Bilasizmi ?

Daryo.uz ga kirib anashu yerdagi "Bilasizmi ?" deyilgan ma'lumotlar tahtachasidagi barcha yozilganlarini ko'chirib olaverdim, "Yangilash" tugmasini tahminan yarim soat bosganimdan so'ng quyidagi natija kelib chiqdi. Demak bilmaganlarimizni bilamiz (Rahmat senga yangiliklar Daryosi) Lekin etib qo'yiy quyidagi ma'lumotlardan ayrimlari men uchun ham biroz "Tajublanarli" bo'ldi va men bu Bilasizmilar haqiqatdan ham 100% FAKT ekanligiga kafolat bermiman!!!

Bilasizmi ?: 1111111 х 1111111 = 1234567654321

Bilasizmi ?: 0 — bu rim raqamlari bilan yozib bo‘lmaydigan yagona son

Bilasizmi ?: “Feysbuk”ka a’zo bo‘lganlarning 25 milliondan ortig‘i allaqachon olamdan o‘tishgan

Bilasizmi ?: Metro-Goldvin-Mayer (MGM) reklamasidagi sher sur’atga olingandan kunning ertasiga o‘zining hayvon o‘rgatuvchisini o‘ldirgan

Bilasizmi ?: Bill Geyts har soniyada 250 AQSh dollari ishlab topadi

Bilasizmi ?: Narniya hayotda ham mavjud. U Italiyadagi shahar

Bilasizmi ?: Gitlerning onasi xomilador paytida bolasini olib tashlashga qat’iy qaror qilgan, lekin vrach uni bu yo‘ldan qaytargan

Bilasizmi ?: Ko‘zlarimiz tug‘ilganimizda qanday kattalikda bo‘lsa, shundayligicha qoladi

Bilasizmi ?: Avgustda tug‘ilishlar soni ko‘proq (Noyabr-Dekabrda esa...)

Bilasizmi ?: Piyoz archayotganda saqich chaynash yig‘lashning oldini oladi

Bilasizmi ?: “OK” dunyodagi eng ommaviy so‘z

Bilasizmi ?: Koala ayig‘i kuniga o‘rtacha 18 soat uxlaydi

Bilasizmi ?: Madonna ham, Maykl Jekson ham 1958-yilda tavallud topgan

Bilasizmi ?: Boks 1901-yilgacha rasmiy sport turi hisoblanmagan

Bilasizmi ?: Timsohlar rang ajrata olishmaydi

Bilasizmi ?: Yer borgan sari sekin aylanib bormoqda, bugun kechadan ko‘ra 0.00000002 soniyaga uzunroq

Bilasizmi ?: Voleybol 1895-yilda kashf qilingan

Bilasizmi ?: Kubik-rubikda 1,929,770,126,028,800 ta har xil rangli kombinatsiyalar mavjud

Bilasizmi ?: Uylangan erkakning bo'yi uylanmagan erkakning bo'yidan 2.5 sm uzunroq bo'ladi

Bilasizmi ?: Ko‘zlar ochiq holda aksirib bo‘lmaydi

Bilasizmi ?: Ilk krossvord boshqotirmasi 1913-yilda yaratilgan

Bilasizmi ?: Timsohlar rang ajrata olishmaydi

Bilasizmi ?: Zebralar qora rangli, faqat oq chiziqli dog‘lari bor

Bilasizmi ?: Tarixdagi eng uzoq davom etgan sulola bu yapon sulolasi. Hozirgi imperator Akihito sulolaning 125-avlodi hisoblanadi

Bilasizmi ?: Tenglik (=) belgisidan ilk bor 1557-yilda ingliz matematigi Robert Rekord foydalangan

Bilasizmi ?: Odatiy inson butun umrining 2 haftasini yashil chiroqni kutishga sarflaydi

Bilasizmi ?: Gavayi alifbosida bor-yo‘g‘i 12 ta harf bor

Bilasizmi ?: Bir kunda odamlar soni o‘rtacha 237 748 kishiga ko‘payadi. Har soniyada kamida 4 ta bola tug‘iladi

Bilasizmi ?: Dunyodagi eng past bo‘yli odam 72 yoshda. Uning bo‘yi — 54,6 sm

Bilasizmi ?: Timsoh tilini tashqariga chiqara olmaydi

Bilasizmi ?: Motsart hech qachon maktabga bormagan

Bilasizmi ?: Musiqa insondagi depressiyani 25 foizgacha tushirishga qodir

Bilasizmi ?: Charli Chaplin bir safar “Charli Chaplinga o‘xshashlar” tanlovida o‘zi qatnashib, mag‘lub bo‘lgan

Bilasizmi ?: Kulish uchun 40 ta mushakni harakatga keltirish kerak. Taqqoslash uchun miltiq tepkisini bosish uchun 4 ta mushak harakatlanishi yetarli

Bilasizmi ?: Nederlandiyadagi insonlarning o‘rtacha bo‘yi — 181 sm. Butun dunyo bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich — 168,1 sm

Bilasizmi ?: 20 yoshga to‘lganingizdan keyin har yilda miyangiz og‘irligi yiliga taxminan 1 grammga kamayadi

Bilasizmi ?: Mushuklar hayotining 66 foizini uxlab o‘tkazadi (Umrini uchdan bir qismini)

Bilasizmi ?: Dunyodagi 11% odam chapaqay

Bilasizmi ?: Kulgu insonning stress garmonlari ishlab chiqarilishini kamaytirib, immunitetni oshiradi

Bilasizmi ?: Uolt Disney sichqonlardan qo‘rqqan (The Walt Disney Company asoschisi)

Bilasizmi ?: Pingvin suvda turib 3 metr balandlikkacha sakray oladi

Bilasizmi ?: Xitoyda ingliz tilida gaplashuvchilar soni AQShdagidan ko‘proq

Bilasizmi ?: O‘chirg‘ich kashf qilingungacha, qalamni o‘chirishda nondan foydalanilgan

Bilasizmi ?: “Porshe” brendi traktorlar ham ishlab chiqaradi

Bilasizmi ?: Psixologlarning fikriga ko‘ra, sizni ko‘rganda uyalayotganini sezdirayotgan insonlar siz haqingizda yaxshi fikrda bo‘lishadi

Bilasizmi ?: Bil Geyts kompyuter dasturlashni 13 yoshidan boshlagan

Bilasizmi ?: Eshaklar samolyotlardan ko‘ra ko‘proq insonlar o‘limiga sababchi bo‘ladi

Bilasizmi ?: Eshik qo‘ng‘irog‘i 1831-yilda ixtiro qilingan

Bilasizmi ?: Dollar ($) belgisini 1778-yilda ishbilarmon Oliver Pollok o‘ylab topgan

Bilasizmi ?: Soyabonlarning o‘rtacha umr ko‘rish davri 1,5 yil ekan

Bilasizmi ?: Fillar sakray olmaydigan yagona jonzot

Bilasizmi ?:Fazoda hech qanaqa ovoz eshitilmaydi

Bilasizmi ?: Dunyodagi eng qimmat to‘y marosimiga 55 million AQSh dollar xarajat qilingan

Bilasizmi ?: Irland qahvasi San-Fransiskoda yaratilgan

Bilasizmi ?: To‘lin oy yarim oydan ko‘ra 9 marta ko‘p yorqinroq

Bilasizmi ?: 4 yoshli bola kuniga o‘rtacha 437 ta savol beradi

Bilasizmi ?: “Mister Bin” hajviy serialida bosh rolni ijro etgan Rouen Atkinson elektr muhandislik bo‘yicha magistrlik diplomi sohibi

Bilasizmi ?: Pentagonda yuvinish xonalari odatdagidan ikki baravar ko‘p

Bilasizmi ?: Eng birinchi qayiq Misrda yaratilgan

Bilasizmi ?: “Qirol sher” tarixda eng ko‘p ko‘rilgan qo‘lda chizilgan (kompyuterda emas) multfilmdir

Bilasizmi ?: Gavai aslida “sendvich” orollari deb nomlangan

Bilasizmi ?: Agar Google’da “elgooG” deb qidirsangiz, u sizga Google sahifasining teskarisini ko‘rsatuvchi sahifa ochib beradi

Bilasizmi ?: Bulutlar kechasidan ko‘ra kunduzi balandroqda bo‘ladi

Bilasizmi ?: Millionlar o‘yini 188 ta mamlakatda “Futbol” deb yuritilsa, atigi 4 tasida “Sokker” deb nomlanadi

Bilasizmi ?: Odamlar tunda o‘rtacha yetti daqiqada uxlab qolishadi

Bilasizmi ?: Ilk parashyut 1515-yilda Leonardo Da Vinchi tomonidan yaratilgan

Bilasizmi ?: Jon Rokfeller hozirgi eng boy odamdan 4  –5 marta badavlatroq bo‘lgan

Bilasizmi ?: Bodringning 96 foizi suvdan iborat

Bilasizmi ?" Balki ishonmassiz, lekin shokolad tishlaringiz uchun foydali

Bilasizmi ?: “Blutuz” (Bluetooth) qurilmasi Harald Bluetooth (Ko‘ktish) sharafiga qo‘yilgan. U Daniya va Norvegiya xalqlarini birlashirgan qirol hisoblanadi.

Manba: Daryo.uz

Комментарии