“Interesno” nashri Antarktida bilan bog‘liq ishonib bo‘lmas faktlarni taqdim etdi.
1 -Antarktidada qayd etilgan eng yuqori harorat Selsiy bo‘yicha 17,8 daraja iliqni tashkil etadi.
2 - Antarktidada oq ayiqlar yo‘q (ular faqat Arktikada bo‘ladi), ammo bu yerda pingvinlar ko‘p.
3 - Antarktida — dunyodagi eng katta cho‘l.
4 - Yerdagi eng sovuq joy — Antarktidada joylashgan baland tizma, u yerda 93 daraja sovuq harorat qayd etilgan.
5 -Antarktidaning muz bilan qoplanmagan Mak-Merdo quruq vodiysining ba’zi hududlarida so‘nggi 2 million yildan buyon na yomg‘ir, na qor yog‘gan.
6 - Antarktidada chumolilar koloniyasi yo‘q (shuningdek, Islandiya, Grenlandiya va bir qancha olis orollarda ham chumoli yashamaydi).
7 - Shamol tezligi Antarktidaning ba’zi joylarida soatiga 320 kilometrga yetishi mumkin.
8 - Antarktidadagi Erebus tog‘i — Yerdagi eng janubiy faol vulqon.
9 - Antarktida — sudralib yuruvchilar yashamaydigan yagona qit’a.
10 - Antarktida hududi Avstraliyadan taxminan 5,8 million kvadrat kilometrga kattaroqdir.
11 - Antarktidaning muz qobig‘i kamida 40 million yildan buyon mavjud.
12 - Muzning o‘rtacha qalinligi 1,6 kilometrga teng.
13 - Antarktidada shunday ko‘llar borki, ular Yer qobig‘idan chiqayotgan issiqlik tufayli hech qachon muzlamaydi.
14 - Antarktidada Chilining o‘z maktabi, kasalxonasi, mehmonxonasi, pochta bo‘limi, internet, televideniyesi va mobil telefonlar uchun tarmog‘iga ega shaharchasi bor.
15 - Antarktida vaqt mintaqasiga ega bo‘lmagan yagona qit’adir.
16 - Antarktidaning muz qoplamasida sayyoraning chuchuk suv zaxiralarining qariyb 80 foizi joylashgan.
17 - Butun Antarktida hududida yakka-yu yagona bankomat mavjud.
18 - 1994-yildan qit’ada chanaga qo‘shiladigan itlardan foydalanish taqiqlanadi.
19 - Antarktidada ishlashga ketish uchun har bir kishi aql tishini va ko‘richagini oldirishi kerak.
20 - Antarktidada muzlar erishi gravitatsiyada yengil o‘zgarishni keltirib chiqardi.
manba: daryo.uz
foto: "Interesno" |

Комментарии
Отправить комментарий