Ertangi kun > BUGUN dan boshlanadi !!!

Kecha va Bugun - Kelajakka qaytib (1/2 qismlar) filmini tomosha qildim,(Ertaga 3-qismi bo'ladi) Yoshlik vaqtlarimda tomosha qilgan ushbu filmni yana bir bor tomosha qilish albatda anchayin yoqimli tuyilmoqda. Bugun ushbu filmning 2-qismini tomosha qilar ekanman bir narsa etiborimni tortti, Yani 1985-yildan 2015-yilning 21-oktyabr sanasiga kelishar ekan (Yani bugunga)

Filmning shu lavhalarini tomosha qilib o'ylanib qoldim, 1985-yilda filmning suratga olinish jarayonida, (Anashu vaqtda) A.Q.SH kino ijodkorlarining, Umuman anashu davrdagi insoniyatning kelajakdan umidlari shu darajada katta bo'lgan ekan, Ular 2015-yilga borib insonlar (Kamida A.Q.SH aholisi) Uchar avtomobillarda yuradi, Elektronika misli ko'rilmagan darajada rivojlanadi, Uchar Skateboardlar yaratiladi (va hokazo...) deb o'ylashgan ekan!

Shu fikrlar hayolimga keldiyu yana bir narsa haqida o'ylanib qoldim, Men kelajakdan nimalarni kutmoqdaman ? Kelajagimni qanday tasavvur etaman ? O'z orzu va maqsadlarimdan necha % ga yetisha olaman ? Umuman mening kelajak hayollarim (va orzularim) bilan real hayot o'rtasida qanchalik bog'liqlik bor bo'lishi mumkin ?...

Ushbu savollarning javoblarini nasib etsa KELAJAK da ko'ramiz!

Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan)



Комментарии