Kompyuter va internet bilan bog‘liq 8 ta sir.

1. Tasodifan CapsLock bosilgan holda Word hujjatda kattagina matn yozib qo‘ygan bo‘lsangiz, uni belgilab, Shift+F3 ni bosing.
2. Agar siz brauzerdagi varaqa (vkladka)ni tasodifan yopib yuborgan bo‘lsangiz, Ctrl+Shift+T ni bosing.
3. Word dasturini tezkorlik bilan ishga tushirish uchun Win+R ni bosing va paydo bo‘lgan oynachaga winword so‘zini kiriting.
4. Ma’lum bir shahardagi mahalliy vaqtni Google’da “what time is it+shahar” yoki “time+shahar” so‘rovini berish orqali bilish mumkin.
5. Veb-sahifani PDF formatida saqlab olish mumkin. Buning uchun brauzerda Ctrl+P ni bosing va mavjud printerlar ro‘yxatidan “PDF sifatida saqlash” variantini tanlang.
6. Google qidiruv tizimida sizga kerak bo‘lgan kitobni kengaytirilgan qidiruv yordamida va zarur format (PDF, DOC, RTF, DjVu)ni ko‘rsatgan holda topishingiz mumkin.
7. Facebookdagi sahifangizni elektron pochta sifatida ishlatish mumkin. Buning uchun sozlamalarga kirib, pochta bildirishnomalarini olish opsiyasini belgilash va o‘z manzilingizni Facebook’ga “ulab” qo‘yish lozim.
8. Agar fikrlaringizni Twitter’da 140 ta belgiga sig‘dira olmayotgan bo‘lsangiz, Twishort, Twitlonger, Talltweets va boshqa servislardan foydalaning.
manba: daryo.uz

Комментарии