2001-yil 11-sentabr terroristik hurujlari — Yoʻlovchi uchoqlarning qoʻlga olinishi va ularni Butunjahon Savdo Markazi va Pentagonbinolariga olib borib urilishi natijasida Nyu-York, Vashington va Pensilvaniyada sodir boʻlgan halokatlar silsilasi. Insoniyat tarixidagi eng yirik terroristik huruj hisoblanadi.
Ketma-ketlikBirinchi zarba Boston-Los-Anjeles (11-reys) yoʻnalishi bilan uchayotgan «Boing-767» uchogʻining mahalliy vaqt bilan 8:45 da BSMning «Shimoliy minora»siga urilishi boʻldi. Keyinroq (9:03) esa xuddi shunday uchoq (175-reys) «Janubiy minora»ga kirib ketdi. Soat 9:40 da Vashington-Los-Anjeles (77-reys) yoʻnalishli «Boing-757-200» uchogʻi Pentagonga quladi (norasmiy xabarlarga koʻra, qulab tushgan narsa uchoq emas, balki qanotli raketa boʻlgan). Toʻrtinchi, «Boing-757» uchogʻi Pensilvaniya oʻrmonlariga qulagan.
QurbonlarAQSH hukumati bayonotiga koʻra, huruj oqibatida jami 2974 kishi halok boʻlgan (19 terrorchidan tashqari). Ularning orasida 1 nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan.
Hodisaga Yaqin Sharqdagi Usoma bin Lodin yetakchiligidagi ekstremistik «Al-Qoida» guruhi aloqador, deb topilgan. Fitnalar nazariyasi ishqibozlariga koʻra, hurujlar Isroil yoki AQSH maxsus boʻlinmalari tomonidan uyushtirilgan, deb hisoblanadi.
OqibatlarTerroristik huruj AQSHning Afgʻoniston va Iroq bilan urushga kirishishiga sabab boʻlgan deb qaraladi.
Manba: Wikipedia
Комментарии
Отправить комментарий