#followmeto

Barchaga #followmeto (#menbilanyur) xeshtegi orqali ma‘lum bo‘lgan bu romantik va ertak qissasini butun dunyo bo‘ylab uch million odam kuzatib bordi. Odamlar ikki yoshni o‘z shaharlariga taklif qilishar, ularning sevgisiga havas bilan boqib, fotosuratlarda ijobiy, chin dildan yozilgan izohlar qoldirishardi.
Sevgilisining orqa tomonga uzatib turgan qo‘li tasvirlangan suratlardan shu darajada katta loyiha paydo bo‘lishi Murodning hayoliga ham kelmagan edi. Ularning juftlik sifatida sayohatga chiqishlari dunyo bo‘ylab o‘ziga xos harakat paydo qilishini va minglab izdoshlar orttirishini kim o‘ylabdi deysiz?

Salkam uch million tomoshabin ko‘z o‘ngida yuz berayotgan haqiqiy va shu bilan bir vaqtda sehrli sevgi qissasi yaqinda o‘zining uzoq kutilgan ijobiy yakuniga yetdi. Suratkash va sayohatchi Murad Osmann va uning sevgilisi model Natalya Zaxarova vanihoyat turmush qurishdi.

Uncha uzoq bo‘lmagan muddat avval loyiha fanatlarini Instagramda e‘lon qilingan, yaqinda bo‘lishi kutilayotgan to‘y to‘g‘risidagi xabar xursand qildi. Kutilganidek, Natalya to‘yga rozilik bildirdi.
Uzoq kutilgan taklifga Natalya «Ha» deb javob berdi va o‘ylab o‘tirmay qiz bazmi o‘tqazgani Nitstsaga jo‘nab ketdi.

Turli rangdagi cho‘milish kiyimlarini kiyib olgan Natalyaning o‘rtoqlari, u bilan barcha joyda birga yurishdi va to‘yga astoydil tayyorgarlik ko‘rishdi.

Moskvaga qaytgan juftlikni muhbirlar tinch qo‘ymadilar. Albatta, planeta bo‘ylab sayohat qilib yuruvchi juftlikning sevgi qissasi kimni ham qiziqtirmaydi deysiz?!

O‘zlarining to‘y oldi intervyulari va fotosuratlarini juftlik, o‘zini xurmat qiladigan deyarli har bir nashriyotga gapirib va ko‘rsatib berdilar.

To‘ydan oldin yuzaga keladigan barcha tashvishlarni juftlik ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ko‘rsatib bordilar. Natalya deyarli har kuni o‘zining hayotidagi eng muhim kunga tayyorgarlik jarayonini o‘z sahifasiga a‘zo bo‘lganlar bilan o‘rtoqlashdi.
Juftlik barcha tayyorgarliklarni birgalikda amalga oshirdilar. Hoh tantana dasturxoniga tortiladigan taomnoma bo‘lsin, hoh kuyovning to‘yga kiyadigan kostyum-shimi — bularning barchasini ular birgalikda tanladilar.

Hatto to‘y kuni ham vaqt tig‘izligiga qaramay, Natalya tantananing «shirin» daqiqalari bilan o‘rtoqlashishga vaqt topa oldi.

Kelinchak Vera Wang tomonidan yaratilgan go‘zal kelinlik libosida turmushga chiqish baxtiga muyassar bo‘ldi.

Izohlar qoldirgan muxlislar va taqdim etilgan fotohisobotlarga ko‘ra, nikoh to‘yi haqiqatdan ham ertakdagi misol o‘tgan ko‘rinadi. Yirik tilla flamingolar, bulutlar va osmonga yo‘naltirilgan narvon, juftlik tomonidan tanlangan dekoratsiyalarning bir qismi holos. Musaffo rang kiyimlar kiygan kelinning dugonalari va ko‘p sonli havorang aksessuarlar, to‘yni haqiqatdan yengil va osmon rangda o‘tishini taminladi.

Bu sevgi tarixi haqiqiy sevgi rostdan ham mavjud ekanligiga hech qanday shubha yo‘q ekanligini isbotlaydi.

Quyida sizga 
#followmeto hashtegidan bir qator suratlarni taqdim etamiz:


London, Buyun Britaniya
Lav Vegas, A.Q.SH
Gong Kong, Xitoy

Gong Kong, Xitoy

Normandiya, Fransiya

Jaypur, Hindiston

Jaypur, Hindiston

Gong Kong, Xitoy

Agra, Hindiston


Moskva, Rossiya

Nyu York, A.Q.SH (Bruklin ko'prigi)

Parij, Fransiya

Sochi, Rossiya

Bangkok, Tailand

Gong Kong, Xitoy

Rio de Janeyro, Braziliya

Nyu York, A.Q.SH

Barselona, Ispaniya

Granada, Ispaniya

Barselona, Ispaniya

Istanbul, Turkiya

Istanbul, Turkiya

Moskva, Rossiya

Maxajqala, Rossiya

Korida, Ispaniya

Bali, Malayziya

Berlin, Germaniya

Gong Kong, Xitoy

Rim, Italiya

Rim, Italiya

Lav Vegas, A.Q.SH

Ibiza, Ispaniya

Gong Kong, Xitoy

Iordaniya

Nyu York, A.Q.SH

Nyu York, A.Q.SH

Parij, Fransiya

Bali, Malayziya

Benidorn, Ispaniya

Nyu York, A.Q.SH

Mayami, A.Q.SH

Avstriya

Venetsiya, Italiya

Venetsiya, Italiya

Moskva, Rossiya

London, Buyuk Britaniya
San Sebastian, Ispaniya

Mayami, A.Q.SH

Maldiv orollari

Maldiv orollari

Singapur

Singapur

San Fransisko, A.Q.SH


Varanasi, Hindiston

Varanasi, Hindiston

Barselona, Ispaniya

Zaragosa, Ispaniya

Barselona, Ispaniya


Manba: pixland.uz
Foto manbainstagram.com / muradosmann
Jamladi: Bek_Uzbekistan

Комментарии