RAYHON va FanClub o'rtasida uchrashuv (20-Sentyabr, 2015-Yil)



FanClub va RAYHON o'rtasidagi uchrashuv 2015-yilning 20-Sentyabr sanasida Toshkent shahrining "Darxon" Reustourantida bo'lib o'tdi, Ushbu uchrashuvga soat 11:30 dan FanClub azolari yeg'ila boshlashdi, Soat chamasi 12:30 jamoat jam edi, Bo'sh vaqtdan unumli foydalangan Fanatdoshlar bir-birimiz bilan miriqib suhbatlashib RAYHON ning so'ngi ijodiy na'munalari haqida fikr yuritdik va o'zaro fikr almashdik, Shuningdek o'z shaxsiy hayotimizdagi yangiliklar bilan o'rtoqlashdik, Shundan so'ng deyarli barcha Fanatdoshlar bir birimiz bilan suratga tushish va "Selfi" lashish imkoniyatiniham qo'ldan boy bermadik.

Soat 13:00 da RAYHON G'ANIYEVA administratorlari Sherbek aka bilan birgalikda Darxon Reustourantiga tashrif buyurdilar. RAYHON joylashib olganlaridan so'ng RAYHON barcha FanClub azolaridan hol-ahvol so'rab o'tdilar va FanClub azolarining shaxsiy hayotlaridagi yangiliklar va o'zgarishlar bilan qiziqib o'tdilar. Uchrashuvning kirish qismi o'tganidan so'ng FanClub tomonidan tayyorlab qo'yilgan sovg'alar va FanClub azolari o'zlari bilan olib kelgan gullarni RAYHON ga taqdim etdishdi.

Shundan so'ng navbat RAYHON bilan savol-javoblarga yetib keldi. Savollarning kirish qismini RAYHON ning yon tomonlaridan o'rin olgan FanClub rahbariyati boshlab berdilar, Shundan so'ng FanClub azolari ham RAYHON ga birin ketin o'z savollarini yo'llay boshlashdi, Men xozir  be vosita o'zim RAYHON ga bergan savollarim va shuning barobarida RAYHON tomonidan yo'llangan javoblarni etiboringizga havola etaman. (Faqat o'zimni savollarim)

* * *

Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan): Oldin Rayhon.uz sayiti ishlagan vaqtlarda anashu saytda "Гостевая Книга" bo'lar edi, Yani sizga "Гостевая Книга" orqali maktublar yuborar edik, Boshqa muhlislaringizdaham sizga xat yo'llash istagi tug'ilsa "Гостевая Книга" ni tavsiya etar edik, Ma'lumki xozirgi kunda Rayhon.uz sayiti o'z faoliyatini yakunlagan, Siz xozirgi kunga kelib aynan qaysi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanasiz, Muhlislar sizga qaysi internet manbalaridan maktub yo'llashlari mumkin ?

RAYHON: Men ko'proq Instagramdan foydalanaman va Instagramda imkon qadar menga yo'llangan maktublarni o'qib chiqaman, Qolaversa Facebookniham kuzatib boraman.

* * *

Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan): Mana bir necha yildirkiy be vosita FanClubimizga qarashli FanRayhon.Uz sayiti faoliyat yuritib kelmoqda, Deyarli barcha FanClub azolari ushbu saytimiz orqali o'z materiallari va maqolalarini yozib borishadi, Imkon qadar FanRayhon.Uz da faollik qilishga harakat qilishadi, Sizham biznign FanSayitimizga kirib turasizmi ? Umuman olganda FanSayitimiz faoliyatini qanchalik kuzatasiz ?

RAYHON: Asosan FanClub administratori Elmazka Abduraimova menga FanSaytdagi maqolalarga ssilka yuboradi va men anashu maqolalar bilan tanishib chiqaman, Ammo shu vaqtgacha FanSayt faoliyatini muntazam kuzatib bormagan ekanman, Bundan buyog'iga FanRayhon.Uz ga ham imkon qadar tez-tez kirib turishga harakat qilaman.

* * *

Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan): O'zbekistonimizda Samarqand, Buxoro, Xorazmkabi tarixiy shaharlarimiz borkiy tarifga til ojiz, Ushbu shaharlarimizni har yili Dunyoning turli burchaklaridan minglab sayyohlar tomosha qilishga kelishadi, Barcha sayyohlar qo'llarida kameralar bilan ajdodlarimiz bunyod etgan binolarni suratga olishadi, Havas ko'zi bilan qarashadi, Umuman olganda mumkunmi RAYHON ham manashu tarixiy shaharlarimizda kliplar suratga olsalar, 3 daqiqalik klipda qiyin bo'lsada manashu O'zbekistonimizning butun tarixi va xozirgi kunini bir klipda butun jahonga ko'rsatib qo'ysalarkiy butun dunyo manashu shaharlarimizni, tariximizni va bugungi kunimizni ko'rib lol qolishsa, Butun dunyo bizni naqadar boy tarixga ega ekanligimiz, naqadar shonli yo'lni bosib o'tganimizni bilib qo'ysa...

RAYHON: Albatda bu fikringizni o'ylab ko'ramiz, Yaxshi g'oya berdingiz, Rahmat!

* * *

Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan): Klipmeykerlar haqida so'ramoqchi edim, Qarib ikki yildirkiy siz "United Soft" klipmeykerlar jamoasi bilan hamkorlikda o'z qo'shiqlaringizga kliplar suratga oldirmoqdasiz, Orada faqat ikki klipingizga Jasur Shametov bilan hhamkorlikda klip suratga oldingiz, Albatda "United Soft" klipmeykerlarining ishlari tahsinga sazovor biroq boshqa klipmeylerlar bilan ishlash rejalaringiz bormi ?
Agar savolimga qo'shimcha kiritadigan bo'lsam "Primqulov va Sh.Egamberdiyev" va "Narimon Sultonxo'jayev va S.Matkarimov" lar tandemlarining kliplariham xozirgi kunda yaxshi tasurot uyg'otmoqda, Yani "N.Sultonxo'jayev va S.Matkarimov" larning kliplari g'oyaviy tomondan ustun bo'lsa (Senariy, Syujet), "Primqulov va Sh.Egamberdiyev" ning kliplari VFX (Grafika) tarafdan mukammal chiqmoqda, Ushbu klipmeykerlar bilan ishlashingiz naqadar haqiqatga yaqin ?

RAYHON: Primqulov bilan bu borada suhbatlashgan edik, Yangi klip borasida dastlabgi qadamham tashlash arafasida edik biroq keyinchalik nimagadur bu loyiha amalga oshmay qoldi, Nasib etsa "Dilimo" nomli qo'shig'imga ishlanajak klipga Yodgor Nosirov rejissorlik qilishi kutilmoqda, Uzoq tanafusdan so'ng yana Yodgor Nosirov bilan ishlashga xozirlik ko'rmoqdamiz.

* * *

Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan): Shu kungacha Kliplaringizda ko'plab aktyor va aktrissalar ro'l ijro etganliklarini ko'rganmiz, Aktyor va Aktrissalarni siz tanlaysizmi yoki Klipmeykerlar bu borada sizga taklif bildirishadimi ? Oxirgi qarorni kim qabul qiladi ?

RAYHON: Bilasizmi biz barcha klipmeykerlar bilan do'stona ruhda faoliyat yuritamiz, qolaversa aktyor va aktrissalarni aynan bir tomon tanlashi borasidaham bahsli holatlar yuzaga kelmaydi, Agar ular o'zlarini g'oyalari asosida suratga olinayotgan klip uchun biron aktyor va aktrissani taklif etsalar men ularga monelik bildirmayman va ularga bu borada sharoit yaratib beraman.

* * *

Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan): Bu boradagi savolni berishim bejiz emas, Xozirgi kunda O'zbekistonda nafaqat sanat balkim sportgaham katta etibor berilmoqda, Shuning barobarida yurtimizdan ko'plab qitta yoki jahon chempionlari yetishib chiqmoqda, Bugungi kunga kelib bizning sportchilarimizni butun dunyo tanimoqda va tan olmoqda, Aksariyat sportchilarimizga sizlar klip yoki kinofilmlarda ro'l ijro etishni o'zingizni aktyor yoki aktrissalik bobida sinab ko'rishni hohlarmidingiz deb so'ralganida taklif etishsa ba jonu dil biz takliflarni qabul qilar edik deb aytib o'tidashi, Shundan kelib chiqib Jahon Chempionligini qo'lga kiritgan, Butun dunyo tanigan sportchilarimizni kliplaringizga taklif etsangiz qanday bo'larkin ? Agar klipingiz Sport haqida emas balkim Sevgi-Muhabbat haqida yoki mutlaqo Sportdan tashqari mavzularga qaratilgan bo'lsada anashu kliplaringizda sportchilarimizni taklif etishingiz mumkinmi ?

RAYHON: (O'ylanib) Bilasizmi mening kliplarimda asosan bir mavzuga bag'ishlangan syujetlar yuz beradi, Mening kliplarimdagi sahnalarni aktyor va aktrissalar nafaqat ijro etishi balkim anashu ro'llarda yashashlariga to'g'ri keladi, Biz vaqti kelsa xattoki mashxur aktyor yoki aktrissalarimiz bilanham tushunmovchiliklar yuz beradi, Ular bilanham ishlashga qiynalamiz, Sportchilar haqida esa bir narsa deyishim qiyin, Agarda sportchilarimizni kliplardagi sahna ko'rinishlariga taklif etsakham bu ularga biroz mushkullik tug'dirishi mumkun. Chunki Sport bilan Sanat bu boshqa-boshqa dunyo

* * *

Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan): Deyarli barcha fanatdoshlarimizning sizga bag'ishlangan shaxsiy kolleksiyalari bor, Anashu kolleksiyalarda biz sizning Konsertlar, Kliplar, Qo'shiqlar va Fotosuratlaringizni kolleksiya qilamiz, Oldinlari tez-tez Fotosessiyalar uyishtirib turar edingiz, Xozirgi kunga kelib Fotosessiyalar borasida bir muncha kam namosiz, Sizdan ko'plab Fotosessiyalar kutib qolar edik.

RAYHON: HUDO hohlasa yaqin orada yana bir Fotosessiyamni muhlislar etiboriga havola etish arafasida turibmiz, Fotosessiyalarni asosan Konsertlardan oldin o'tkazishni afzal ko'raman, Bu borada o'z kasbining ustalari menga yordam berib kelishadi jumladan uzoq yillik qadirdonim Anna Kanaki va Ravshaniya. Shu kabi fotogroflarimizning mahoratlarini ko'rib ko'pincha lol qolaman.

* * *

Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan): Hammamizga ma'lumki oldinlari "Pantera Studio" bilan hamkorlik qilib kelar edingiz, Mana bu yilgi RAYHON Shouda esa "Proart Center" bilan hamkorlik qildingiz, Shu borada qisqacha to'htalib o'tsangiz, Nima uchun aynan "Proart Center" ?

RAYHON: 2015-Yilgi konsertimga tayyorgarlik ishlarini boshlashimiz arafasida "Proart Center" rahbariyati men bilan aloqaga chiqdilar va har tomonlama manfaatli shartnoma taklif etdilar, Mening konsertim "Proart Center" uchun deyarli Debyut Shou edi, Men uchunham "Proart Center" bilan birgalikda ishlar anchayin qiziqarli tuyildi, Har ikki tomon kelushuviga ko'ra 2015-yilgi konsert dasturimni ushbu kompaniya bilan hamkorlikda o'tkazdik, O'ylaymankiy bu yilgi konsert dasturim barchangizda iliq tasurot qoldirdi.

* * *

Nafaqat men balkim yana bir nechta FanClub azolari tomonidan RAYHON ga turli tuman, Bir biridan qiziqarli savol va takliflar yo'llandi, RAYHON har bir savolni diqqat bilan tinglab, Atroflicha batafsil javob berib o'tdi,
Shundan so'ng FanClub va RAYHON o'rtasidagi uchrashuvga RAYHON tomonidan olib kelingan To'rt FanClub azolari bilan birgalikda tanovvul qilindi.

Uchrashuv so'ngida navbat Fotosessiyaga keldi, FanClubning deyarli barcha azolari RAYHON bilan birgalikda suratga tushishga muvofaq bo'lishdi va RAYHON barcha bilan alohida suratga tushib bo'lgach barcha FanClub azolari bilan birgalikda suratga tushishni taklif etib meni oldimga keldila va yonimdagi o'rindiqga joylashdila,
Shundan so'ng barcha FanClub azolari birgalikda suratga tushdik, Uchrashuvning eng kulminatsiyon nuqtasida FanClub azolari birgalikda "Dilimo" taronasini kuyladik. Shundan so'ng RAYHON barchaga minnatdorchilik bildirgan holda uchrashuv zalini tark etdilar, Barcha muhlislar RAYHON ni guldiroz qarsaklar bilan kuzatib qo'ydik!

RAYHON and FanClub (20.09.2015)

Комментарии