho'zilishini ko'ngil aytib turgan edi.
Bir nechta rauntdan so'ng Chagaev Braunni burchakka siqib qo'ydi, O'ng qo'li bilan Braungga ajoyib zarba yo'lladi ammo uni zarbasi yetib borguncha Braunnning zarbasi yetib keldi, Chagaev qaxshatqich zarbani o'tkazib yubordi va orqaga umbaloq oshishni ham do'ndirdi, Chagaev o'rnidan turdi ammo Bu daxshatli zarba achig'i bosilmay turib Braun qator zarbalar bilan bor kuchi bilan Chagaevga hamla qildi. Garchi Chagaev ikki qo'li bilan yuzini berkitib turgan bo'lsada Braunni zarbalaridan o'zini muhofaza qilolmadi. Chagaev ochiqchasiga raqibi qarshisida ojiz qoldi. Braunni 7-8 ta o'ta kuchli zarbalariga Chagaev javob qaytara olmadi, Chagaev yiqilmadi, U tik turgan edi ammo u o'zini umuman muhofaza qilolmay qoldi, Hakam Bokschilarni ajratib oldi va jangni to'htatdi. Refere Braunni g'alaba qozonganiga ishora qildi.
Braunni yuzi qon edi, Chagaev barcha rauntlarda raqibidan bir oz bo'lsada ustun edi. Ammo Chagaevning birgina xatosi uni kamardan ayirgan edi. Kameralar Goh "Kolizey" ga yig'ilganlarni goh Ramzan Qodirovni ko'rsatar edi. Afsuski shu zayilda Ruslan Chagaev Superog'irvazntoifasida WBA kamarini qo'ldan chiqardi. Kameralar esa endi Ruslanni suratga olayotgan edi, Bir necha soniyalar oldin qator kuchli zarbalarni yegan Chagaev tik turgan va o'zini yaxshi his qilayotgan edi.
Shu bilan jang tugadi, Men esa Braunni ichimda xaqorat qilishdan o'zimni to'htata olmas edim. Afsus shu bilan Ruslan Chagaev o'z kamarini qo'ldan boy berdi...
#Браун #Чагаев #Бокс
Muallif: Xudoyberganov Ulug'BEK (Bek_Uzbekistan)
Manba: BekUzbekistan.Blogspot.Com
Комментарии
Отправить комментарий