Instagram Yulduzlari: @dilaraaksuyek_ (Dilara Aksüyek)

"Instagram Yulduzlari" loyihasining navbatdagi 4-sonini e'tiboringizga havola etvotganimdan xursantman do'stlar. Bugun ilk bor ushbu loyihamiz O'zbekistonlik bo'lmagan insonga bag'ishlanadi. Bugungacha bo'lgan har uchta sonda ham O'zbekistonlik instagram foydalanuvchilariga e'tibor qaratilgan edi.

Bugungi qahramonimizga nisbatan instagram yulduzi nomidan ko'ra kino va seriallar yulduzi desak ham mubolag'a bo'midi. Zero "Dilara Aksüyek" qator kinofilmlar hamda TV seriallarda ro'llar ijro etgan.

Bir muncha vaqtdan buyon yurtimizdigi Milliy TV (MTV) telekanalida "Kosem" nomli serial namoyish etilvotdi. Ushbu serial "Muhtasham yul yil" serialining mantiqiy davomi bo'lib real hayotga asoslangan ekan. Yaqinda shu "Kosem" serialiga bir ko'zim tushib qolganida bugungi qahramonimizni ko'rdim. Dilara Aksüyek ushbu serialda "Rasha" (Mohiferuza) ro'lini ijro etgan.
Qoyil qolish kere bir ko'rishdayoq shu aktrissa yodimda qoldi. O'ynagan ro'li ham ancha tasirli edi. Naqadar chiroyli ekanligini ham alohida takidlab o'tsam adolatdan bo'sa kere.

Dilara Aksüyekni hayoti va ijodiga to'htaladigan bo'lsak. U 1987-yilning 24-iyul kuni Turkiyaning Izmir shahrida dunyoga kelgan. U o'z oilasidagi yagona farzand bo'lgan. Dilara 7 yoshga to'lganida ularning oilasi Izmirdan Edirne shahriga ko'chib o'tgan. Dilara aktrissalik faoliyatini 2012-yildan boshlagan bo'lib "Kosem" serialida 2015-2016-yillarda suratga tushgan.

Internet ma'lumotlarida etilishicha Dilara 2015-yilda "Jeyhun Mengiroglu" bilan oila qurgan. U yigit ham o'z o'rnida aktyorlik faoliyati bilan shug'ullanadi

Dilara Aksüyekning instagramdagi muovafaqiyatlariga to'htaladigan bo'lsak uning natijasi ancha-muncha O'zbek shou-biznes yulduzlarinikidan ham soddaroq. Bor yo'g'i 71 606 ta instagram foydalanuvchisi uni obunachi sifatida kuzatib kelmoqdalar.

Endi esa e'tiboringizga Dilaraning instagram hamda internetdan olingan sara suratlariga qaratamiz:

Foto: pinimg.com
Foto: Google
Foto: vignette3.wikia.nocookie.net

Foto: pinimg.com
Foto: pinimg.com
* * *
Foto: Dilara va Jeyhun (hurimg.com)

Foto: dizihdfilm1.net
* * *





Комментарии