"Orzular ushalgan kun"

2014-yil "23-Iyun" Xech qanday mubolag'alarsiz ayta olamankiy bu sana RAYHON G'ANIYEVA ning ko'plab muhlis va muhlisalari hayotida o'zgacha ahamiyat kasb etgan kun bo'ldi.
FanClub va RAYHON o'rtasidagi uchrashuv,Bu kunning men uchun o'zgacha tarafi shunda ediki agarda bu kuni RAYHON bilan uchrashsam Gala konsertlar va RAYHON ning 2013-yilgi Oyijon nomli RAYHON show dan keyingi uchrashuvmiz bo'lar edi,Oldingilaridan farqi mening tahminim bo'yicha bu safar RAYHON ni nisbatan yaqinroqdan ko'rishim yoki ular bilan ikki og'izga bo'lsada suhbatlashishga muofaq bo'lishim mumkun bo'lsa kerak deb o'yladim.

2014-yil 23-Iyun soat 14:33 uchrashuv bo'lib o'tadigan Le Grande Plaza mehmonxonasiga yetib keldim.
Shu kunga qadar Le Grande Plaza (Oldingi nomi TATA) Mehmonxonasini oldidan bir necha marotaba o'tib ketgan va tashqi tomondan olingan bir nechta suratlarini ko'rgan edim.Lekin bu yerga ilk tashrifim aynan 23-iyun kuni bo'lib o'tayotgan edi.

(foto: tonkosti.ru)

Mehmonxona tashqaridagi katta darvozasiga yaqinlashar ekanman FanClubimiz ning faol azolari Salim va Abdulloh akalarni ko'rdim va Mehmonxonaning tashqaridagi katta darvozasidan ichkariga kirgan vaqtim etiborimni mashina turargoxida birontaham bo'sh joy qolmaganligi tortti (Bu Le Grande Plaza mehmonxonasining naqadar gavjum ekanligiga bir ishora bo'ldi) Ana endi men ushbu Mehmonxonaning asosiy eshigi tomon harakatlanoyatgan edim,Le Grande Plaza mehmonxonasining hovlisida mo'jazgina favora bor ekan eshiklarida esa ko'ksiga mehmonxona muhri tushurilgan nishon taqgan bir nechta Mehmonxona xizmatchilari bor edi (Hammasi Gavdali bo'ydor yigitlar edi).
Mehmonxonaning kirish eshigi oldida FanClubdagi tanishlarim Salim,Azamat va Abdulloh okalar bilan iliq so'rashdik,Ichkariga kirar ekanman huddi xorijiy mamlakat filmlarida ko'rsatiladigan Shoxona manzara etiborimni tortti.Mehmonxona zalida qandaydir yoqimli iforlar taralib turar edi.Uchrashuv 2-qavatdda bo'layotganligi tufayli liftta 2-qavatga ko'tarildik va Konferensiyalar zali tomon borar ekanmiz devordagi yozuvlar va plakatlardan bu yer O'zbekiston va Hindiston hamkorligida Hindistonlik tadbirkorlar tomonidan yuritilanayotgan Mehmonxona sifatida tasurot qoldirdi (Balkim men adashayotgan bo'lishimham mumkun) Konferensiyalar zaliga kirib kelar ekanman zalda ko'plab Fanatdoshlarimni ko'rdim to'g'rimda esa RAYHON o'tiradigan usto'l turgan edi,U yerda Daryo.uz jamoasi vakillari turgan edilar,Jumladan sayt rahbariyati azosi Zuhra opa (Men Intervyu.uz sayiti orqali o'z vaqtida S.Rahimxon,Oybek va Nigora,R.Xaliqov,T.Sodiqov va R.Qosimjonovlarga o'z savollarimni yo'llagan va men bergan aksariyat savollar ushbu sanatkorlarga berilgan edi,Shu tufayli Zuhra opani uncha buncha tanir edim).
  Uchrashuv bo'ladigan konferensiyalar zalida 1-Qatorga joylashdim va u yoq bu yoqqqa qarar ekanman barcha tanish va Qadirdon FanClubimiz azolari jumladan men tanigan va men bilgan Fanatdoshlarimizni ko'rar edim: Ozodbek Karimov,Feride,Maxli,Gulnara,Qudrat,Jaxongir,Nodir,Nadar Maxmudov,Bek_Po'lat,To'maris va yana boshqa qadirdonlarimiz.Shu payt Daryo.uz rahbariyati azosi Zuhra opa o'zlari va yonlaridagi Daryo.uz jamoasi vakillarini bizga tanishtirib o'tdilar va RAYHON ga savollarimizni tayyorlab turishimizni aytdila.Shundan so'ng chuqur o'ylab RAYHON bilan orziqib kutilgan uchrashuvda RAYHON ga qaysi savollarni bersam ekan deb o'ylay boshladim lekin aksiga olib nima desam ekan buni so'rasam RAYHON ga g'alati tuyilsa kere manabunaqa desamchi yo'g'e bu savolni boshqa jurnalistlar oldin ko'p berishgan,Mana bu savolni bersammikin e-to'ri kemidi,Xa topdim yo'g'e kelib-kelib shuniham so'rimanmi eh nima disamikina degan fikrlar bilan o'tirardim qizig'i shundakiy mening hayolimda mening ongimda shu kungacha RAYHON ga minglab savollar,takliflar,ijodlariga oid fikrlar yeg'ilib kelayotgan edi ammo ayni damda kuchli hayajon tufayli bo'lsa kerak huddi unutib qo'ygandek edim.Savollar haqida bosh qotirib o'tirganimda hamma orqa tarafga o'girilayotganini sezdim nima bo'layotganini chunar-chunmas shoshgancha bundoq orqamga qarasam Zalga FanClubimiz Rahbariyati azolari ELMAZKA ABDURAIMOVA va KAMILA kirib kelayotgan ekanla (Elmazka FanClub Asoschisi va Rahbari,Kamila esa Moderator).Elmazka ni bu darajada yaqindan Hayotimda birinchi marotaba ko'rishim edi,Kamila ham Moskva shahridan uchrashuv munosabati bilan Toshkentga yetib kelganliklariga qoyil qolayotgan edim.Chunkiy Kamila ancha vaqtdan buyon Moskvada yashayotgan edila bugungi uchrashuv uchun ularni Toshkent ga tashrifi kutilmagan Syurpriz bo'lgan edi.Shu payt Elmazka oldimdan o'tib ketayotganlarida ularga qo'limni uzatib salomlashdim Elmazka va Kamila bilan so'rashdik.Shu payt Daryo.uz vakili Zuhra opa RAYHON bilan telefon orqali bog'langanliklari va xozir qisqa fursatdan so'ng RAYHON bu yerga tashrif buyurishlarini e'lon qildilar,Zuhra opani bu so'zlari yana bir bor meni xushyor torttirdi va RAYHON ga o'ylab qo'ygan savollarimni qaytarib oldim.RAYHON ga savol berayotgan payitim savol berishda adashib ketsam bo'lmaydiku,Meni borgan sari vahima bosar edi (Hayajon kuchli edida) Keyin yana atorofimga razn soldim va nigohim Elmazkaga tushdi umuman Elmazka zalda yeg'ilganlan ko'pchilik fanatdoshlarimizni etibor markazida turgan edila.Elmazka u yoqqa borar edila bu yoqga kelardila hammasi albatda uchrashuv yaxshi va bekami ko'st o'tishi uchun qilinayotgan harakatlar edi shuningdek yana bir narsa etiborimni tortti RAYHON Shou - 2013 da Elmazkani ko'rganimda ularni ancha jiddiy bo'lsala kere dib tasavvur qilgan edim ammo ayni damda Elmazka ni biroz xazilkashroq quvnoq qiz sifatida tasavvur uyg'onayotgan edi (Internetda deyarli har kuni gaplashamiz lekin real hayot barbir boshqachade).Fursatdan foydalanib FanClubimiz ning yana bir Administratori va o'z o'rnida RAYHON ning Qani,Men Bo'lay va yana bir qancha qo'shiqlarining mualifi Qudrat Mahmudov uchrashuvga tashrif buyurgan bir nechta FanClub azolarini jumladan meniham RAYHON ni suratlari tushirilgan 2014-yil kalendarlari bilan taqdirladila (FanClub faollari uchun mo'ljallangna sovg'a edi bu)

Uyimizga osib qo'yganimizdan keyin olingan rasm
(2014-yil o'tib ketgan bo'lsaham olib tashlashga qo'lim bormayabdi)

Konferensiyalar zali kutganimdan anchayin katta edi konditsiyonerlar zalni sovitib turar edi,Moderatorlarimiz bir necha marotaba Gazli va Gazsiz bo'lgan salqin ichimliklarni taqdim etishdi,Shu payt RAYHON kelibdila bu yoqqa chiqayotgan ekanla degan ovoz eshitildi,Bir nechta FanCLub azolari o'rnilaridan turib u tomon qarashdi shundan so'ng hamma o'rnidan turdi birinchi qatorda o'tirganligim uchun umuman orqa tarafham eshikham odam ko'pligidan ko'rinmayotgan edi.Endi esa Qarsaklar va hayqiriqlar eshtildi Men ham qarsak chalgancha anashu tomonga qarar edim lekin hali RAYHON ni ko'rayotganim yo'q edi,qarsaklar tobora baralla jaranglar edi endi qarsaklarga hayqiriqlar qo'shildi hamma o'z xursantchiligini barralla yangrayotgan ortqishlar va ovozlar orqali isxor etayotgan edila shu payt xa va nihoyat RAYHON ni ko'rdim xa-ha aynan RAYHON mendan o'ngda bor yo'g'i 4-5 qadam naridan o'tib o'zlari o'tiradigan Ustol tomon harakatlanayotgan edila,Ularga FanClub Administratorlari va Moderatorlari shuningdek Singillari Nasiba va yana bir ikkita notanish insonlar qolaversa Administratorlari Sherbek hamrohlik qilayotgan edila.Ular borib o'zlari o'tiradigan ustolga joylashdila,
RAYHON ni o'zlaridan Chap tarafda Singillari Nasiba o'ng tomonlarida FanClub administratori Elmazka Abduraimova va Daryo.Uz jamoasi vakilasi Zuhra opalar o'tirishdi qolgan barcha esa o'z o'rindiqlariga joylashib oldishdi (Jumladan menham).


RAYHON Barcha bilan salomlashdila va FanClub azolariga ikki og'iz iliq so'zlarini etib o'tdila,Shundan so'ng Muloqot.uz O'zbekistondagi eng yirik ijtimoiy tarmoq vakili bizdan RAYHON ga kimning savoli bo'lsa marhamat qo'l ko'tarsin dedila Boya o'ylab qo'ygan savollarimdan birini berish maqsadida qo'limni ko'tardim Zuhra opa esa menga qaradila va marhamat savolingizni berishingiz mumkun deb aytib o'tdila va Men O'zimni tanishtirgan holatda o'z savolimni RAYHON ga berdim savolim :


 - RAYHON shu kungacha Moskva,London,Nyu-York,Pekin kabi shaharlarda o'z konsert dasturlarini namoyish etgan RAYHON yana qaysi shaharlarda konsert berishni orzu qiladilar



Degan mazmunda edi.RAYHON mendan nari borsa 4 qadam narida o'tirgancha manga qarab turgancha javob bera boshlagan edila


RAYHON dan javob quyidagicha edi: Bilasizmi qaysi shaharda konsert berish menga bog'liq emas.Bu tashkilotchilarga bog'liq.Agar menga konsertlar yoki gastrollar borasida taklif bilan chiqishsa albatda men bu takliflarni ko'rib chiqaman.

Men RAYHON ni ko'rib turgan va Javobni diqqat bilan eshitayotgan edim lekin RAYHON nima deb javob berayotganliklari quloqlarimga kirmas edi Eng muximi va eng asosiysi man birnecha yillardan buyon o'zim muxlisi (FANATI) bo'lgan RAYHON mendan bir necha qadam narida o'tirgan edi va manga qarab gapirayotgan edi (Lekin nima deb javb berganliklari esimda )).Xa aytgancha RAYHON yangicha soch turmagida edila RAYHON ni sochlari uzun yoyilgan egnilarida esa Olov rangli (psuhtigaham o'xshidi) libos edi,RAYHON suratlardagidan farqli o'laroq hayotda biroz ozg'inroq ekanlariniham etib o'tishim joyiz nazarimda (Televizorda bo'ylari ancha baland o'zlariham to'laroq ko'rinardila). Shundan so'ng fursatdan foydalanib RAYHON yangi mamurlari Sherbek okani biz muhlislarga ko'rsatib ularni yana bir bor tanishtirib o'tdila,Shundan so'ng birin ketin ko'plab fanatdoshlarimiz o'z savollarini bera boshladilar.Ularni orasida alohida Ozodbek Karimov ni etib o'tgan bo'lardim,Ozodbek mening juda yaqin do'stlarimdan biri desam adashmayman,O'z o'rnida Ozodbek RAYHON ga ilk savollarini RAYHON ga bag'ishlangan she'r bilan boshladila keyingi savoldan so'ng esa RAYHON javob berayotgan mahallari Bir Fanatdoshimizni qo'llarida turgan chaqaloq ham RAYHON ga qo'shilib javob bergandek chaqaloqlarning tilida nimalardur deyotgandek tasurot uyg'atayotgan edi shunda RAYHON unga qaragancha "xa to'g'ri etvotsiz huddi shunaqa" deb xazillashdila,Bu holatda RAYHON ni qanchalik bolajon ekanliklarini tasavvur eta boshladim.
Zalda o'tirgan barcha FanClub azolarini RAYHON ni bu quvnoq so'zlaridan so'ng kayfiyatlari yana bir pog'onaga ko'tarildi.Shunda RAYHON anashu bolani ushlab turgan Fanatdoshimizga qarab bu qiz bolami yoki o'g'il bola deb so'ragan edila,Shunda anashu qiz bu O'zbekistonlik Reperni farzandi ekanligi va o'gil bolaligin etib o'tdi shunda RAYHON balkim Shoxrux Reperni farzandidur deb xazil aralash gapirganlarida Anashu chaqaloqning yonida o'tirgan bir yigit mening ismim Saidshox deb o'zlarini Andijonda ijod qilishlari va Reper sifatida faoliyat yuritishlarini shuningdek Yonlarida o'tirgan o'zlarinig rafiqalari va farzandlari ekanligini RAYHON bilan uchrashish maqsadida bugun manashu yerda Andijondan tashrif buyurganliklarini alohida etib o'tdila.Shunda anashu yigitni yonida o'tirgan rafiqalari ham ular oilaviy RAYHON ga muxlis ekanliklarini etirof etdi.Qo'llarida turgan chaqaloq esa ularning gaplarini dastiqlagandek yana bir bor chaqaloqlar tilida nimalardur dedi



Shunda RAYHON ularga alohida minnatdorchiliklarini isxor etdila (O'zi ushbu uchrashuvga viloyatlardan ko'plab fanatdoshlarimiz kelishgan edi) Shundan so'ng yana men savolimni berib o'tdim savolimning qisqacha mazmuni 


 - RAYHON ni TV,Radio,Gazeta va Internetga bergan intervyularida hamisha kutilmagan va dono javoblarni,Aqilliy fikrlarni eshitamiz.Bir vaqtning o'zida RAYHON o'zgacha qalb sohibasi ekanliklarini bilamiz xo'sh RAYHON ham kitob yozish haqida o'ylab ko'rganmila ? Kitob yozgan bo'larmidiz 



Degan manoda edi,Shundan so'ng RAYHON batafsil javob berdila:


RAYHON ni javobi quyidagicha edi: Kitob yozish o'ziga yarasha masuliyatli va mashaqqatli vazifa,Qolaversa o'ziga yarasha vaqtniham talab etadi ammo menda vaqt yo'q,Qolaversa menga yozishdan ko'ra ko'proq kitob o'qish yoqadi.

So'ng mendan chaproqda turgan bir qiz qo'l ko'tarib RAYHON ga o'z savolini berdila (Xa aytgancha 23-iyun kuni FanClub azolarining maykalarining yangi Versiyasining taqdimotiham bo'ldi yani aksariyat FanClubimiz azolari Yangi Maykalarda edila)




RAYHON ham hali yangi maykalarni ko'rmagan ekanla o'zlarini yonida o'tirgan Elmazka ga yuzlanib ularni maykalariga razn solib yangi FanClub azolarining maykasi ularga yoqganligini etib o'tdila,Savol-Javobimiz davom etar ekan RAYHON har bir savolni diqqat bilan eshitishlari va har bir savolga yaxshi kayfiyat ila samimiy ravishta tabbasum bilan shoshilmasdan batafsil javob berishlari etiborimni tortti,Savol berayotganlarni orasida bir qiz qo'lini ko'tarib o'zini tanishtirib o'tdi va savolini berdi xa buni qarangkiy nafaqat FanClub azolari orasida balkim Video portallar jumladan MyTube da ham juda mashxur bo'lgan Dilnoza (dj_dili 93) ham shu yerda ekanla (To'rtko'ldan kelibdila uchrashuvga),Shundang so'ng FanClub azolari o'zlarini RAYHON ga atalgan sovg'alarini fursatdan foydalanib taqdim etishdi.








Ularni orasida Qozog'iston bo'yicha FanClub Moderatori Nozima ham bor ekanla Nozimadan internet orqali Ekskulyuziv Fan-Intervyu loyihasi uchun intervyu olgan edim va ko'plab suratlarini ko'rgan edimku lekin Real hayotda Nozimani ham ilk bor ko'rib turgan edim,Shundan so'ng savol javoblar yana davom etdi Anashu payt RAYHON ni yonginasida o'tirgan singillari Nasibaga ham savollar bersammikin deb o'yladimku lekin keyingi safar deb yana RAYHON ga o'z savolimni berdim savolimni qisqacha mazmuni


 - RAYHON 2000-yildan o'z yakaxon ijodlarini boshlaganlar deb hisoblasak shu kungacha kliplarining soni 50 dan ziyot ekan,Albatda bu natija ko'plab O'zbek shou-biznesi yulduzlar uchun faqatgina Orzu,RAYHON ni shu kungacha suratga tushirilgan aksariyat kliplari xattoki Yevropalik yulduzlarnikidanda sifatli va yaxshiroq,O'z o'rnida RAYHON o'zlarining eng Shedevr kliplarini xorij mamlakatlarida jumladan Rossiya kanallaridaham namoyish etishni o'ylab ko'rganmila ? Yani O'zbek Shou-Biznesining bugungi kundagi reytingi va o'z o'rnida bugungi O'zbek sanatining darajasini Jaxonga ko'rsatish maqsadida ?



Degan savolimni RAYHON ga berdim,RAYHON bu savolimga ham batafsil javob berib o'tdila (Javob rus tilida bo'lgani uchun to'liq anglolmadim,Lekin javob asosan Rossiyada kliplarni namoyish etish shartlari haqida bo'lgan edi) Shu orada RAYHON o'zlarining eng zamonaviy va so'ngi rusumli telefonlarida Barcha FanClubimiz azolarini suratga tushirdila (Bu meni RAYHON "IPhone 5"da ilk bor suratga tushishim edi)



Shundang so'ng RAYHON ning Asalim Mani nomli qo'shiqlariga yoshgina Fanatdoshimiz bo'lgan qizaloq raqsga tushib berdi keyin yana ikkita qizaloq RAYHON ga aynan ushbu qo'shiq uchun o'zlarini RAYHON ga bag'ishlangan raqslarini ijro etishdi,RAYHON ni mavnun chehrasidan raqs RAYHON ga yoqayotganligini sezish mumkun edi,Raqsdan so'ng Daryo.uz xodimi Zuhra opa RAYHON ga o'z sovg'alarini butun Muloqot.uz va Daryo.uz jamoasi nomidan tuhfa etdila,Berilayotgan sovg'alarning aksariyati nafaqat RAYHON balkim ularning jaji farzandlari Islom va Imron uchun edi,RAYHON bilan muloqot davomida men uch to'rt marotaba RAYHON ga o'zimni qiziqtirgan savollar bilan murojat etdim va bu men uchun o'ziga yarasha baxt edi.Keyin navbat Fotosessiyaga keldi,RAYHON Konferensiyalar zalidagi sahnada barcha Fanatdoshlarimiz va FanClubimiz azolari bilan birma bir suratga tushdila.


Albatda bu holatgaham etiboringizni tortgan bo'lardim nega deganda RAYHON ni muxlislarga bo'lgan etibori judaham yuqori edi,RAYHON ni o'rnida har qaysi sanatkor xattoki Reytingi sal bundoqroq bo'lgan xonandalarham ishonch bilan ayta olamankiy xech qachon bir katta zal to'lla muxlislari bilan birma-bir suratga tushmagan (Tushmasaham kerak),Soniya sayin meni RAYHON ga bo'lgan xurmatim oshib borar edi,Fotosessiya davomida Mengaham RAYHON bilan birgalikda suratga tushish nasib etdi,Buning uchun avvalo OLLOH ga shukur diyman chunkiy shu vaqtgacha bu men uchun shundakiy orzu bo'lib qolayotgan voqeylik edi,RAYHON bilan yonmayon turish o'z o'rnida RAYHON bilan yonma yon suratga tushish bu men uchun nafaqat Orzu balkim Sharaf edi (Barbir boshqacha hisiyotla bo'ladide).



Men bilan suratga tushgandan so'ng RAYHON barcha FanClub azolarini birgalikda suratga tushishni taklif etdilar (Man oxirgi bo'lib rasmga tushgandim RAYHON bilan )) barcha FanCLubimiz azolari RAYHON bilan birgalikda suratga tushish uchun jamlandik Men manashu fursatda RAYHON ni o'ng tomonlarida edim (yonlarida).

(foto: fanrayhon.uz)

Barcha FanClubimiz azolari birma bir RAYHON bilan suratga tushib bo'lganlaridan so'ng biz birgalikda bir Oila bo'lib qalban Bir Butun bo'lib RAYHON bilan suratga tushdik.Shundan so'ng uchrashuv o'zining kulminatsiyon nuqtasiga yaqinlashayotganligini payqagan holatda hali RAYHON oldimizdan ketmasidanoq RAYHON ni sog'ina boshlagan edik.RAYHON barcha Savol-Javoblar va Fotossesiyalar tugagach FanClub azolarini iliq so'zlari va tilaklarini etgan holatda barcha FanClub azolari bilan hayirlashgancha yuzlarida tabbasum ila asta sekinlik bilan Le Grande Plaza Mexmonxonasining Konferensiyalar zalini tark etardilar 


Biz esa barralla qarsaklar ila RAYHON ni kuzatib qo'ydik xattoki bazi Fanatdoshlarimizning ko'zida ko'z yoshlarniham ko'rar edim.Xa bu mening uchun va FanClub jamoasi uchun bir umrga tatigulik uchrashuv bo'lgan edi.RAYHON mehmonxonani tark etganlaridan so'ng  biz qisqacha uchrashuv haqida suhbatlashib o'tdik endi barcha Fanatdoshlarimiz bir birimiz bilan suratlarga tushayotgan edik Internet tarmog'i orqali bir necha yillardan buyon suhbatlashib turadigan FanClubimiz azolari bilan ham suhbatlashgancha ular bilanham hayirlashdik va sekin asta tashqariga otlanib dastlab Konferensiyalar zalini so'ngra 2-qavatni va O'ta hashamatliy va mahobatliy Le Grande Plaza mehmonxonasinig tark eta boshladik.
Mehmonxona eshiklaridan chiqgach Eshik oldida turgan mehmonxona hodimlaridan Hayol aralash Bu Restorant necha yulduzliy deb so'rab yuboribman )))) Eshik og'alari Nima ? deb so'raganlaridan keyin savol berishda adashganligimni faximlab Bu Mehmonxona necha yulduzliy deb savolimni qaytadan berdim va * * * * (To'rt yulduzliy) degan javobni oldim,Mehmonxonaga Tayyota,Captiva,Malibu,Mercadens-Benz rusumli avtomashinalarda birin ketin Xorijlik mehmonlar tashrif buyurishayotgan edi men ham barcha FanClubimiz azolari bilan hayirlashgancha Le Grande Plaza ni tark etayotgan edim.Lekin bu maskan meni qalbimdan chuqur joy qoldirganliginiham etirof etib o'tishim kerak.Har holda bu yerda birinchi marotaba RAYHON bilan suhbatlashdim qolaversa ilk bor aynan manashu yerda RAYHON bilan suratga tushgan edim.

(foto: tonkosti.ru)

Soatga qarasam soat 17:00 dan o'tgan ekan shu zayilda men uchun FanClub va RAYHON o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga yetayotgan edi.

Uchrashuvdan so'ng taksi to'xtatdik,Taksis aka mehmonxona tegida turgan yuzga yaqin RAYHON ni surati tushirilgan maykadagi FanClubimiz azolari va mening qo'limdagi plakatni ko'rib tinchlikmi nima "Торжества" bo'ldi deb so'rab qoldilar.Ulargaham qisqacha gapirib berdim.

Men 2007-yildan buyon RAYHON ni ijodlariga qiziqaman,2009-yildan buyon muhlislariman.2012-yildan buyon FanClubda faoliyat yuritaman.Albatda o'tgan yilning yozida RAYHON bilan bo'lgan uchrashuv muhlis sifatida men uchun o'zgacha ahamiyat kesb etadi (2009-yildan RAYHON bilan ko'rishishni yoki suhbatlashishni orzu qilganman deb qarasakham.RAYHON bilan uchrashuv 5 yillik orzuyim ekan ))

RAYHON ga ham shu o'rinda uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qolaman nafaqat RAYHON balkim ularning Oila azolari Singillari Nasiba va Farzandlari Islom va Imronga.OLLOH ning o'zi ularni umrlarini uzoq Tanu jonlarini Sog' qilsin.Hammasi uchun OLLOH ga ming shukur.


muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Ulug'bek Toshkandiy)

Комментарии