Hikmatli so'zlar...

Qiyin ish — bu siz avvalroq qilishingiz kerak bo‘lganda bajarmagan oson ishlaringizning jamlanmasi.

Hayot velosipedga o‘xshaydi. Muvozanatni saqlab qolish uchun harakatda bo‘lish kerak.

Eng qiyini o‘zini anglab yetish, eng osoni boshqalarga nasihat aytish.

Ertalab turganingizda o‘zingizdan “nima qilishim kerak” deb, kechqurun yotishdan avval esa “nima qildim” deb so‘rang.

Hayotdan o‘rganganlarimning barchasini uchta so‘zga jamlashim mumkin — u davom etadi.

Insonlar haqida fikrlari bo‘yicha emas, orzulari bo‘yicha aniqroq xulosa qilish mumkin.

Chala bilim egasi bo‘lishdan ko‘ra, bilimsizlik afzalroqdir.

Uddalay olishingizga ishonsangiz, demak uddalay olasiz. Agar, aksincha bo‘lsa, demak siz haqsiz.

“Men buyukman” derdim, toki shunaqa bo‘lgan va hozir unaqa emasligimni anglab yetgunimgacha ( Muhammad Ali )

Qasos yo‘liga chiqishdan avval ikkita qabr qazib qo‘y.

Hammaga do‘st bo‘lgan kishi hech kimga do‘st emas.

Umringizni shubha va qo‘rquvga sarflamang.

Platonning fikricha, inson falsafa uchun yaratilgan, Bekonning fikricha esa — falsafa inson uchun.

Ne’matning qadri u yo‘qolganda bilinadi.

Har bir insonda boshqalarga aytmaydigan orzusi bo‘ladi, yana shunday xohishi ham bo‘ladiki, uni o‘zi ham bilmaydi.

Inson, albatta, yerning hukmdori, ammo, shuningdek u o‘z oshqozonining quli hamdir.

Kulgusiz o‘tgan kun, bekorga o‘tgan kundir.

Yaxshiroq bilish ko‘proq bilishdan ko‘ra muhimroqdir.

Har doim eski xatolardan siqilaverish – katta xato.

Agar har kuni bu mening oxirgi kunim deb yashasangiz, qachondir haq bo‘lasiz.

Eshitdim – unutdim. Ko‘rdim – eslab qoldim. Qildim va tushundim.

Har narsaning o‘z go‘zalligi bor, lekin uni har kim ham ko‘ra olmaydi.

Haqiqatni topish xatoni topishdan ko‘ra ancha qiyin.

Omadsizlik — bu yanayam donoroq bo‘lib barchasini boshqatan boshlashga yana bir imkoniyat.

Kambag‘al, omadsiz, baxtsiz, nosog‘lom kishilar “ertaga” so‘zini eng ko‘p ishlatadigan insonlardir.

manba: daryo.uz

Комментарии