Zahiriddin Muhammat Bobur haqida 10 ta Ma'lumot (FAKT)
1 - “Boburnoma”
* “Boburnoma” taxminan 1518—1530-yillarda Boburning o‘zi tomonidan yozilgan
2 - Bobur kenja o‘g‘liga Hindol deb ism qo‘ygan
* Bobur 1518-yilda tug‘ilgan farzandiga “Hindiston fathining yaxshi nishonasi” deb Hindol ismini qo'yadi, Bobur Hindistonga bosib olishga 1519-yildan jiddiy kirishadi, 1526-yilda Hindistonni bo‘ysundiradi.
3 - Bobur Hindistonda O‘rta Osiyo uzumi va qovunidan yaxshi hosil olgan
* Bobur 1526-yili Panipatda “Kobul-Baxt” bog‘ida birinchi marta O‘rta Osiyo qovuni bilan uzumini o‘stirish bo‘yicha tajribalar o‘tkazadi. Bobur o‘z memuarida Hindistonda qovun va uzumning bunchalik yaxshi hosil berganidan o‘ta xursand bo‘lganini yozadi
4 - Bobur va Janubiy Koreya poytaxtini Toshkent shahri bog‘lab turadi
* Toshkentdagi Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘i hududida Seul parki bor
5 - Bobur 12 yoshida taxtga o‘tiradi
* Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Movaraunnahrning Farg‘ona viloyati hokimi edi. U 39 yoshida fojiali tarzda halok bo‘lgach, 12 yoshli Bobur Farg‘ona taxtiga o‘tiradi
6 - Bobur va "Afg'oniston"
* “Boburnoma”da yozilishicha, Bobur 250 navkari bilan Afg‘onistonga yuz tutib, keyinchalik Kobulni egallagan
7 - Bobur o‘zining 12 ming kishilik qo‘shini bilan Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diyning 100 ming kishilik lashkarini mag‘lub etgan
* Tarixiy manbalarga ko‘ra, Bobur 1526-yil aprelda, Panipatda asosiy raqibi — Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyning yuz ming kishilik qoʻshinini 12 minglik askari bilan tor-mor qiladi hamda Dehlini egallaydi
8 - Toshkent metropolitenida “Bobur” bekati bo‘ladi...
* “Yunusobod” yo‘lining loyihalashtirilayotgan bo‘lagida “Mingo‘rik” stansiyasidan keyin “Bobur” bekati keladi
9 - Bobur — Bu ham taxallus ham laqab
* Zahiriddin Muhammad dovyurakligi va jasurligi uchun yoshligidan “Bobur” (“Sher”) laqabini olgan. Aslida uning to‘liq ismi — Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo
10 - Boburning hayot yo'li
* Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-1530 - yillarda yashagan
manba: daryo.uz
Foto: Vikipedia |

Комментарии
Отправить комментарий