Futbol bo'yicha 23 yoshgacha bo'lgan olimpiyachilar o'rtasida bo'lib o'tgan Qatardagi chempionatdan so'ng O'zbek Olimpiya terma jamoasida qator yo'nalishlar bo'yicha eng yaxshi futbolchilarnni aniqlash fikri tug'ildi va Qatardagi chempionatda O'zbekiston olimpiya terma jamoasining uchta o'yiniga ko'ra quyidagi o'ziga xos "Bek Awards" natijalarini tuzib chiqdim))
* * *
ENG YAXSHI FUTBOLCHI: Dostonbek Hamdamov
- J.Koreya kabi kuchli raqib qarshisida futbolchilarimiz xech narsa qilolmay qolgan bir pallada Doston o'zini qo'lga olib, ancha uzoq masofadan raqib darvozasini aniq nishonga oldi, Iroqga qarshi bahsda o'ziga yaratilgan ilk vaziyatdanoq unumli foydalandi, Yamanga qarshi bahsda ham ancha faol bo'ldi, Yamanga J.Sohibov urgan golda vaziyatni Hamdamov yaratdi, Bir so'z bilan Dostonbek bejizga 2015-yilda Osiyoning eng yaxshi YOSH futbolchisi bo'lganini isbotladi, Biroq Babayan nima uchun Dostonni har uchala bahsda ham almashtirib yuborganini chunolmadim. (Hamdamovni o'yinlari tobora Sardor Rashidovning o'yinlarini eslatib yubormoqda.)
ENG FAOL FUTBOLCHI: Акрам Комилов
- Qatardagi chempionat davomida aksariyat futbolchilarimiz jismonan nimjonROQ ekanliklari ko'zga tashlanib qoldi, Chayir Koreyslar yoki gavdali va bo'ydor arablarga qarshi to'p uchun kechgan barcha yakka kurashlarda yurtdoshlarimiz yeqilib tushaverishdi, Koreyslarga qarshi 1 va 2-turdagi uchrashuvlarning 2-taymida bir nechta futbolchilarimizning xattoki yaxshiroq yugurish uchun ham madorlari qolmadi, Ammo Akrom Komilov jismonan ancha baquvat va kuchli ekanligini Doha maydonlarida hamma ko'rdi, U har uchta bahsda ham almashtirilmagan bo'lsada himoyada ham hujumcha ham faol harakat qildi, Uchala bahsda ham to'p uchun kechgan yakama-yaka to'qnashuvlardan qochmadi va o'zini ham raqimni ham ayab o'tirgani yo'q, Raqibga qarshi turib bergan va deyarli hamma hujumlarga hissasini qo'shgan Akromjon Komilov ushbu nominatsiyada tengsiz
ENG FOYDALI FUTBOLCHI: Jalol Masharipov
- Jaloliddin Masharipov Dastlabki ikki turda zahiradan maydonga tushishi bilanoq o'yinni tom manoda jonlantirib yubordi, Tezkor reytlarni amalga oshirdi, har bir bahsda raqib Jaloliddinning redlaridan hafsirab turdi, 2-turda T.Hakimovga golli uzatmani amalga oshirgan Jalol 3-turda dastlab bir nechta vaziyatlarni ko'kka sovurgan bo'lsada 3-golni bir o'zi xech kimning ko'magisiz indevidual mahorati evaziga urdi.
ENG FOYDASIZ FUTBOLCHI: Otabek Shukurov / Vladimr Kozak
- Otabek Shukurov 2-davrani Buxoro jamoasida o'tkazgani Osiyo chempionatida sezildi, Balkim Bunyodkorda qolganida o'yin sifati ancha boshqacha bo'larmidi ? Otabek markazda to'p surgan bo'lsada u darajada ko'zga ko'rinmadi yoki yaqqol vaziyatlarni vujudga keltirmadi, Himoyaga qaytgan vaqtida ham himoyachi emasligini sezdirib qo'ydi, Jarima zarbalarini ijro etish imkoniyati tug'ilganida ham jarima zarbalarini ko'kka sovurdi, Uzoq masofalardan darvoza tomon yo'llagan xech bir zarbasi bizga naf keltirmadi, paslari ham etirofga loyiq emas edi, Otash maydonda shunchaki yugurib yurdi.
- Vladimr Kozak o'z vaqtida yoshlarimizning sardori edi, maydondagi eng unversal futbolchimizning bu mavsumda oliy ligada Kozakning o'yinlarida pasayish ko'zga tashlandi, Osiyo chempionatida esa Kozakni vazifasi aftidan yaratuvchilik emas balkim raqib hujumlarini "BUZISH" edi, Ammo men Kozak hujumlarni qaytarganini umuman ko'rmadim, Himoyachilarni qo'llab quvatlamaganga yarasha Kozak huchumlarni tashkillashtirishda ham ishtirok etmadi, To'pni faqat darvozabonga qaytaraverdi.
TURGAN BITGANI ZIYON nominatsiyasi: Jamshid Iskandarov / Jamshid Boltaboyev
holatda o'ziga yaratilgan super vaziyatdan yosh bolalarcha zarba berdi, chiroyli paslarini esa umuman ko'rmadim, Iskanderov gavdali va bo'ydor raqinlar orasida umuman yoqolib qoldi, 3-turda esa Boltaboyev biroz iliq tasurot qoldirgan bo'lsada yana ko'zga ko'rinarli xatolarga qo'l urdi, Iskanderovni 2-goldagi ishtiroki ko'ringandek bo'ldi ammo bu uni oqlanishi uchun yetarli emas, Binobarin Yamanga urilgan ikkinchi gol Iskandarovning pasi evaziga emas balkim Shomurodovning istedodi va Sergeyevning bosh bilan o'ynash qobiliyati evaziga urildi. (Lekin takidlab o'tish joiz har ikkala Jamshidlar ham 2015-yilgi mavsumni katta qismini jarohatlari evaziga o'tkazib yuborishdi)
* * *
Shu bilan Rio-2016 uchun Osiyo qittasi bo'yicha saralash o'yinlari O'zbekiston uchun o'z poyoniga yetdi va Braziliya yashil maydonlari BIZ uchun endi ikki karra armonga aylandi !!! Hayr Braziliya - 2
muallif: Xudoyberganov Ulug'BEK (Bek_Uzbekistan)
Комментарии
Отправить комментарий