BARON !!! yangi "O'zbek Super - Gigant" filmi haqida... (PREMYERADAN SO'NG)



FILM ning suratga olinish jarayoni:



Keling hammasini boshidan boshlashga harakat qilib ko'ramiz. 2015-yilning Iyul oylari edi adashmasam, Anashu vaqtdan etiboran rejissiyor Rustam Sa'diyev o'zining instagramdagi sahifasida dastlabgi ishchi nomi "Пахан" bo'lgan va keyinchalik "BARON" ga o'zgartirilgan yangi kinoni suratga olish jarayonidan qator fotosuratlarni joylay boshladi (Anashu suratlarni barchasini quyida tomosha qilishingiz mumkin) To'g'risi ushbu rejissiyorni filmlarini oldindan ko'rib kelar edim, ayniqsa "SOTQIN" filmidan keyin Rustam akaga rejissiyor sifatida bo'lgan xurmatim yanada oshib ketdi, Tabiiyki yangi filmni suratga olish jarayonlari qanday ketayotganligidan xabardor bo'lib turish maqsadide har kuni Rustam akani instagramdagi sahifasiga qadam ranjida qilib turadigan odat chiqazdim. Dastlab qarasam o'zimizani mashxur-mashxur aktyor va aktrissalar. Vo' bo'larkanku yaxshi didim, Keyin qarasam syomka jarayonlari geografik kengliklari kengaymoqda. Afg'oniston > O'zbekiston > Rossiya > Turkiya kabi davlatlarda "Baron" ning suratga olish ishlari olib borilganligini o'ziyoq meni bu filmga yanada qiziqtirib qo'ydi, Ja kotta kino bo'ladi shekilli deb ham o'ylab qolgan edim.

Keyinroq ma'lum bo'lishicha Rossiyaning mashxur "Бригада" seriallida suratga tushgan aktyorlar tabiiyki Rossiyada, Shuningdek "Kurtlar Vadisi Irak" va "Пираты Карибского моря" filmlarida suratga tushgan Gassan Massud Turkiyadagi syomka jarayonlarida ishtirok etibdi. Daxshat kino bo'votdide deb qo'ydim o'zimga o'zim. O'zbekiston, Rossiya va Turkiyalik mashxur kino ijodkorlarini bir filmda Rustam Sa'diyev jamlay olayotganiga ham tasanno deb qo'ydim. Lekin suratga olish ishlari qanchalik shov-shuvlarga sabab bo'lmasin hali film qanday chiqarkin degan hayol ham bor edi, Shuningdek Дубляжini nima qilisharkin deb ham o'yladim (Kino ming zo'r bo'lgani bilan Дубляж o'xshamasa ham qiyinde) Keyinroq Rustam Sa'diyev Moskvadagi Дубляж jarayonidan deb Ulug'bek Qodirov (Adash) va Andrey Smolyakovlarning suratini qo'yganidan so'ng a hayiriyat Дубляж yomon bo'masa kere sifatli bo'ladi HUDO hohlasa dedim

Bu orada shov-shuv.uz asoschisi Jaur Hamroyev Film soundtrack borasida "So'rovnoma" tashkillashtirdi, Ushbu so'rovnomada "Baron" filmini soundtrackini kim kuylashini hohlaysiz degan savol o'rtaga qo'yilgan edi, Variantlar orasida RAYHON, Shahzoda, Ozodbek Nazarbekov, Ziyoda, Ulug'bek Rahmatullayev kabi nomlarni uchratishimiz mumkin edi, So'rovnoma oxirida RAYHON va Shahzoda qolishdi, Jumladan ushbu so'rovnoma jarayonida shaxsan o'zim ham imkon qadar RAYHON ni qo'llab quvatlab turdim, Bu qiziqarli so'rovnomada hamma ishtirok etdi bu so'rovnoma, Ijtimoiy tarmoqlarda ancha tortishuvlar, janjallar, so'kishuvlarga ham sabab bo'ldi.
Bir tomon RAYHON desa - Bir tomon Shahzoda derdi, ikki tomon tortishib qolganidan keyin bir-birini Разборga chaqirgan qiziq qonlarni ham ko'rdim, Kim biladi balkim "BARON" sharofati bilan ikki Mega-Yulduzlarimizning muhlislari o'rtaqsida ozmi ko'pmi mushtlashuvlar ham bo'lgandur, Bunisi menga qorong'u. Oxir oqibat Baron filmi soundtracki uchun Shahzoda va uning yangi "Sirdoshim" nomli taronasi tanlandi. (Shahzodani xurmat qilaman lekin to'risi RAYHON ni muhlisi sifatida bu natija manga og'ir botdi, qariyb bir oy RAYHON ni qo'llab quvatlagan edim, RAYHON ga berilgan ovozlar ham ko'pROQ dek edi NAZARIMDA lekin, ammo, biroq)

Hammasi yaxshi o'tdi, Syomka jarayonlari rasman poyoniga yetib ana shu Moskvadagi Дубляж tugagan bo'lsa hamki lekin xech Premyeraning daragi chiqavermadi, Bundan sabr toqatim toq bo'lib Rustam akaga FB orqali murojat qildim (Yani Facebookdan))

Savol quyidagicha: Assalomu Aleykum Rustam aka,Baron filmini suratga olish jarayonlari boshlanganiga ham ancha bo'ldi, HUDO hohlasa qachon endi premyera ?

Javob ham daxshat: Худони белилаган куни иншоллох (Rustam Sa'diyev)

Oldin o'yladimki Premyera shu "Yangi yil" oldi bo'lsa kere, Yengi yil oldidan hammayoq Ажиотаж bo'lib degandek, Yo'q unaqa bo'lmadi, Rustam aka aqilli ish qildi, 2016-yilning ilk oyga Premyera kunini tayin qildi...



Katta ekranlardagi Premyera



2016-yilning yanvar oyida esa film Premyerasi bo'lib o'tdi. Shov-Shuv.uz va Daryo nashrlari bergan ma'lumotlarga ko'ra:

 - 21-yanvardan boshlab kinosaroyning barcha 10 zalida “Baron” filmi namoyish etilgan va, kinosaroy xodimlarinig so‘zlariga ko‘ra, “Panorama” tarixida bunday voqea bo‘lmagan.

 - Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyi (“Panorama”) da 23-yanvar kuni rejissor Rustam Sa’diyevning “Baron” filmi uchun 4,5 mingta chipta sotilgan

 - 24-yanvar kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroy (“Panorama”) dagi namoyishlarga 7,5 ming tomoshabin kelgan.

 - Ma’lumot uchun: Toshkentdagi Mega Cinema, Parus Cinema, Premier Hall, Vega Cinema, “G‘uncha” kinoteatrlarida, Kinochilar uyida ham “Baron” filmi namoyish etilgan.

Yuqoridagi ma'lumotlarni o'qib mana man degan kinorejissiyorlarimizning ham "Havasi" kelgan bo'lsa ne ajab ?




Mening Baron filmini ko'rishim tarixi




Baron filmi katta ekranlarda namoyish etila boshlaganiga bir oy ham bo'lmasdan turib film qaroqchilar qo'liga tushib dastlab disklarga keyin esa turgan gapki Internet olamiga chiqib ketishga ulguribdi.

Jumladan 31-yanvar kuni Baron filmi O'zbekistondagi yirik video-portallardan biri bo'lmush MyTubega naqt 4 qismga bo'lingan holda joylanibdi. Men buni 31-yanvar kuni yarim tunda soat chamasi 00:10 larda MyTubeda ko'rib qoldim, Film atrofidagi shov-shuvlardan "Baron" ga bo'lgan qiziqishim shu darajada kuchli ediki MyTubeda (TAS-IX tarmog'ida) xozir kinoteatrlarda premyerasi ketayotgan Baron filmini ko'rib ko'zlarim chaqnab ketdi, Vachach zo'r, mazza, daxshat divordim va soatga qarab TV tilida aytganda "mute" bo'pqoldim, Sababi Film davomiyligi sal kam 3 soat ekan, Agar filmni ko'rishni boshlasam soat 03:00 gacha uxlamasdan o'tirishim kerak ekan, Undan ko'ra ertaga bafurcha be malol ko'rarman shuncha kutgan yana bir kun sabr qila qolay har holda 1-fevral dushanba o'qishku dedim va Baron filmini ko'rishni bir kunga "kechiktirdim"

1-fevral soat 20:00 lar chamasida be malol bo'lib hammasini taxt qilib "Baron" ni MyTubedan ko'rishni boshladim, Palakat aksiga olgandek endi MyTube pand berayotgan edi, Ko'pchilik Baron filmini ko'rayotganligi uchunmi yoki boshqa sabablar bo'lganmi xullas nimagadur MyTubeda Baron filmi juda ham sekin, qotib-qotib ochilayotgan edi, Filmni 5 daqiqasini ochishi uchun 20 daqiqa kutishimga to'g'ri keldi, Ustiga ustak kompyuterimni kalonkasini simi tortilib qolgan ekan ovozni g'alati chiqarayotgan edi, Shu bilan o'zimga o'zim dedim, Shoshma BEK ish degani bunaqa bo'lmaydi ertaga ko'ra qolarman deb o'yladim.

Shu bilan 2-fevral ham keldi, Bu safar ancha pishiq ish qildim, kompyuterimni yoqishim bilan Baron filmini MyTubedagi 1-qismini "загрузка" ga qo'yib qo'ydim (скачать emas загрузка) ishlarimni qilib bo'lgach 1-qismni tomosha qilish avvalida 2-qismni ham загрузкаkaga qo'yib qo'ldim. Bugunga kelib 2-fevralga qaraganda Baron filmi ancha tez ochila boshlangan edi. 3 va 4 qismlarni esa kompyuterim juda ham tez "O'ynab" загрузка qilib qo'ydi

Film aslida 4 ta qism emas bitta yaxlit kino, shunchaki MyTubeda to'rtga bo'lib yuborishibdi. Filmni YouTubedagi to'liq shaklida film davomiyligi 2 soat va 45 daqiqani o'z ichiga olganini ko'rishimiz mumkin.



Bevosita Film haqida



Endi be vosita filmni boshdan oyoq gapirib bersam menimcha ja to'g'ri ish bo'lmasa kerak, Shu sababdan qisqacha film haqida to'htalib o'tsam.

"BARON" filmi bu Narkodillerlar haqidagi film bo'lib Afg'onistondan chiqadigan narkotiklarning harakati va shu bilan birga oqibati ushbu filmda aks etgan desam to'g'riroq bo'lsa kerak.

Afg'onistondan chiqadigan narkotikni asosan Rossiyaga yetkazib berish bilan shug'ullanadigan "Paxan" ning ukasi O'zbekistonda qamalgan (# Panjara ortida) har qancha harakat qilmasin Narko olamni ushab qo'ygan "Paxan" ning tishlari bizning zonalarimizdagi #Temirpanjaralar ga o'tmaydi, Qozog'iston va Tojikistondagi "Tanishlar" ham bu borada ojiz. Afg'onistondan chiqadigan giyohvandlik moddalarini Rossiyaga yetkazib berish bilan shug'ullanadigan "Paxan" ning ko'zlari endi "Okean" ni ko'rishni istaydi. Endi u Rossiya bilan cheklanmoqchi emas endi "Paxan" G'arbni ham zabt etmoqchii, Navbatdagi manzil TURKIYA undan keyin esa yevropa, kerak bo'lsa "Okean orti". "Paxan" ning maqsadlari jiddi u Afg'onistondan chiqadigan barcha og'ular uning qo'li orqali "DUNYO" ga chiqishini maqsad qilgan...Endi uyog'ini gapirib berolmiman hafa bo'misila, Buni ko'rishingiz zarur

Filmda Afg'oniston, Tojikiston, O'zbekiston, Qozog'iston, Rossiya va Turkiya ko'rsatib o'tilgan ekan.

*Ushbu filmda bosh ro'llarni ijro etgan mashxurlar haqida to'htalsam:

- Anashu "Kurtlar Vadisi Irak" va "Пираты Карибского моря" filmlarida ro'llar ijro etgan Gassan Massud og'amiz o'zimizning O'zbek filmi bo'lmush "BARON" da Turkiyadagi "KOTTAKON" ro'lida.

- "Бригада" seriyalida ro'l ijro etgan, Asli Toshkentda tug'ilgan bo'lsada "Заслуженный артист Российской Федерации" unvonini olgan Farhod Mahmudov ushbu filmda "Paxan" ning o'ng qo'li

- Мажор, Соловей-Разбойник, Самоубийцы, Закрытая школа kabi film va seriallarda ro'llar ijro etgan Павел Валерьевич va Rossiyalik yana bir mashxur "ROSSIYA XALQ ARTISTI" Андрей Смоляков Rossiyaning  "Спецназ" xodimlari ro'lida.

- Shu kungacha komik ro'llari bilan mashxur bo'lgan Muhammad Iso Abdulxairov esa "Paxan" ning ukasi "Usmon" ro'lida

- Rustam Sa'diyevning "SOTQIN" filmida "SUPER" ro'l ijro etgan Javohir Zokirov bu safar Orgon xodimi ro'lida

- Bodybuilding yulduzi Habibulla Nizomov O'zbekistondagi " #Zona " dagilardan

- "Adash" esa bu safar ja baland dorga osilgan men sizga aytsam, Ulug'bek Qodirov "BARON" filmida Boks bo'yicha JAHON CHEMPIONI sifatida gavdalangan.

- "BARON" da Yoqub Ahmedov, Dilnoza Kubayeva, Ra'no Shodiyeva va Shahzoda Matjonova kabi taniqli aktyor va aktrissalarimiz ham turli ro'llarni ijro etishgan

- Yana bir kichik ma'lumot: RAYHON ni "So'ngi nafas" va "Soxta Tuyg'u" nomli kliplarida bosh ro'lni ijro etgan aktrissa "Paxan" ning qizi ro'lini ijro etibdi.

Hullas be vosita filmga aloqador so'zlarim yuqoridagilar edi.



"BARON" filmi haqida fikrlarim



Endi film haqida fikr va mulohazalarimni etadigan bo'lsam kinoga be malol "Zo'r" digan bahoni beroliman, Rustam Sa'diyevga ham shunday film yaratganliklari uchun kottakon rahmat.

Kinoni o'zi ko'rishimdan avalroq boshqacha tasavur qilgan edim,
Lekin "BARON" tasavurimdagidanda alo film bo'libdi,

Shuningdek "Baron" ni tomosha qilishda hayolimga kelgan birinchi narsalardan biri:
Esilada bo'lsa "Shaytanat" seriyalini ko'rganlar bo'lsa seriyal syujeti bo'yicha AsadBEK (Yodgor Sadiyev) har qancha qo'lini qatga uzatsa yetadigan "Ko'cha" ro'lini ijro etgan bo'lsada, Senariy bo'yicha o'g'li (Firdavs) Moskvada o'qib yuradigan o'qimishli, ko'ngilchang yigit ro'lini o'ynagan edi,
"Qashqirlar Makoni" seriyalida ham Baron ni qizi Kanadadan ozib yozib o'g'irincha otasini oldiga kelib turar edi, ammo otasi qizini ishlaridan uzoqda ushlab turardi.
"Baron" filmida ham shunga o'xshash holat takrorlangan, "Baorn" filmining senariysi bo'yicha shundo kotta Narkodiller bo'lmush "Paxan" ning o'g'li Moskvada moliya sohasidada o'qib yuradigan, Ko'zaynak taqadigan, mo'min qobil bolani ro'lini o'ynabdi, Bilmadimku lekin bu sal real hayotdan uzoqroq bo'lsa kere yana bilmadim.

Filmda "Paxan" o'g'lidan kelgan video tabrikni hammaga oshkora ko'rsatishi ham no odati holat nazarimda, Har holda o'g'lini shunchalik avaylarkan o'sha yerda Do'st bor dushman bor deb bir bor bo'lsada o'ylagan bo'lishi kerak edi nazarimda

Film jarayonidan bir qiziq holat: "Baron" filmida Rossiyalik aktyorlar faqat yopiq binolar ichida yurganini ko'rib eh Rustam aka sal ziqnalik qilibsiz deyman deb turgan payitim Moskvadagi Golf maydoni, Rols-Roys moshinasi O'xO' bo'ldi gapimni qaytvoldim didim o'sha payt))

"SOTQIN" orqali Javohir Zokirovni ja ko'cha tilida gapirishiga o'rganib qolgan ekanman "Baron" filmida badiy talafuzda gapirganligi uchunmi Javohir Zokirovni ro'li ja ko'nglimdagidek bo'lmabdi, Lekin barbir bu filmda Javohir Zokirov ro'l ijro etganidan xursant bo'ldim super talant

Javohir Zokirovni yuqorida nomi tilga olingan Андрей Смоляков va Павел Валерьевич lar bilan birga suratga tushgan kadrlarini ko'rib ham juda xursant bo'ldim, Javohir oka uchun xursantman shundo istedodli aktyorimiz o'zi ham Rossiyalik mashxur aktyorlar bilan yonma yon turib ro'l ijro etganidan xursant bo'lgan bo'lsa kerak har holda.

"Baron" filmida dublyaj ham zo'r chiqgan faqat Afg'on tilidan qilingan tarjima sal yopishmagandek tuyildi,

Shahzoda Matjonova ishtirokidagi sahnalarham ja cho'zilib ketgandekmikin ey dib qoldim, Har holda o'sha Jipda o'tirgan kalla kesar Narkodillerla uyoda tursin oddi odam ham bu yerda bir gap bor divorgan bo'lardi nazarimda.

Keyin "BARON" filmini suratga olish jarayonlari "Tojikiston" hududida ham bo'lib o'tganida edi undanda Удар bo'larmidi ? (Filmda Tojikiston deyilgan kadrlar o'zimizani Toshkent viloyatida suratga olinganligini payqash qiyin emas)

Film haqidagi fikr mulohazalarimni so'ngisi ushbu "Baron" filmiga Yigitali Mamajonov yetishmaganini etib o'tishim kere, Rustam Sa'diyev Yigitaliga ham o'zini biron ro'lda sinab ko'rish imkoniyatini berganida nur ustiga alo nur bo'lar edi, Har holda Yigitali ham ancha gavdali qolaversa sport mahorati bor "Baron" filmiga mos tushgan bo'lar edi (Shubhasiz)

Yuqoridagi fikrlarimni men o'zim xozir ko'rgan "Baron" filmiga qarab aytdim, Bilishimcha xozirgisi homaki talqin bo'lib yanada to'liqroq talqin yaqin vaqt ichida internetga so'ngra esa undanda to'liq shakli TV ga seriyal ko'rinishida chiqar ekan, HUDO hohlasa ana o'shanda yana yangi kadrlarni ko'rgach yangi fikrlarimni ushbu maqolaga "Tirkab" qo'yishga erinmayman.



O'ZBEK KINOsida yangi davr boshlandimi ?


O'zi O'zbek kinosi oxirgi yillarda juda o'zgacha rivojlanvotdi, Sevgi haqidagi bo'lar mo'lmas kinolar, o'ldim kuydimlar, oldi qochdi mavzulardan so'ng mana endi-endi saviyali filmlar namoyish etila boshlanmoqda.

To'g'risini etish kerak nimagadur ancha yillardan buyon odamlar Davlat filmlariga sal past nazar bilan qarashar edi.
Lekin 2011-yilda Hilol Nasimov "Aldangan Ayol" filmini suratga olib Davlat filmlari ham shunaqa muofaqiyatlarga erishishi mumkin ekanligini isbotladi,
Oradan bir yil o'tib 2012-yilda "Tubanlik" ni suratga oldi, Bu film oldingisidanda omadli chiqdi lekin reklama va film targ'iboti hamin qadar bo'ldi,
2013-yilda Hilol Nasimov "Odnoklassniki.ru" ni Premyerasini o'tkazdi, O'zbekistonda va Xorijda suraga olingan Bu film ham juda omadli chiqdi, Yoshlar orasida ham ommalashdi, TV da bir necha marotaba namoyish etildi.
2014-yilda navbat "Gumrohlar" filmiga keldi, Ushbu film O'zbekiston, Turkiya va A.Q.SH da suratga olingan edi, Bu film juda og'ir tosh bosar edi.
2015-yilda esa kutilmaganida Rustam Sa'diyev ham nafaqat jiddi balkim o'ta jiddi mavzuga qo'l urdi, Shuncha yillar davomida o'zi yetishtirib tarbiyalagan aktyorlar guldastasi va durdek terilib turgan istedodlarni, Sa'natimizning mashxur insonlarini "SOTQIN" kinokartinasiga tahlab qo'ydi va Hilol Nasimov erkin ijod qilayotgan yo'nalishga "SOTQIN" kinokartinasini bilan kirib keldi,
2015-yilning Sentyabr oyida esa Hilol Nasimov O'zbekiston va Rossiyada suratga olingan "Ajal Jodusi" filmining premyerasini o'tkazdi. (Sotqin / Ajal Jodusi - Sizga qay biri ko'proq yoqdi ?)
Mana 2016-yilning boshida esa Rustam Sa'diyev Davlat byujeti orqali suratga olingan "BARON" filmining premyerasini o'tkazdi, Ushbu film haqida yuqoridagilarni yozib chiqdim (O'qidila dib umid qilaman) Endi HUDO hohlasa har yilgi an-ana davom etadi va 2016-yilning Sentyabr oyida Hilol Nasimov Rustam Sa'diyevga javob zarbasi sifatida navbatdagi film "PREMYERA" sini o'tkazadi. To'g'risi O'zbek kinosida shunaqa ikki kuchli rejissiyorlar o'rtasida shunaqa raqobat vujudga kelganidan xursantman, Ahiri biz kutgan kunlar keldi nazarimda. Hilol Nasimov "Javohir Zokirov" dagi istedodni o'z vaqtida ko'ra olmagani yoki unga ishonch bildirmagani katta xatosi bo'ldi nazarimda.

Sizlar yo' bu ikki rejissiyor boshqa-boshqa yo'nalishda ijod qiladi, Ularni bir biriga solishtirib bo'lmaydi deyishga oshiqmang, Yo'q aksincha shunday bo'lishiga qo'yib bering toki bu ikki rejissiyor o'rtasidagi Интрига oshsin. Bu bilan biz har yili kamida ikkita yangi va "YAXSHI" film ko'rishimizni bildiradi. (Nasib etsa)

Shunday ekan men Rustam Sa'diyevdan 2017-yilda yangi "Сюрприз" kutib qolaman,
Hilol Nasimovdan esa Rustam akani "Baron" filmiga shu yilning o'zida "Ответ" kutamiz.



Muallif: Xudoyberganov Ulug'BEK (Bek_Uzbekistan)
Manba: BekUzbekistan.Blogspot.Com


* * * * *


Navbat "BARON" Filmdan fotolavhalarga:

























Foto: instagram / @rustam_sagdiyev

Комментарии