"Yulduz Usmonova" 2017-yilgi konsert dasturi

Yulduz Usmonova sahnaga qaytganidan so'ng 2017-yilda yana Toshkentdagi "Istiqlol" san'at saroyida o'zining konsert dasturini berishi ma'lum bo'lgan edi. Dast avval konsert kunlari 11-apreldan 23-aprelgacha deya e'lon qilingan bo'lsa keyinroq bu kunlar yanada cho'zildi 9-apreldan 23-aprelgacha. Naqt o'ng besh kun. Xa mana bu Yulduz Usmonovaga xos edi.

Konsert kunlari yetarlicha uzun bo'lsada biroq bu chipta narxini arzonligini anglatmasdi, 20 000 so'mdan 250 000 so'mgacha.
Agar chipta narxini RAYHON yoki Shahzodaniki bilan solishtirsak Yulduz Usmonovani konserti uchun chipta narxi ancha qimmat edi.
Agar Nyusha yoki Sofia Rotaruning Toshkentdigi konsertlari chipta narxlari bilan solishtirsak Yulduz Usmonovani konserti ancha arzon edi.

Foto: Instagram / Yulduzusmonova
Shaxsan o'zim bu konsertga tushmadim, Lekin konsertga bo'ladigan "Ajiotaj"  ni his etishim qiyin bo'lmadi.

Mana bugun 2017-yilning 17-aprel kuni bo'lsa hamki lekin nimagadur yurtimizning yetakchi nashrlarida xa deganda Yulduz Usmonovaning konsertidan xabarlar ketma-ketligi, foto va videolar taqdim etilmadi. Nimagadur hamma shu haqida yozmayabdi. Qiziq. Nimaga unaqa ? Primadonaning konsert kunlarining yarmi o'tgan bo'lsayu bu haqida hech kim yozmasa ? Shu sababdan bugun konsertdan videolar qidirishga tushdim. Topdim ham. Xullas shok.uz ijodkorlari Yulduz Usmonovaning konsertidan 45 daqiqalik videoni internetga joylashtirishga ulgurishibdi.

To'g'risi Yulduz Usmonova bir necha yillardan so'ng yana sahnaga qaytgan edi. Shaxsan manga konsert seenariysi, sahna ko'rinishi, konsertda kim boshlovchilik qilishi va qaysi so'z ustasi taklif etilishi juda qiziq edi. Shok.uz digi ana shu video rolikni ko'rib barcha savollarimga javob oldim.

Avvalo sahna ko'rinishi haqida etadigan bo'lsam, Yulduz Usmonovada moliyaviy tomondan hech qanaqa muomo yo'g'idi. Qolaversa Yulduz Usmonova ancha yillar davomida xorijiy mamlakatlarda ham gastrol safarlarida bo'ldi. Jahon yulduzlarining konsertlari bilan ham yaxshi tanish shundan kelib chiqib Toshkentdigi Istiqlol san'at saroyi sahnasini ham daxshatli darajada o'zgartirvorsa kere. Sahna ko'rinishini ko'z ko'rib quloq eshitmagan holatga keltirib, konsertga tushgan odam o'zga sayyoraga (boshqa planetaga) kelib qolgandek bo'ladiyov dib o'ylaganidim lekin sahna ko'rinishi juda man kutganchali bo'mabdi. Standart tartib qoidalar asosida. Oddi sahna ko'rinishi bo'libdi.

Foto: Instagram / Yulduzusmonova
Yulduz Usmonovani konsert dasturida boshlovchilik qilish "O'tkir Siddiqov" ga topshirilibdi.
Yulduz Usmonovaning 15 kunlik konsert dasturiga qiziqchilardan Shukurillo Isroilov taklif etilibdi.
Ushbu har ikkala tanlovga ham yuqori baho berardim. Zero O'tkir Siddiqov elit kategoriyadagi boshlovchi bo'lsa, Shukurillo Isroilov Toshknetda tan olinadigan sanoqli qiziqchilardan biri.

Konsert vaqtida Yulduz Usmonova to'rt yoki besh martta sahnadan odamlar orasiga tushibdi. Konsert o'rtasida gullarni qabul qilib olishga vaqt ajratibdi. Bu holatlarni ham ijobiy baholardim.
Boshqa san'atkorlar miqyosida etganda ayrim artislarimiza ja kekkayib ketgan, sahnadan odamlarni orasiga tushsa huddi oyog'i uzulib tushadigandek sahnada turvolib gerdayishi bilishadi.
Yana ayrim turdigilani otarchiligi bilinib qoladi. Ya'ni konsertlari vaqtida be farosatlarcha gul olish, yoki to'rtta gulni olib ularga rahmat etib, qatdan keganlarini so'ragunicha bir necha daqiqa o'tib ketadi. Ana shu ikki toifadagi chala yulduzlar bilan pass otarchilar Yulduz Usmonovaning konsertlariga tushib "Yulduz"lik qanaqa bo'lishini ko'rvolishsa yomon bo'masidi.

Yulduz Usmonova xalqdan gul ovotganlarini ko'rib to'risi tasirlandim. Shuncha yillar davomida Toshknetda Istiqlol sahnasini ko'rmayotganidi Yulduz Usmonova. Shuncha yillardan so'ng sahnaga qaytib xalqning shunaqa xurmatini his etish albatda boshqacha bo'lsa kere. Gullarga etibor berdim, yo'q bu konsert zalda gulni ko'tarib yurib, - gul olasilami didiganladan olinadigan arzongarrov gullar emas edi. Bular "От Души" Yulduz Usmonova uchun olib kelingan gullar edi.

Foto: Instagram / Yulduzusmonova
Etgancha, Yuqorida etganimde ko'pchili bu jarayonni juda cho'zib yuboradi. Lekin Yulduz Usmonova bu ishni imkon qadar tez bajarishga urundi. Gul olishda Yulduz Usmonovaga uchta soqchi dastyorlik qilib turdi. Yulduz Usmonova odamlardan gullarni olar ekan ana shu yigitlarga uzataverdi. Bu esa shuncha olamon keltirgan gullarni olishni maqbul usuli edi.

Etgancha, soqchilik masalasida. Konsert vaqtida Yulduz Usmonova sahnadan odamlar orasiga tushgan paytlarida soqchilar odamlarni turtib tashlashi yoki qizlarni qo'llari, bilelaridan ushlab chekaga surib tashlashi manga yoqmadi.

Konsert kulminatsiyasi esa eng oxirida bo'ldi. Yulduz Usmonova konsert so'ngida barcha ijodkorlarni sahnaga taklif etar ekan odamlarga o'z joylarini tark etishga shoshilmaslikni maslaxat berdi. Barcha konsert ijodkorlari va tashkilotchilari nomma-nom sanaldi. Shundan so'ng Yulduz Usmonova:
  - Men xozir raqsga tushaman va sahnani tark etaman. Agar sizlar changini chiqarib qarsaklaringiz bilan mani sahnaga chaqirib ololasangiz man yana chiqib qo'shiq kuylayman, aks holda qaytib chiqmiman. Kecha konsertimga tushganla changini chiqarib mani chaqirvolishni uddalashdi. Bugungisini endi ko'ramiz, deb sahnadan chiqib ketdi.
Odamlar orasida turib ketganlar ham bo'ldi boshqalar qarsak chalishni boplashdi. Bir daqiqalik qarsakbozlikdan keyin Yulduz Usmonova sahnaga qaytdi va Men sen bilan qirolichaman, Nastarin, Sanamgina kabi qo'shiqlarini kuyladi.

Aynan shu holatga umrimda birinchi martta shu Yulduz Usmonovani konsertida guvoh bo'ldim. Zero oldinlari xorij yulduzlarining showlarida konsert tugaganidan keyin ham xalq qarsaklardan to'htamasligi va ana shu jahon yulduzlari yana sahnaga chiqib qo'shiq kuylaganligini eshitgan edim. O'zbekistonda esa bu hodisa aynan Toshkenda, Yulduz Usmonovani konsertiga bo'votganidi.

Shuning bilan konsert o'z poyoniga yetdi. Konsertda qo'shiqlar adashmasam to'liqligicha jonli kuylandi. Xattoki musiqachilar ham musiqani jonli chalishdi nazarimda.

O'zbekiston Primadonnasi batamom sahnaga qaytganiga ham mana 5 oy bo'libdi. Lekin bu vaqt davomida hali Yulduz Usmonova vashe yorvorgan qo'shiq yaratmadi, shov-shuvli klipni premyera qilishga ham ulgurmadi. Lekin sifatli konsert berishni uddaladi.

Ko'ramiz, Kutamiz, Kuzatamiz...



Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan)

Комментарии