Yer silkinishlari ketma-ketligi

Xech kimga sir emaski oxirgi vaqtlarda atrofimizdagi qator mamlakatlardagi zilzilalar Toshkentda ham sezilmoqda va bir baldan yuqori bo'lgan yer silkinishlari qayt etilmoqda.

O'ziyam yodimda bor bu ketma-ketlikdan oldingi eng qatttiq qimirlagani 2013-yil edi, Maktabimizada bitiruv bo'ladigan kuni tongda yer qimirlagan va anashu vaqtda uyg'onib ketib uxlamasdan "So'ngi qo'ng'iroq" ga tayyorgarchilik ko'rgan edim. Kuchli zilzila va man 9 yil o'qigan maktabimdagi "So'ngi qo'ng'iroq". ikki karra "UNITILMAS KUN" shunday emasmi ? Lekin barbir aniq sanasi esimdan chiqibdi))

O'shandan keyin shu yilni Oktyabrigacha xich qanaqa yer qimirlashini sezmadim, 26-oktyabr kuni 5 ball bo'lgan zilzilani ham sezmadim disam ishonasilami ? Ko'chadedimde)) (Ko'chada uncha sezilmasakan)

Ammo, Lekin, Biroq 2015-yilni Noyabridan keyin bo'votgan deyarli har bir yer silkinishini sezvotman, Tez-Tez bo'votganigami odam o'rganib ham ketarkan,

Mana 9-yanvar kuni yarim tungacha dars qilib endi o'rnimga yotuvdim qarasam stenkamiza shaq-shaq qivotdi, Yotgan joyimdan qimirlamasdan

- Bu galgisi ja pas bo'ldi, 3 ball ham chiqmasa kere, Shu ham yer silkinishi bo'ldiyu)) degancha pinagim ham buzilmadi :-D

Lekin har safar NET ga kirib qatta qimirlabdi dib qarab qo'yvurishni kanda qimayabman.
Etibor bersam ko'pi Afg'oniston bilan Qirg'izistonda. Yana hammasi 4-5 balldan baland, Uyodigilaga yuredan berganakande dib o'yladim. Yaxshiyam O'zbekistonda tug'ilganman (E HUDO o'zinga shukur)

Xullas shundan keyin hammasini bitta ro'yxat qilib yuritishni hohladim, Sayyod.com digila 2015-yildigi yer silkinishlarini ro'yxatini chop etgan ekan, Man anashu ma'lumotlarni Daryo.uz ga asoslanib 2016-yildagi yer silkinishlari ro'yxati bilan boyitdim.

muallif: Xudoyberganov Ulug'BEK (Bek_Uzbekistan)

Bek_Uzbekistan



* * *

Demak shu 2015/2016-yildagi yer silkinishlarini ro'yxati:

14-yanvar 2016, soat 08:24 - Toshkentda 3 ball sezildi (Epitsentr: O'zbekistonda - 3,5)
13-yanvar 2016, soat 01:06 - Toshkentda  2-3 ball sezildi (Epitsentr: Afg‘oniston - 5,3)
9-yanvar 2016, soat 4:02 - Toshkentda  2 ball sezildi (Epitsentr: O'zbekistonda - 4,9)
8-yanvar 2016, soat 14:08 - Toshkentda  2 ball sezildi (Epitsentr: Afg‘oniston - 5)
26-dekabr 2015, soat 00:16 - Toshkentda 3 ball  sezildi. (Epitsentr: Afg‘oniston - 6.3)
7-dekabr 2015, soat 12: 50 - Toshkentda 3 ball  sezildi. (Epitsentr: Tojikistonda- 7,3)
1-dekabr 2015,  soat  11:13 - Toshkentda  2 ball sezildi. (Epitsentr: Qirg‘izisiton - 5,0)
22-noyabr 2015, soat 23:16 - Toshkentda 1 ball sezildi. (Epitsentr: Afg‘oniston - 5.4)
21-noyabr 2015,  soat   5:16 - Toshkentda  2 ball sezildi. (Epitsentr: Qirg‘isitonda - 4,4)
20-noyabr 2015, soat  9:46 - Toshkentda  2 ball sezildi. (Epitsentr: Qirg‘iziston - 5,2)
17-noyabr 2015, soat  22:29 - Toshkentda 2,5 ball sezildi. (Epitsentr: Qirg‘iziston -   5,7)
26-oktyabr 2015, soat 14:09 - Toshkentda  5 ball sezildi. (Epitsentr: Afg‘onistonda - 7,5)
10-avgust  2015,  soat 15:05 - Toshkentda  2 ball sezildi. (Epitsentr: Afg‘onistonda - 6,0)
3-iyul 2015, soat  6:07 - Toshkentda 1 ball sezildi. (Epitsentr: Xitoyda -  6,5)
30-iyun 2015, soat  3:09 - Toshkentda  2 ball sezildi. (Epitsentr: Tojikistonda- 5,8)
20-may 2015, soat 8:34 - Toshkentda  2 ball sezildi. (Epitsentr: Tojikistonda - 5,4)

manba: Sayyod.com / Daryo.uz

Комментарии