O'zbekiston 5-1 Filipin

Odatda 17:00 da men ko'chada bo'laman, Lekin bu bahsni tomosha qilish uchun bugun uyda qoldim, Soat 16:50 da Televizor qarshisida Sport TV kanalini tomosha qilayotgan edim.

Stadiondan "Jonli Efir" kadrlari ko'rsatilganidan so'ng gumburlagan chaqmoqning chaqnashini ko'rib ko'z oldimga 
EURO 2012 dagi Fransiya - Ukraina bahsi keldi, (Anashu bahsdaham Chaqmoq tufayli o'yin ma'lum vaqtga to'xtab qolgandi)

Yog'ayotgan yomg'irni ko'rib yuragim shig' etib ketdi, O'yin qoldirilmasa bo'ldi deb turdim,
Ushbu bahsni sharhlayotgan D.Fayziyevham o'yin qoldirilmasligini juda hohladi ammo maydonga ikki davlat bayroqlari olib chiqilayotganda
- "Nahotki shunday ob-havoda o'ynashga hakam ruhsat bersa ?"
deb aytgan so'zlarigaham qo'shildim, Hakam yog'ayotgan jala bilan chaqmoqni ko'rmadimi ?.

O'yin boshlanganida ekran qarshisiga yaxshiroq joylashvolaman degan zahotim GOL bo'lganida yelkamdan bir tog' ag'darilib tushgandek bo'ldi, (Bo'larkanu yigitlar), Keyin S.Rashidov gol urgan vaqtdaham ko'zlarimga ishonmay qoldim, Anashu goldan so'ng ko'zimni yummasdan bahsni tomosha qildim hisobi, O'yin zo'r bo'ldi, I.Sergeyevni golidan so'ng esa yengil torttim,
D.Fayziyev bugun aytmagan bo'lsalarham ko'p etadigan gaplari bor
- "O'yin taqdiri hal bo'ldi"
Bugungi bahs nazarimda ekran qarshisidagi barcha O'zbekistonlik futbol muhlislariga zavq bahsh etdi.
O'zi raqibimizni holi shu ekan ja ortiqcha vahima qilib yubordikmi debham o'ylab qoldim, KXDR bilan bir bo'pqoldi lekin buyog'iga biz barcha bahslarda favoritmiz nazarimda.

O'zi S.Babayan MTJ ga bosh murabiy etib tayinlanganidan so'ng rossaham xursant bo'lgan edim, Anashu vaqdayoq bashoratlarim va quvonchimni Facebookda sizlar bilan o'rtoqlashishgaham ulgurgan edim.

Darhaqiqat S.Babayan mening ishonchimni oqlay oldi, Rostdanham nafaqat futbol balkim futboldan tashqari jihatlarniham, mayda detallarniham ko'zdan qochirmaydigan zo'r murabiy ekanligini S.Babayan isbotlay oldi.

Babayanni manga eng yoqgan tarafi S.Babayan o'z ishiga javob beradigan inson ekan, Yani maydon sifati bunaqedi, futbolchilar anaqedi, ob havo unaqekan, bugungi natijaga haligi narsa tasir o'tkazdi deb chaynalmasdan dadil-dadil ravishta

Xozirgi tarkib tarixdagi eng kuchlisi, Biz ertaga g'alaba uchun maydonga tushamiz, Biz eng yaxshi formadamiz, Biz haqimizda tez orada butun osiyo biladi, Biz JCH ni ko'zlaganmiz deb buro-buro gapiradigan inson ekan,
Albatda MTJ dagi futbolchilarham shunaqa mard murabiylar qo'l ostida "Uzoqqa" borishadi.

Faqat bitta narsa Bahrayn bilan bo'ladigan bellashuvdan oldin MTJ bitta xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib shundan so'ng Manamaga uchishsa hammasi OK bo'lar edi, Juda bir TOP darajadagi raqib kerak emas (Ortiqcha bosim), Sal bundoqroq jamoa bilan bo'lsada qizib olsak yaxshi bo'lardi.

Bugungi bahs borasida esa kichik fikrlarim bor edi.

* A.Genrih M.Shatskixni rekordini yangilash uchun yaqin turibdi, Babayan bugungi bahsda insoniylik tomondan qaraganda Genrihga imkoniyat berishi kerak edi.

* Mening naznimda S.Tursunov buyog'iga MTJ ga tortmayabdi, Aytaylik nargi qanotdagi jamoadoshlari J.Xasanov, S.Andreyev (E.Shomurodov) va pozitsiyadoshi S.Rashidovga qaraganda Tursunov ancha sust o'yin ko'rsatmoqda (2014-Yildan beri) Qolaversa Tursunov o'zini o'ta yaxshi ko'radi (Yakkama yakka kurashlarda o'zini o'ta ehtiyot qilib yuboradi)

* Oliy Ligada o'zini ko'rsatayotgan S.Shoahmedov mening fikrimcha J.Sohibovdan ko'ra maydonga tushishga haqliroq edi.

Lekin bular mayda chuda narsalar, Bu elementlar bugungi natijadan zavqlanishimga, Ushbu g'alabadan muhlis sifatida lazzatlanishimga to'sqinlik qilolmaydi.

Har ne bo'lgandaham Biz bir jamoamiz, S.Babayan esa Fantastik murabiiy Olg'a O'zbekiston!!!



Samvel Babayan va Server Jeparov 

Комментарии