O'zbekiston 0-1 Eron

Xozirgina O'zbekiston MTJ Eronga yutkazib qo'ydi, Attang, Odamga alam qilarkan. Yana oxirgi soniyalarda gol o'tkazib yubordik, Xex, So'ngda FB ga kirib u bu narsalar yozish haqida o'yladimda FB ga kirsam Taekvando bo'yicha Jahon chempioni bo'lgan vatandoshimiz D.Shokin o'zlarini yangi suratlarini qo'yibdi, Futbolchilar mag'lubiyatini ko'raverib o'rtanib ketgan yurakka Taekvando bo'yicha chempionni suratlarini ko'rib taskin berdim. So'ngra UZB-IRN mavzusi yodga tushib klavituralarni shiqillata boshladim (ovozga ishqibozmiz deyiladiyu latifada). Shu pallada bir savol tug'iladi, 2011-yilda Abramov o'rniga Qosimovni MTJga olib kelish qarori qanchalik o'zini oqladi ?
o'sha Eronning jangovor tarkibiga 0-1ga Abramov yutkazgan edi. 6 nafar asosiy futbolchisiz va 6 nafar debyutant futbolchilar va aralash tarkib bilan Toshkentga kelgan Eronga Qosimovham yutkazdiku (Rasmiy o'yin emasde deysizmi ?, Nima bu o'yin Eron uchun rasmiy ahamiyat kasb etarmidi ?)
Umuman olganda tarixda ilk bor Yaponiyani 0-1 ga yutgan O'zbekiston (V.Abramov) Qosimov qo'l ostida 5-1 ga yutkazdi,
Qatarda yarim finalga chiqgan O'zbekiston Avstraliyada chorak finalda qoqildi, Bunday misollardan yana bor. Umuman olganda Abramov bir vaqtning o'zida OTJ ga ham murabiy edi va terma jamoani boshqichma-bosqich yoshartirish siyosatini olib borgan edi, Qosimov yangi qon kerak deb bu ishni 2014-yildan boshlamoqchi bo'ldiyu ammo haliham Krimets va Islom To'xtaxo'jayev zahirada o'tiribdi.
Manashu MTJ tarkibidan andekkina ko'nglim to'lmayabdi, Zohir Qo'ziboyev o'rniga Bahriddin Vahobovni MTJ ga chaqirish kerak edi va Asosiy tarkibda Bahodir Nasimovni tushurish kerak edi. Umuman olganda Nasimovni o'rniga Genrih yoki T.Abduholiqovniham MTJ ga jalb etsa bo'lar edi. Qosimovni o'rnida bo'lganimda men MTJ himoyasi markazida A.Ismoilov va Y.Krimets juftligini harakatlantirgan bo'lardim, F.Sayfiyev o'rnida S.Mustafoyevni sinab ko'rgan bo'lardim. Hujumda esa I.Sergeyevni o'ynatib qanotlarni S.Rashidov va S.Tursonovga berardim. Hullas barbir MTJ o'yinidan qoniqa olmayabman. Biz bundan kuchliroq o'ynashimiz kerak. Men o'ylagan edimki biz bugun Eronni mag'lub etib Pxenyanga yo'l olamiz deb lekin adashibman. Mendan so'rasangiz Biz saralashni bu bosqichidan be malol o'tamiz ammo keyinchalik jiddi raqiblar qarshisida holimiz ne kecharkin ?
Keyin bugun g'alaba qozonganimizda 2017-yilda Osiyo CHL da bizga beriladigan kvotalar soniham o'zgacha bo'lardi deb o'yliman. (MTJ reytingiham bunga be vosita bog'liqku)


muallif: Xudoyberganov Ulug'bek

Комментарии