O'ZBEKISTON 3-1 KXDR (Shimoli Koreya)
Gollar: Igor Sergeyev, Aleksandr Genrih, Odil Ahmedov (Hyok-Chol Ri)
Uchrashuvdan avval: Samvel Babayan e'lon qilgan tarkibni ko'rib tarkibdan ko'nglim to'ldi, Darhaqiqat deyarli barcha yetakchi va bo'ladigan futbolchilar tarkibda bor edilar,
Bahs Bunyodkor emas Pahtakor stadionida bo'lib o'tishidan xabar topganimdan keyin ham S.Babayanni to'g'ri chundim, Sababi Babayanni o'rnida bo'lganimda men ham uzoq yillar klub strukturasida ishlab o'zim uchun qadrdon bo'lib qolgan stadionni xech bo'lmasa o'zim murabbiylik qilgan bitta bahsda bo'lsada to'lla ko'rishni hohlagan bo'lardim!
Uchrashuv vaqtida: Uchrashuvda Stadion to'lgani va umuman yaxshi muhit meni xursant qildi.
Biroq o'yin boshlanishi bilanoq o'tkazib yuborilgan goldan shok holatiga tushib qoldim ammo ketma-ket uyishtirilgan hujumlar va Pahtakor stadionida yig'ilgan ishqibozlarning MTJ ni super darajada qo'llab-quvatlashi menga ishonch bag'ishladi.
Biroq O'zbekiston 0-1 ga yutkazayotgan vaqtida Babayanni yaqindan ko'rsatishdi, Anashu vaziyatda Babayanni o'rnida bo'lishni hohlamagan bo'lardim, Shundo yuqori bosim ostida turgan vaqtida MTJ o'yin boshidayoq gol o'tkazib yuborishi juda og'ir holat.
Lekin hammasi ko'ngildagidek bo'ldi O'zbekiston ketma ket gol urib g'alaba qozondik!
Faqat Sardor Rashidovning sariq kartochkasi va gol urolmaganligiga afsuslandim.
O'yindan so'ng: Uzoq yillar davomida mag'lubiyatlardan zada bo'lib ketgan bu yurak g'alabali seriyalardan yayramoqda, Qachondur shunaqa kunlar kelishini orziqib kutar edim va nihoyat men kutgan kunlar ham yetib keldi (Ketma-Ket 4 ta bahsda g'alaba, Qoyil) Stadionda o'tirganlar ham mazza qilishgani ko'rinib turgan edi, Agar O'zbekiston Qatarda Yamanni mag'lub etsa kelasi yilning Mart oyida Toshkentda Filipin va Bahrayn bilan bahslarda ham endi Bunyodkor stadioni to'lib toshishiga umid qilmoqdaman. Samvel Babayanga esa omad tilab qolaman, G'alabali seriyamiz davomiy bo'lishini hohlardim.
O'yindan keyin Sport TV matbuot anjumanini namoyish etdi. Murod Rizayev esa Odil Ahmedov, Sardor Rashidov va Igor Sergeyevdan intervyu oldi, Hammasi eng yuqori saviyada bo'ldi.
Hullas bugun hotirjom uxlayman, Kayfiyatim esa ayni damda a'lo
Комментарии
Отправить комментарий