Tashkent Open 2015 o'z nihoyasiga yetdi - "Nao Hibino" Chempion

Deyarli har yili Tennis bo'yicha yurtimizda o'tkaziladigan nufuzli musobaqalardan biri bo'lmush "Tashkent Open" turnirini iloji boricha vatandoshlarimiz ishtirokidagi bahslar va albatda finallarni ko'rish men uchun odat tusiga kirgan.
To'g'risi bu yili nimagadur unchalik tennis ko'rmayabman, Sportdagi asosiy qiziqish doiram Futbol bilan cheklanmoqda. Yil boshidan buyon faqat Devis Kubogi doirasidagi O'zbekiston - A.Q.SH qarama qarshiligidan o'rin olgan Denis Istomin va Steve Johnson qarama qarshiligini jonli efirda tomosha qildim, Tan olish kerak Denis o'ta mushkul holatga tushib qolgan edi va og'ir vaziyatdan chiqib ketib g'alaba qozondi, Bu albatda meni juda xursant qildi, Biroq afsuskiy keyingi bahslarni tomosha qilolmadim va anashu bahslarda O'zbekiston Amerikaliklarga imkoniyatni boy berib qo'yibdi. Keyin o'yladim "Boshqa bahslarniham tomosha qilsam bo'larkan" deb lekin afsuskiy endi kech edi!
* * *
Mana oradan bir qancha vaqt o'tib "Tashkent Open 2015" ham start oldi, To'risi uchrashuvlar soat nechida bo'layotganidan be xabar qolib bir qancha bahslarni o'tkazib yuboribman, Lekin kuni kecha bo'lib o'tgan
Yaponiyalik "N.Hibino" va Serbiyalik "B. Jovanovsk" bahsini jonli efirda katta ishtiyoq bilan tomosha qildim va bildimkiy bu yarim final ekan.
Ikkinchi juftlikda O'zbekistonlik tennischilarimizham kurash olib bormoqda degan fikrda edim afsuskiy bu yilgi bahslarda na yakkalikda na juftlikda vatandoshlarimiz xattokiy yarim finalgaham yetib kela olishmabdi.
N.Abduraimova, O.Omonmurodova, S.Sharipova kabi nomlar borkiy ular bu turnirda chempion bo'lishi kerka nazarimda
Hibino va Jovanovsk qarama qarshiligida men dastlab Serbiyalik keyin esa Yaponiyalik tennischi qizlarga muhlislik qildim, Bahs o'rtasiga kelib Hibino yutsa kere duvdim dar haqiqat Yaponiyalik tennischi ishonchimni oqladi, Lekin eng qiziq joyi ikkinchi setda Hibino 5/1 hisobida yutib turganda Serbiyalik tennischini bir jahli chiqdimi hayronman 5/4 gacha hisobni oshirdi yakunda barbir Yaponiyalik tennischi o'z so'zini aytdi (6/5 va 6/4).
Ikkinchi juftlikda esa D. Vekic (Xorvatiya) va E. Rodina (Rossiya) bahsini faqat birinchi setni tomosha qildim. Bu bahsda Rossiyanka yutsa kere duvdim lekin Vecik g'alabani ishonchli tarzda qo'lga kiritibdi (7/5 va 6-1). Qoyil lekin.
Bugun programmani qarasam final o'zi aslida 14:00 ga belgilangna ekan lekin 13:15 da Sport kanaliga qo'ysam bahs boshlanib ketibdi, Shundan so'ng bahsni tomosha qilishga kirishdim va Yaponiyalik Hibinoga muhlislik qildim.
Hibino men ko'rgan ikki bahsda shundayin o'yin ko'rsatdigi huddi bir jahon yulduziga o'xshaydi, o'zini erkin tutmoqda, 90% to'plarga yetib bormoqda, kort markazidaham yaxshi o'ynavotdi, umuman har tomonlama raqiblaridan ustunlik qildi.

Lekin WTA reytingida Yaponiyalik Hibino 119-o'rinda, Uning finaldagi raqibasi Xorvatiyalik Donna Vekich esa 131-o'rinda ekan.

Ular o'zlaridan reytingi baland bo'lgan tennischilar turganida Toshkent Openda g'alaba qozonganlari tahsinga sazovor

Jumladan: Jahonda 43-o'rinda turgan Germaniyalik Annika Beck Chorak finalda yutkazib qo'yibdi.
 
Jahonda 55-o'rinda turgan Slovakiyalik Polona Hercog esa umuman saralash bosqichidayoq qoqilibdi, Qiziqarli holat shunday emasmi ?
Finalga qaytsak yuqorida etganimdek Jahon tennis olamida 119 va 131 - o'rinlardagi tennischilar Toshkent Open finalida.
Finalda haqiqiy jang bo'ldi desam yolg'on bo'ladi, Aksincha Nao Hibino raqibasini osonlikcha (Qiyinchiliklarsiz) mag'lub etdi, Xorvatiyalik Donna esa uchrashuvni o'rtasida borib hakamga muhlislar shovqinidan arz qildi, bir necha bor Xorvatchasiga adashmasam baland ovozda so'kinibham qo'ydi, raketkasini yerga qarsilatib bir necha bor urdi lekin barbir mag'lubiyatga uchradi, Muhlislar aytaylik bir qarsak chalib past ovozda baqirib qo'yishsaham hakamlar "TInchlik saqlang" deb mikrafonda baralla tartib o'rnatishmoqchi, (Xex, Chuchvarani hom sanabsan) deganda muhlislar yanada baralla muhlislik qilishdi.

Tashkent Open

Yaponiyalik Nao Hibinoni esa asablari misoli metin ekan o'ziyam, Na kuldi, na qiyofasida o'zgarish bo'ldi, TV qarshisida o'tirib men hayajonlanib ketayotgan vaqtida Hibinoni bir tukiham qimirlamadi u faqat olg'a intildi, Xorvatiyalik Donna esa mutlaqo finalga tayyor emas edi, U o'z his tuyg'ularini qurboniga aylandi.
Qizlarga qisqacha tarif bersam:
Nao Hibinnoni bo'yi biroq pastroq ekan, Lekin oyoqlari ancha baquvat. Bo'yi past bo'lishiga qaramasdan juda chaqqon.
Donna Vekicni esa bo'yi ancha baland, Oyoqlari Hibbinonikichalik semiz bo'lmasada ancha mushakdor va muskullarga boy, Juda tezkor bo'lmasada o'ziga xos texnikaga ega ekan, Qolaversa tashqi ko'rinishiham chiroyli, Shaxsan meni o'ziga rom eta oldi.
Ikkinchi setda Donna hattoki ortiqcha jonini kuydurib yugurganiham yo'q, Unda xech qanday imkoniyat qolmaganini sezib turgan edi shunga yarasha shunchaki bahsni oxiriga yetkazib qo'yish uchungina harakat qildi.
Yakuniy hisob (6/2 - 6/2) Yaponiyalik Nao Hibino foydasiga!
G'alabadan so'nggina Hibinoning kulgusini 1-bor ko'rdim. U oxirigacha hisiyotlarini jilovlab turdi qoyil, Shundan so'ng maydonni taqdirlash marosimiga shaylashga kirishib ketishdi. Juftlik g'oliblariham chiqib taqdirlashga tayyorlanib turishdi, Donna telefonini qo'liga olib bir narsalar yozishga kirishib ketdi.
Shu vaqt g'alabasidan kulib, quvonchi ichiga sig'mayotgan Hibinoni ko'zlarida yosh qalqidi, qarasam qo'lida sochiq, qornini ushlab qolgan, murabiyi va tashkilotchilar atrofida girdi kapalak, Mikrafonga kimnidur "Chempionni nima qilding ?" degan so'zlari eshtilib turibdi. Basni sharhlayotgan sharhlovchiham gap nimadaligini bilolmasdan balkim Nao Hibinoning eski jaroxati xuruj qilayotgandur deyishi bilan bir ayyol uni maydondan olib chiqib ketdi.
Shu bilan ttaqdirlash marosimi start oldi, Dast avval maydonda kichik pardozlash ishlari amalga oshirildi shundan so'ng "Toshkent Open" da ishtirok etgan tennischilar sharafiga barcha qatnashchilarning davlat bayroqlari maydonga olib chiqildi, Turnir tashkilotchilari va hokimlik vakillari kortga chiqishdi, Avvaliga juftliklardagi g'oliblarga milliy zar cho'ponlarimiz va zarin do'pilarimiz kiydirildi, Shundan so'ng finalchi Donna Vekic kortga chiqdi, zar cho'ponlarni kiyishni uddaladuku biroq do'pini kiyishga kelganda Donnaning boshidagi kepkasi biroq halal berdi, Turnir direktori unga kepkasini yechishni taklif qilishiga qaramasdan Donna do'pini kepkasini ustidan kiyvordi va endi mukofotni olaman deganda do'pisini tushirvorsa bo'ladimi ? TV qarshisida o'tirib obbo qiz tushmagur ey shu kepkeni yechsen bo'lardi dib tursam uyodan Nao Hibbino ko'rindi, Xozirgina yetti bukulib qornini changallab qolgan Nao tetik ravishda kortga chiqib keldi u ham kepkada, Finaldagi raqibasi Donna Vekicni ahvolini ko'rib boshidagi kepkani yechishga farosati yetsa kere deb tursam yo'q u ham do'pini kepkani ustidan kiydirib qo'ya qoldi. Mukofotlarni olganidan so'ng mikrafon orqali o'z quvonchini isxor etdi. Shundan so'ng Toshkent shahar hokimiyati vakili turnirni rasman yopib deb e'lon qildi va nihoyat navbat Fotosessiyaga yetib keldi, Xozir 40 ta fotogrof chiqib chiqillatib rasmga olishni do'ndirishadi desam yo'q ikkita fotogrof yigit, yana bir nechtasi qo'lida telefon bilan suratga olgandek bo'lishdi. Hibino esa telefonlar bilan fotoaparatlarga goh jilmayib goh hayrat bilan qarab qo'di shu bilan "Toshkent Open 2015" musobaqasi o'z poyoniga yetdi.
Endi navbat bir necha haftadan so'ng start oladigan yigitlar o'rtasidagi "Tashkent Challenger 2015" musobaqasiga (Etiboringiz uchun rahmat!)


Tashkent Open

Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek
Foto: www.wtatennis.com

Комментарии