"BOOOY" bo'gim kevotdi!

Xozir o'ylab qarasam man uchun yaqin-yaqingacha moddiy boylikning zarracha ahamiyati bo'magan ekan. Aksincha bolaligimdan buyon manga bu dunyoda hamma narsa o'tkinchi ekanligi, birinchi o'rinda insonning moddiy emas balki ma'naviy boyligi turishi, pul bilan baxtni sotib olib bo'lmasligi, barbir hech kim bu dunyoda topgan-tutganini nargi dunyoga olib ketolmasligi, bu dunyoda bizdan qoplab pullar emas shunchaki yaxshi amallar qolishi zarurligi. OLLOH xuzurida esa odamlar to'plagan moddiy boyliklarning zarracha qadri yo'qligini uqtirishgan.

Mani adamda ham, oyimda ham orzu-havaslar bo'lgan. Lekin ular hech qachon "Boy bo'lishimiz kerak" degan maqsad bilan yashashmagan. Aksincha hamisha shukuronalik, sabr-qanoat bilan topgan, tutganlariga rozi bo'lib yashashgan.

Man o'ylab qarasam yaqindagina pul man uchun qo'lni kiri edi. Manda pul ko'pligidan emas shunchaki ortiqchasi kere bo'lmaganidan. Hayotimdigi maqsadlarim orasida yaxshi joyda ishlash bo'lgan bo'lishi mumkun ammo juda ko'p pul topish bo'lmagan. Orzularim orasida yaxshi yashash, hech narsaga muxtojlik sezmaslik bo'lgan bo'lishi mumkin ammo yaqin-yaqingacha "BOY" bo'laman digan orzu bilan yashamaganman. Ana shu pallalarda, o'z nuqtai nazarlarim haqida o'ylaganimda, mening hayotimda moddiy boylikning shu qadar pastgi pog'onalarda turishidan mavnun edim.

Ammo kunlarning birida shunday voqea yuz berdiki mening dunyo qarashim mutlaqo o'zgarib ketdi.
Man yaxshi ko'rib, yurak-yuragimdan sevganim, ammo sevishimni o'ziga biron marotaba ham etmagan sevgan qizimni o'zim tengi yigit ko'z o'ngimda o'zini avtomobilida olib ketdi.
Xa ana shu vaqtda man o'zimda "Captiva" yo'ligini angladim. O'sha lahzalarda manda "BOYLIK" atalmush ne'mat yo'qligini his etdim. Osmonga qarar ekanman balkim ruhan, balkim hayolan HUDOdan nima uchun mani boy qilib yaratmaganligini so'rardim ammo buni javobi yo'g'idi. Aynan ana shu kuni OLLOHdan qalban moddiy taraflama juda ham kotta "BOYLIK" ato etishini. Bir kun kelib juda ham boy bo'lib ketishimga izn berib, bu yo'lda to'g'ri yo'l ko'rsatishini so'radim.

Ana shu kunning ertasidan boshlab mening hayotimda, maqsadlarimda, orzularimda juda quyi pog'onalarda turgan pul, boylik, davlat kabi narsalar men uchun eng yuqori pog'onalarga chiqdi. Eslayman oldinlari taom tanavvul qilib bo'lgach omin qilgan vaqtimda HUDOdan mutlaqo boshqa narsalarni so'raganman. Xozir esa ikki qo'limni ochib OLLOHdan nimadur so'rash imkoni bo'lsa har qachon mening OLLOHdan so'ravotganlarim orasida albatda moddiy nematlar va moddiy boylik bor. Tan olaman butun hayotiy maqsadlarim, orzu-istaklarimni o'zgartirib yuborgan ana shu kunga sal kam bir yil bo'lgan bo'lsada mening hayotimda hali hamon moliyaviy jihatdan kotta o'zgarishlar yuz bermadi. Ammo HUDOdan so'rashdan, real hayotda esa yaxshi daromat ko'rish mumkin bo'gan to'g'ri yo'llarni, boyib ketish mumkin bo'lgan imkoniyatlarni izlashdan, izlanishdan aslo charchavotganim yo'q. Xozirgi qisqa davr esa kotta to'fondan oldingi vaqtinchalik sukunatga o'xshavotdi.
Ishonamanki HUDO hohlasa hammasi juda yaxshi bo'ladi. Buni bilaman.

Boylik va boyib ketish haqida ko'p o'qivotman, boylik haqida, davlatmand yurtdoshlarimiz, dunyodagi boy insonlarning hayot yo'li va pulga aloqador narsalar haqida ko'p gapirvotman.
Shu bilan bir qatorda o'smirlik davrimda eshitganim: - Sevgini, Sog'likni va Baxtni hech qanday boylikga sotib olib bo'lmaydi! degan fikrga deyarli har qadamda duch kevotman. Qiziq tomoni men bu nazariyani aslo inkor etmoqchi emasman. Lekin tanganing ikkinchi tomoni borki buni sizlar ham inkor eta olmaysiz. Keling sevgi, sog'lik va baxtga pul yordamida qanchalik yaqin kelish mumkun ekanligini sizlar bilan birgalikda bir tahlil qilishga urunib ko'ramiz.

- SEVGI: To'g'ri siz sevgini hech qancha pulga, hech qanday boylikka xarid qila olmaysiz. Ammo aynan ana shu boylik insonga Toshkentdigi eng chiroyli qizni xonadoniga sovchi yuvorish uchun imkoniyat berishi. Boylik va orttirilgan pullar esa istalgan boyning qizi bilan ijtimoiy mavqe tomonlama tenglashish imkoniyatini taqdim etishi mumkin. Boylik bu yigit uchun istalgan qiz bilan oila qurishda misilsiz imkoniyat demakdir.
Agarki yigit har qancha boy bo'lib o'z sevgani bilan oila qurolmas ekan hech bo'lmaganda bunda boy bo'lmaganligini vaj qilib, bir umr bundan afsuslanmaydi.

- SOG'LIK: Boylar xasta bo'ladi ? Kamdan-kam! Agar ular xasta bo'lsalar ham eng nufuzli shifoxonalarda, eng malakalli shifokorlar nazoratida bo'ladilar, Eng qimmatbaho dori-darmonlarni istemol qiladilar, Agar ana shu bironbir kasallikga chalinsalar ham juda tez sog'aya olishadi, Xattoki sog'aygandan so'ng toliqgan bo'lsalar bironbir tog' yon bag'rlari yoki so'lim go'shalarga borib toza hovolardan to'yib-to'yib nafas olib hordiq chiqarishadi yoki sayohat uchun qaysidur mamlakatga borib ko'ngil yozib kelishadi. Boylar ham kasallikga yo'liqishi mumkun ekanligini hech kim inkor eta olmaydi ammo ularda har qanaqangi kasallik oddiy insonlarga qaraganda yengil o'tadi.
Ahir dunyoda davosi yo'q kasalliklar ham yetarlichaku, ularga pul ham yordam bera olmaydiku deguvchilar ham oramizda bo'lsa kerak ? Qiziq tomoni shundaki agarki boy odam puli bilan shifo topib, sog'aya olmidigan kasalliklarga kambag'al yoki nochor inson yo'liqsa u ham barbir boyga nisbatan og'irroq sharoitda bo'ladiku. Ya'na bir gap yetarli darajada boy insonlar uchun davosiz kasalliklar ro'yxati siz o'ylaganingizdan ancha kam. Zero siz davolanishi mushkul deb o'ylaydigan kasalliklarga allaqachon davo va muolajalar yaratib bo'lingan. Faqatgina ana shu muolajalar faqatgina dunyoning ayrim mamlakatlarida amalga oshiriladi. Ularning dori-darmonlari ham daxshatli darajada qimmat va unday kasalliklardan shifo topish boylarga ham arzonga tushmasligi aniq. Ammo bu prinsip isbotlaydiki butun dunyodagi davolash imkoni bor bo'lgan, davosi bor har qanday kasallikdan pul yordamida halos bo'lish mumkin.
Qolaversa bazida OLLOH taolo suygan bandalariga dard beradi deyishadi, YO'Q bu nochor va bemor insonlar o'ylab topgan cho'pchak bo'lsa kerak. OMAD, BOYLIK, MANSAB, KUCH, QUDRAT, SOG'LIK va BAXT ana "OLLOH Taolo" suygan bandalariga nimalarni beradi

- BAXT: Balki baxtni pulga sotib olish ilojsizdur ammo aynan pul baxt tomon eng yaqin va eng qisqa yo'l demakdir. Xo'sh qanday baxt bor ekanki unga pul yordamida yetishib bo'lmasa ? Avvalo tinch va osmoni musaffo yurtda yashavotmiza shuni o'zi bitta baxt. Endi inson agarki boy bo'lsa ana shu pullari evaziga Shohona qasr bunyod etib ana shu yerda oilasi bilan tinch-totuv yashasin ana sizga baxt. "Mercadens-Benz", "Prado land cruiser", "Lexus", "Chevrolet Malibu / Chevrolet Captiva" digan moshinalada yursin ana sizga baxt. Eng qimmat baho nozu-nematlardan tanavvul etsin ana sizga baxt. Yigitlar misolida yuqorida takidlaganim eng chiroyli qizlar bilan oila qurilsin ana sizga BAXT. Baxtga yetaklovchi "xarid"lar ro'yxatini hali ancha davomlash mumkun.
Umuman boy insonlar uchun bu dunyodan lazzat olib yashash, baxtli hayot kechirish u qadar mushkul ish emas, Yuqorida boylik orqali baxtga erishish uchun sanagan misollarim dengizdan tomchi.
Umuman pulli keragidan ortiq bo'la turib "Baxtli emasman" didigan "недовольный" insonlarni, Mers haydasayam basharasi bujmayadigan no shukurlarni haqiqiy baxtsizlar desak to'g'ri bo'ladi.
Hali boyib ketib ulgurganim yo' lekin man shuni ham anglab yetganman. Boylik ila baxtga erishmoqlik deyilganda qimmat baho sigaralarni xarid qilish, spirli ichimliklarni yashiklab ichish yoki har xil inson sog'lig'iga jiddi putur yetkazuvchi narsalar bilan andarmon bo'lish bu boylik bilan baxtga erishishga kirmidi. aksincha ahmoqlikka kiradi.

Boylik orqali Sevgi, Sog'lik va Baxt tomon tashlanajak qadamlar tasavvuri manda shulardan iborat edi. Qo'lida bir miri bo'lmasdan turib boylikka uni sotib olib bo'midi, pul bilan bunga yetishib bo'lmidi diyishdan og'zi tinmidigan odamlarga etadigan gapim oldin boy bo'volila keyin shu boyliga nimala qilib bo'lmasligini o'ylab siqilasila))

Xo'sh man ushbu maqolani nima uchun yozdim ? Avvalo HUDO hohlasa qachondur boyib ketganimdan keyin shu bugungi kunimni bir kulib eslash uchun. Ya'na bir jihat o'z orzularimdigi boylik tomon yanada yaqinroq bo'lish uchun. Shu maqolani yozib bitirvotgan ekanman o'z orzuyimdigi, tabir joiz bo'lsa o'z kelajagimdigi pullarim sari bugun juda bir kotta qadam tashlagandek bo'ldim.

Men uchun internet, jumadan ijtimoiy tarmoqlar ham begona emas. Masalan instagram.
Shu instagramdagi sahifamda qanday so'zlar yozib qo'yilgan bilasizmi ? Iqtibos keltiraman:
- Я в будущем стану самым богатым "УЗБЕК" в мире (Иншааллах) 

Bu men uchun mashxur ibora ila etganda: - "Kecha orzu edi, Bugun maqsad, Ertaga esa haqiqat"
Man his etvotman, Nasib etsa shu kunlarga ham yetaman. Inshaolloh.



Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan)

Комментарии