Mana ikki uch kundurkim Sport telekanali Rossiyada bo'lib o'tayotgan Taekwondo bo'yicha Jahon chempionatlari bahslarini namoyish etmoqda.
Buyog'ini so'rasangiz manga oyoq ishtirok etadigan hamma sport turlari yoqadi (Sababini bilganlar biladi), Futbol, Karate, Kikboksing,Teakvando, Yugurish, Og'ir atletika, Bodibilding va hokazo.
Ammo Futboldan boshqa sport turlarining qoidalari bo'yicha tasavurga ega emasman, Faqat sportchilarning mahoratidan zavq olib harakatlariga baho berman ammo qoidalari boshqa jihatlariga ja qiziqmagan ekanman.
Kecha va bugun Taekwondo bo'yivcha jahon chempionati bahslarini zavq bilan tomosha qila turib ancha muncha qoidalarigaham chunvoldim.
Kecha va bugun Taekwondo bo'yivcha jahon chempionati bahslarini zavq bilan tomosha qila turib ancha muncha qoidalargaham tushunib oldim:
O'zi Taekvondoning o'zini ham bir nechta turi mavjud bo'lib xalqaro miqyosda ularning ikki turi tan olinar ekan.
Bular: ITF va WTF
Ularni farqi nimada va men TV orqali tomosha qilganim qaysi turi edi bunisini bilolmadim.
Hulas.Meni naznimda qoidalar quyidagicha:
Taekvondoda 2 daqiqadan uchta taym bo'ladi, har bir taymdan so'ng sportchilar 1 daqiqadan tanafus qilishadi.
Agar uch taymdan so'ng ham hisob teng bo'lib qolsa qo'shimcha yana bitta taym jang bo'ladi.
Jang vaqtida sportchining qorni va boshiga berilgan zarbalarga ochko beriladi.
* Boshga 3 ochko
* Qoringa 1 ochko
* Qoringa aylanib turib tepganlik uchun 3 ochko
Agar ikki sportchidan biri sustkashlik qilsa, jangdan o'zini tortsa yoki gilamdan tashqariga chiqib ketsa ogohlantirish oladi,Ogohlantirishlar ikkita bo'lsa raqibga yana 1 ochko tortiq qilinadi.
Oyoq va qo'lga tekgan zarbalarga ochko berilmaydi. Jang vaqtida raqibni oyog'ini ushlab qolish (qo'yib yubormasdan) yoki qo'l bilan raqibni ushlab qolishham ogohlantirishga sabab bo'ladi.
Jang vaqtida murabiylardan biri shogirdi ochko ishladi deb hisoblasayu ammo hakamlar anashu vaziyatni ko'rmay qolgan bo'lib ochko bermasa murabbiy kartochka ko'rsatib hakamlarga murojat qilishi mumkun.
So'ngra anashu vaziyatni hakamlar video takrorda ko'rib chiqishar ekan agar murabiy haq bo'lsa ochko beriladi yoki raqibini zarbasi tegmay qolib ochko berilgan bo'lsa anashu ochko olib tashlanadi.
Agar murabiy nohaq bo'lsa ochko berilmaydi va kartochka hakamda qoladi.
Agarda murabiy haq bo'lsa kartochkani murabiyga qaytarishadi va murabiy keyinchalikham kartochkadan foydalanishi mumkin bo'di.
Taekvondochilar jang vaqtida oyoqlariga himoya vositasi taqishar ekan, nazarimda busiz ilojiham yo'q edi. (Tinimsiz oyoqlarga zarbalar, agar himoya vositasi bo'lmasa Taekvondo ancha hafli sport turi bo'lib qolar edi)
Taekvondo bo'yicha jahon chempionati har uch yilda bo'lib o'tar ekan,Oxirgisi 2013-yil Mexikoda bo'lgan bo'lsa amaldagisi Rossiyaning Chelyabinsk shahrida bo'lib o'tdi. Keyingisi 2017-yilda bo'lar ekan (ammo qaysi davlatda bo'lishi hali nomalum)
Oldingi jahon chempionatida vakillarimiz quruq qo'l bilan kelishgan ekan, Bu yili esa ikkita kumush va bitta oltin qo'lga kiritibmiz.
(Bu bizni rekordimiz ekan) Bu natija bilan O'zbekiston davlatlar bo'yicha J.Koreya, Eron va Turkiyadan so'ng 4-o'rinni oldi (medallar soni bo'yicha)
Taekvondo bo'yicha man bugun Jasur Boyqo'ziyev (-87 Kg) va Dimitri Shokin (87+ kg) ni yarim final va finaldagi bahslarini ko'rdim.
Jasur Boyqo'ziyev Rossiyalik o'ta baland bo'yli sportchi bilan yarim finalda jang olib borib qiyinchilik bilan finalga chiqib oldi ammo finalda raqibiga deyarli qarshilik ko'rsata olmadi (Raqib haqiqatda o'ta kuchli, Ozarbayjonlik Radik Isayev edi).
Dimitri Shokinni janglarini esa mazza qilib ko'rdim, Qiziqarli bahslar bo'ldi. Nikita yarim finalda Kubalik Robelis degan ikki metrli pahlavon bilan to'qnash kelib qoldi. U Kubalikham bombani o'zi ekan hakam jangni boshlashi bilan oldinga tashlanib tepkilay ketmoqda.
Robelis tinimsiz hujum qilar ekan qoyil qolasiz (Boshqa hamma sportchilar himoyani avzal ko'rsa Robelis qandaydir portlash bilan tinimsiz oldinga intilar ekan), Bu no odatiy hujum harakatlarini hattoki jangni sharhlab borgan Sport telekanalli sharhlovchisi ham bir necha marotaba hayrat ila "Bu no odatiy jang uslibi ekanligi" ni takidlab o'tdi.
Ammo Robelis har qancha hujum qilmasin Shokin Kubalik yigitni bir necha marotaba qarshi hujumda tutib oldi (Yani u no aniq tepob-tepib hujum qilayotganda Dimitri aniqlik bilan tepib ochko oldi)
Ammo oxirida Kubalik ketma-ket ochko olib hisobni tenglashtirib oldi so'ngi hal qiluvchi taymda esa Shokin yana qarshi hujumda raqibini pinjiga kirib bitta musht tushirgan ham edikiy jang yakunlanib "VATANDOSHIMIZ" finalga chiqdi.
Finalda esa Zoku degan Ivuarlik Taekvondochi bilan jangga chiqdi (Zokuni mashxur futbolchi Vagner Lavni qiyofadoshi deysiz o'ziyam) Jang yaxshi bo'ldi (Shaxsan o'zim ham miriqib tomosha qildimkiy asti qo'yaverasiz) Hisob asosiy vaqtda 10:10 bo'ldi. Qo'shimcha vaqtda esa yana Dimitri Shokin ochko olib Jahon Chempioniga aylandi (Otasiga rahmat lekin shu bolani)
Hakam O'ZBEKISTON lik Dimitri Shokinning g'alabasini qayt etganidan so'ng Taekvondochimizning g'alabali nigohi, Uning murabbiylarining quvonchi va atrofdagi muhlislarning guldiroz qarsaklaridan shu darajada tasirlandimkiy asti qo'yaverasiz. Shu darajada hisiyotga berilib ketdimkiy vatandoshimiz Shokin emas balkim o'zim Jahon chempioni bo'lgandek o'zimni qo'yishga joy topolmay qoldim.
Navbat taqdirlash marosimiga yetib keldi. Oltin medal O'zbekistonlik Dimitri Shokinga taqilayotganida qo'li gipsda ekan (Iloyim jarohati jiddiy bo'lmasin) Albatda Dimitrini sharafiga O'zbekiston bayrog'i baralla ko'tarilib mathiyamiz yangradi.Hullas Taekvondo bo'yicha jahon chempionatini ko'rib mazza qildim.
Endi yana Taekvondo bo'lib qolsa ko'rib turish niyatim bor yaxshi sport turi ekan.
Buyog'ini so'rasangiz, OLLOH nasib etib oila qurib, farzandli bo'lgach HUDO hohlasa kelajakda bolalarimni shu taekwondo sport turi bilan shug'ullanishlari uchun sharoit yaratib berishni niyat qilib qo'ydim!
So'zim yakunida kuzatuvlarimdan kelib chiqib aytib o'tishim kerak bo'lgan yana bir narsa:
Mendan so'rasela Taekvondoda eng muhimi uzun oyoqlar va baland bo'y ekan. Shu ikki hilsat bo'lmasa Taekvondoni nonini yiyishga temir tishlarham yordam bera olmasa kerak.
Bo'y borasida 91+ Kg vazn toifasida o'rtacha 195 sm dan baland sportchilar ekan (Natijalari yaxshi Taekvondochilarning bo'ylari esa o'rtacha Ikki metrdan balandroq)
Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan)
Комментарии
Отправить комментарий