"Asian Fight - 2017" ga tashrif

Bundan bir necha oy muqaddam juda shov-shuvli xabar e'lon qilindi. Ya'ni Jahon kinosining tirik afsonasi Van Dam, Sport olamida kotta yutuqlarga erishgan sportchilar Jef Monson va Fyodor Yemelyanenko. Shuningdek Jahon musiqa olamining yirik namoyondalaridan biri DJ Van Byurenlar 2017-yilning 9-sentyabr sanasida Toshkentga tashrif buyurishlari haqida e'lon qilindi.

Albatda bu xabardan juda ham xursant bo'ldim. Shaxsan man uchun bu juda qiziq edi. Van Damni Toshkentga kelishini o'zi jamoatchilik uchun kotta yengilik edi. Keyinchalik "Asian Fight 2017" tashkilotchilari qator yengiliklarni ma'lum qilishdi.

Jumladan O'zbekiston penchak silat federaciyasining xotin qizlar qo'mitasi raisi hisoblangan Zarina Nizomutddinova ushbu tadbirda sahnada usullar ko'rsatishi etildi.

Keyinroq, Ushbu turnirning rasmiy axborot hamkorlari tomonidan, "Bolalar" guruhi, Ravshan Sobirov, Sevara Nazarxon, Shabnam Surayo, Lok Dog lar ushbu tadbirda chiqish qilishlari ma'lum qilindi.

Keyinroq bu ro'yxatga Sardor Rahimxon, Manzura, Nilufar Usmonova va hech kim tanimidigan allaqanday xonandalar qo'shilganini rasmi manbalarda emas balkim instagramda ko'rdim.

Quvonarlisi. Avgust oyida Championat.asia sayiti ketma ket to'rt marotaba viktorinalar o'tkazdi. Ushbu viktorinaning har bir g'olibiga ikki kishilik taklifnomalar sovg'a qilinar edi. Men ushbu viktorinalarning ikkitasida g'olib chiqdim va to'rtta taklifnomani yutib oldim.

Keyinroq chiptalar sotuvga chiqarildi. Ularning narxi 50 000 so'mdam 300 000 so'mgacha edi. Hohlovchilar uchun 1 million so'mlik VIP choylar ham bor edi.

Hammasi zo'r edi ammo vaqt o'tgani sayin hamma ish teskasiriga keta boshladi. Dastlab Yemelyanenko kelolmasligi ma'lum bo'ldi. Dj Armin van Byuren kelolmasligi ham keyinchalik oydinlashdi. 6-Sentyabr kuni esa favqulotda matbuot anjumani chaqirilib u yerda Jan Klod Van Dam va Jeff Monsonlar Toshkentga kelolmasligi e'lon qilindi.


Ammo Pencak silat federatsiyasi vaziyatdan chiqib ketish uchun Golivud filmlarida suratga tushgan. Aykido sport turida nom chiqargan "Steven Seagal" ni Toshkentga taklif etishibdi. U 8-senyabr kuni Toshkentda edi va ma'lumotlarga ko'ra 10-sentyabrgacha Toshkentda qolishi kerak edi. Ammo Steven Seagalni peshonasiga ham ushbu shouda ishtirok etish yozilmagan ekan))


8-Sentyabr kuni internet orqali Stiven Sigalni Toshkent airaportidagi suratlarini ko'rdim. U 8-sentyabr kuni qator joylarga borgan bo'lib ko'plab tadbirlarda ishtirok etgan. 8-sentyabr kuni kechgi paytda esa Sayilgoh ko'chasiga borib O'zbek palovidan tatib ko'rgan va Rus matbuoti uchun intervyu ham bergan.

9-Sentyabr kuni soat 18:00 da boshlanadigan tadbirga man 17:00 da Bunyodkor stadioniga bordim. Maqsad kech qolmaslik edi. Lekin stadionga borganimda odam unchalik ko'p emas edi. Faqat eshikdan kiraverishda biroz navbat bor edi. Shuni ko'rib stadionga chopib kirib ketishga shoshilmadim. Atrofga qaradim. Ko'pchilikga "Dolce Fresh" savdo belgisi tushirilgan qizil rangli yopishqoq naklekalar tarqatilayotgan ekan. Ikkita chiroyli qiz o'z liboslariga shu naklekalarni yopishtirib olishibdi. Stadion oldidagi avtoturargohga qaradim. U yerda bitta qora Captivadan bir ayol IIV xodimlariga rossa baqirvotgan edi. Yonimdigi o'rtog'imga: - Anetga qara. Muddaosi nimekan anu Captivadigi kenayini. Nimaga janjal qivotdi disam o'rtog'im ham qarab turib: "Manimcha Van Dam kemasligini xozir bilib qogan bo'sa kere, ko'rinishidan IIV xodimlariga Van Damni olib kelib berila divotdi" didi. Albatda bu suhbatimiz xazil tariqasida bo'votganidi. 

Eshikdan kirdik. Mani taklifnomam 2-qavatdan edi. Ammo IIV xodimlari 1-qavatga kirvurila diyishdi. Ma'lum bo'lishicha ikkinchi qavatdigilarni ham birinchi qavatga tushirishvotganakan. Stadionga kirib bordik. Stadionning markaziy sektorlarida odamlar ko'p ammo boshqa sektorlarda odamlar juda siyrak edi. 1-qatorga o'tirmoqchi edim IIV xodimlari birinchi qator faqat xavsizlik xodimlari uchunligini etishdi. 2-qatorda o'tirdim. 

Stadionni ikkinchi qavatiga qarasam hamma pastga tushvotganakan. O'rtog'imga qarab etdim odamlar ahmoq bo'lib Van Damni ko'ramiz dib 50 ming, 300ming, 1 million so'mga chipta xarid qilishgan-a. Xozir ularga rossa alam qivotgan bo'lsa kere disam do'stim bu gaplarimni tasdiqladi. Stadionni markazida esa ring edi. To'g'risi ring sakkiz qirrali edi va uni ustida projektorlar edi. ring devori esa qalin to'r bilan to'silgan edi. Bu Bunyodkor stadioni boks yoki penchak silat uchun emas futbol uchun qurilganligidan dalolat berib turar edi. Soat 18:00 da boshlanishi kerak bo'lgan show 19:00 atrofida ham boshlanmagan edi. Tashkilotchilik ishlari juda sifatsiz olib borilgan edi. 

Soat sal kam 19:00 bo'lgan bo'lsada maydonda xodimlar endi tayyorgarchilik ishlarini olib borishvotgan edi. Goh maydonga uni olib chiqishardi, goh buni. Shu ishlarni shu vaqtgacha qilib qo'yishligi kerak edi aslida. 

Soat 19:00 lar atrofida boshlangan fushtakbozlikdan so'ng maydonga Alan CHerkasov va Jakhongir Shahobiddinovlar tushib kelib mikrafonga bir nimalar deyishni boshlavorishdi. Stadion okustikasi juda yomon edi. Kalonkalarda ovozlar xirillab chiqardi. Etilvotgan gaplarda oldingi so'zlar keyingi so'zlarni ovozini bosib ketar edi. 20 daqiqacha ularni gapini eshitib o'tirdim. Deyarli hech qaysi gapiga chunib bo'lmas edi. Orada Alan sizlar mehmondo'st xalqsizlar raqiblarni ortqishlab munosib kutib olaylik deganini chungan bo'lsam Jahongirni homiylar haqidagi mahtovlari qulog'imga chalindi. Shunday bo'lsada baland ovozdagi ularni so'zlarini chunish juda qiyin edi. Orasida bo'ralatib bir so'kvorishsa ham hech kim chunmas edi nazarimda. 20-25 daqiqadan keyin yonimda o'tirgan oka manga qarab anu inturistlar nima diyishvotdi dib so'radila. Oka bilmadim dib javob berganimdan so'ng ular IIV xodimlariga yuzlanib: - Okalar, Anulani bitta gapiga chungan bo'sam itman agar, nimala diyishvotdi ula deb savol berdilar.

Orqada odamlarni boshliqollaring endi, bo'ldi yetar endi, showni ko'ramizmi yo yo'mi ? qabilidagi so'zlarini eshitardim. Shunda ham yana 10 daqiqa ikkita boshlovchini gapini eshitib o'tirdik adashmasam. Alan ruschada cho'zib-cho'zib gapirsa Jahongir ham o'zidan u-bu narsala qo'shib shuni O'zbekchasiga etardi. U ham yetmaganidan biri-biridan balandroq gapirish uchun mikrofonga rostmana baqirishardi. Kelishib, yakdillik bilan Alan rus tilida yoki Jahongir to'liq o'zbekchada shu showni olib borganida ham manimcha hamma rozi bo'lardi. Toshkent shunaqa shaharki bu yerdigi ruslar o'zbekchani. O'zbeklar esa ruschani bilamiz))

Janglarning har biriga bittalab to'htalib o'tirmayman. Ammo shuni aytamanki jangchilarning ringa chiqishini o'zi bir muammo bo'ldi ana shu kuni. Goh O'zbekistonlik jangchi ringa chiqadi va raqibini 5-10 daqiqalab kutishga majbur bo'ladi. Goh O'zbekistonlik sportchi ringa chiqishi e'lon qilinadi va bir necha daqiqa butun stadion uni kutadi. O'ta saviyasiz tashkiliy ishlardan so'ng jami 9 ta bellashuv bo'lib ulardan 7 tasida O'zbekistonlik sportchilar. Ikkitasida esa Afg'oniston vakillari g'alabani tantana qilishdi. Abdul Sami Faiziy nokaut evaziga g'olib bo'lgan bo'lsa boshqa bir Afg'onistonlik sportchi jangsiz g'olib bo'ldi. Sababi uning raqibi Anvar Boynazarov ham Toshkentga kelolmagan edi.

Xonandalar haqida ham salbiy fikrdaman. Dast avval vada qilinganlardan Sevara Nazarxon, Tohir Sodiqov, Shabnam Surayyo mutlaqo chiqish qilishgani yo'q. Keyinroq musiqiy pleylistga nomlari qo'shilgan S.Rahimxon va Manzura ham kelmadi. Mashxurlardan bitta Nilufar Usmonova stadionda qo'shiq kuyladi. N.Usmonovadan tashqari Shoira Otabekova, Nilufar va Sevara kabi yosh xonandalarimiz o'z qo'shiqlarini kuyladilar. Keyin uchta erkak xonandalar ham chiqishdi lekin ularni tanishning iloji bo'lmadi. Ya'na kamiga Alan digan boshlovchi ham qo'liga mikrafon tegib qolganida bitta qo'shiq kuyladi. Tadbir yakunida hamma janglar o'z nihoyasiga yetganida barcha stadiondan chiqib ketvotgan bir vaziyatda Rossiyalik Lok Dog stadion markaziga chiqib qo'shiq kuylashga tushdi. Ammo tashqariga chiqib ketvotganlarni birontasi ortiga qaytgani yo'q Lok Dog uchun. Eng qizig'i instagramda Lok Dogni sahifasida rossiyalik sportni Mixail Koldorkin bilan Lok Dog Toshkentga birga kelganligidan xabar topdim. Ma'lum bo'lishicha Asian Fightdagi sportchimizning raqibi Mixailga Lok Dog omad tilagan va Rossiyalik sportchiga muhlislik qilgan. Bizning sportchimizni raqibi tarafini oladigan xonandaga bo'sh stadionda qo'shiq kuylashiga pul to'lash ? ABSURD!!!

Endi Zarina Nizomutdinova haqida gapirsam. O'zi Zarina ham bir mavzu. Tadbirlarni targ'ibot jarayonida Zarina Nizomutdinova penchak silat federatsiyasini xotin qizlar qo'mitasi raisi ekanligi va 9-sentyabr kungi shouda sahnada (ringda) usullar nomoyish etishi haqida so'z borgan edi. Man o'sha kuni o'zi Zarinani ko'rish uchun ham stadionga borgan edim. Lekin hattoki Zarina Nizomutdinova ham stadionga kelmadi.

Stiven Sigal ham kelgani yo'q. Umuman bu darajada odamlarni kalaka qilish ? Bu xalqning yuziga tupurish bo'lsa kerak. Asosiy tashkilotchi Penchak silat federatsiyasi shu 9-sentyabr uchun javob berishi kerak. O'zi qiziq tomoni man Penchak silat digan sport turi haqida shu Van Damni surati tushurilgan afishandan bilib oldim. O'zbekistonda shunaqa federatsiya borligi xattoki tushimga ham kirmagan edi.

Kim kafolat beradi ertaga shu ishlarga chora ko'rilmasa indinga Ting-tong federatsiyasi Arnold Shvartsnegr, Jeki Chan va Buakav Pramuk Toshkentga keladi dib afisha osib qo'ysayu chiptalar sotilib ketganidan so'ng tadbirga ikki kun qolganida voy kelishomasakan dib pullarni sipirib olmasligiga. Man 9-sentyabr kuni bo'gan ishlarni firibgarlik deb baholagan bo'lardim.

Ring haqida etadigan bo'lsam, yuqorida takidlaganimdek ring juda no bop edi. Stadionni o'rtasida o'ta noqulay joylashgan ringdagi jangni stadion tribunasidan turib tomosha qilish xato edi. Qolaversa ringni bir tomoniga o'rindoqlar joylashtirilgan bo'lsada ikkinchi jangdan keyin deyarli hamma ringni atrofiga turib olishdi. Bu ham bir tartibsizlik edi. Tashkiliy ishlarga -1 (minus bir) baho.

Hullas umrimda qo'shiqlarini eshitmagan Lok Dog digan Rossiyalik xonandani xonishlari bilan Asian Fight 2017 man uchun tamom bo'ldi. O'zi shu Lok Dogni o'rniga hech bo'lmasa Timatini olib kelishganida shu Timatini xurmati oxirigacha tribunada o'tirgan bo'lardim.

Tashkilotchilar esa jazolanishi. Hech bo'lmasa adolat yuzasidan hafisan olishi shart


Tadbir avvalida tushgan selfi suratim


Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Ulug'bek Toshkandiy)

Комментарии