Braziliyada bo‘lib o‘tgan mundial saralashida qatnashkan Milliy terma jamoamiz ishtrokchilariga ahamiyat bilan razm solib shuni bildimki, 2014-yilhi mundial, ba’zi bir futbolchilar uchun so‘ngi imkoniyat bo'lgan ekan, Jumladan Ispanlar ham 2018 yilgi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan mundialgacha xozirgi kundagi jamoani katta qismini yo‘qotgan holda yetib boradilar.Xozirgi kundagi Ispanlarning ko'plab futbolchilari 2018 yilga borib ancha keksayib qolishadi. Fabregas, Inesta, Kasilyas, Kasorla va Silvalar ham 2018 yilga borib Ispaniya terma jamoasining talablariga qanchalik javob bera olisharkin? Bunisi hozircha mavhum, nafaqat Ispaniya, balkim Gollandiya, Angliya, Italiya, Portugaliya kabi terma jamoalarni 2018 yilgi mundialda hozirgi kundagi takibdan ancha yoshartirilgan va yangilangan holatda ko‘rishga majbur bo‘lamiz. Germaniya, Rossiya, Braziliya va Fransiya esa aynan 2014 yilgi mundial oldidan tarkiblarida avlodlar almashinuvini o‘tkazib olishdi.Buni qarangkiy bu holat Germaniya uchun qo'l keldi (Aslida bu Nems mashinasidagi yoshartirish siyosati 2010-yilgi JCH vaqtidaham boshlanib bo'lgan edi). Demak, 2018 yilda ushbu terma jamoalar o‘zlarini asoslarini saqlab qolgan holda yetib borishlari aniq. Xo‘sh, bu jarayon O‘zbekistonda qanday kechmoqda?
Ahamiyat berib qarasak, 2014 yilgi Jahon chempionati Osiyo qit’asi saralash bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi asosan shu vaqtgacha sayqallanib hamda pishitilib kelinayotgan tarkib, ya’ni "Oltin avlod"imiz ekanligiga guvoh bo‘ldim. Oldingi mundiallar saralashlarida bizda bunday ajoyib tarkib bo‘lmagan nazarimda. To‘g‘ri tarixga nazar solsak Mirjalol Qosimovdek futbolchini boshqa ko‘rmadik, ammo jamoaviy futbol haqida gap ketadigan bo‘lsa, biz 2010 yilgi Jahon chempionati sarash boshqichida qatnashgan terma jamoaning asosini saqlab qolgan holatda, 2011-yilgi Osiyo kubogida yarim finalgacha yetib bordik va o‘z tariximizda ilk bor 14 ochko jamg‘ardik. To‘g‘ri biz mundialga bormadik, ammo O‘zbekiston Bayrutdagi bahsda Livandan gol o‘tkazib yubormaganida, Toshkentda 90-daqiqada Eron gol urib qo‘ymaganida, Akmal Shorahmedov o‘z darvozamizga avtogolni urib qo‘ymaganida yoki O‘zbekiston birorta bahsda raqiblariga yana qo‘shimcha bitta gol urganida, hech bo‘lmasa Tojikiston bilan o‘yinda futbolchilarimiz atayin kartochkalar ishlab olishmaganida, biz jahon chempionatiga borgan bo‘larmidik?
Meni bir savol qiynamoqda: Biz oltin avlodimiz bilan xayrlashyapmizmi yoki 2018-2022 yildagi mundiallarda qatnashadigan yangi oltin avlodni kutib olyapmizmi?
Bir tahmin qilib ko‘raylik, 2018 yilgi Rossiya mundialiga biz yo‘llanmani qo‘lga kiritsak, terma jamoa qaydnomasiga kimlar kiritiladi ?

Meni bir narsa o‘ylantirmoqda, barchaga kundek ravshanki 2018 yilgi jahon chempionatigacha bir nechta futbolchilarimiz yetib bora olishmaydi. Qosimov bir qancha vaqt oldin o‘z intervyusida aytib o‘tgan so‘zlari terma jamoaga yangi qon quyish kerak degan strategiyasini 2018 yilgacha qo‘llasa va davom ettira olsa 2018 yilgi jahon chempionatida tahminan London-2012 Olimpiada o‘yinlari saralash bosqichida qatnashgan olimpiyachilarimiz va Meksika hamda, Turkiyada bo‘lib o‘tgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon Chempionatlarida qatnashgan futbolchilarimizdan tuzilgan va hozirgi terma jamoadagi ba’zi bir futbolchilarning aralashmasidan hosil bo‘lgan tarkib (U vaqtgacha yana bir ikkita yangi nomlar bo'ladi), 2018 yilgi jahon chempionatida harakatlanishini kutishimiz mumkin. Umuman olganda terma jamoani yoshartirish siyosatini Vadim Abramov boshlab bergandi. Abramov vaqtida terma jamoamiz o‘rtoqlik uchrashuvlarida ancha yoshartirilgan tarkibda qatnashar edi. Vadim Karlenovich qo‘l ostidagi ba’zi o‘yinlarda 23 yoshdan oshgan futbolchilardan uzog‘i ikki-uchtasi maydonda harakatlanganini ham guvohi bo‘ldik. Ammo Qosimov termaga kelganidan so‘ng yoshartirish siyosatini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi va asosan tajribali futbolchilar xizmatidan foydalana boshladi. JChga chiqa olmaganimizdan so‘ng, esa mana endi yana avvvalroq boshlangan yoshartirish siyosatini davom ettirgancha termani yoshartirmoqda (Lekin Avstraliyaga olib ketilgan tarkibniham ja yosh diyolmimiz).
(foto: Championat.asia)
Meni bir savol qiynamoqda: Biz oltin avlodimiz bilan xayrlashyapmizmi yoki 2018-2022 yildagi mundiallarda qatnashadigan yangi oltin avlodni kutib olyapmizmi?
Bir tahmin qilib ko‘raylik, 2018 yilgi Rossiya mundialiga biz yo‘llanmani qo‘lga kiritsak, terma jamoa qaydnomasiga kimlar kiritiladi ?
Xudoyberganov Ulug'bek (Ulug'bek Toshkandiy)
Комментарии
Отправить комментарий