Futbolchilarning asosiy manbayi Argentina bo'la oladimi ?

Foto: Cadena 3

Dunyo futbolida eng bozori chaqqon futbolchilar doimo Braziliyaliklar bo'lib kelishgan. Lekin mening kuzatishlarimga ko'ra oxirgi vaqtlarda Argentinalik futbolchilarning jahon futbolida "ketmoni uchmoqda". Deyarli hamma chempionatda Argentinaliklarni ko'rish mumkun bo'lib qoldi. Ayrim top klublar safida bir emas bir nechtalab Argentinalik futbolchilar to'p surishmoqda. Braziliya futbolida esa qandaydur chunarsiz holatlar hukmron. Shu ketish bo'lsa avlodlar almashinuvidan so'ng Jahon futboliga eng ko'p futbolchi yetkazib beruvchi mamlakat Braziliya emas balkim Argentina bo'lib qoladi.

Xozir jahon futbolida eng katta maosh oluvchi futbolchilar ro'yxatiga qarar ekanmiz 1-o'rinda Tevez yillik 40 mln yevrolar atrofidagi daromati bilan turgan bo'lsa, ikkinchi o'rinda yana bir Argentinalik Ezikel Lavezzini ko'ramiz. 3-o'rindagi Portugaliyalik Ronalduni hisobga olmasak, 4-o'rinda yana bir Argentinalik Lionel Messi Barselona safida milionlar ishlab topmoqda.

Umumiy transferlar summasi borasidagi rekordlarda esa Anxel Di Maria 1-o'rinda turibdi, 3-o'rinda esa Iguain.

To'g'ri, Braziliyalik futbolchilar ham kam bo'layotganlari yo'q. Ammo Argentinalik futbolchilarning transfer bozoridagi yutuqlari allaqachon sezilmoqda. Qolaversa Argetinalik futbolchilar narx va maosh borasida Braziliyalik arzongarrov futbolchilarga nisbatan yaxshiroq shartnomalarga ega chiqishmoqda.

* * *

Keling endi top klublarda nechtadan Braziliyalik va Argentinalik futbolchilar to'p surayotganini bir tahlil qilib ko'raylik.

Real Madrid (Argentinaliklar - yo'q / Braziliyaliklar - 3 ta)
Barselona (Argentinaliklar - 2 ta / Braziliyaliklar - 2 ta)
Atletiko Madrid (Argentinaliklar - 3 ta / Braziliyaliklar - 1 ta)
Seviliya (Argentinaliklar - 6 ta / Braziliyaliklar - 2 ta)
Bavariya (Argentinaliklar - yo'q / Braziliyaliklar - 2 ta)
Borusiya Dortmunt (Argentinaliklar - yo'q / Braziliyaliklar - yo'q)
Lepsig (Argentinaliklar - yo'q / Braziliyaliklar - 1 ta)
Ayntrax Frankfurt (Argentinaliklar - 1 ta / Braziliyaliklar - 2 ta)
Yuventus (Argentinaliklar - 2 ta / Braziliyaliklar - 3 ta)
Milan (Argentinaliklar - 3 ta / Braziliyaliklar - yo'q)
Inter (Argentinaliklar - 5 ta / Braziliyaliklar - 2 ta)
Roma (Argentinaliklar - 3 ta / Braziliyaliklar - 5 ta)
Manchestor Siti (Argentinaliklar - 4 ta / Braziliyaliklar - 3 ta)
Manchestor Yunaytet (Argentinaliklar - 2 ta / Braziliyaliklar - yo'q)
Arsenal (Argentinaliklar - 1 ta / Braziliyaliklar - 1 ta)
Chelsi (Argentinaliklar - yo'q / Braziliyaliklar - 3 ta)
PSJ (Argentinaliklar - 3 ta / Braziliyaliklar - 4 ta)

Demak, Top klublarda jami (Argentinaliklar - 35 ta / Braziliyaliklar 34 ta)

* * *

Top klublarda Argentinaliklarning soni bittaga ko'p bo'lsada butun dunyo miqyosida barbir Braziliyalik futbolchilar ko'pchilikni tashkil etishadi. Shunday bo'lsada yuqridagi gaplarimni takrorlaydigan bo'lsam yaqin kelajakda ko'p narsa o'zgarishi mumkun.

ARGENTINA MILLIY TERMA JAMOASINING KENGAYTIRILGAN TARKIBI (2017-yil)

Darvozabonlar:
Sergio Romero (Manchestor Yunaytet / Anglya)
Willy Caballero (Manchestor Siti / Anglya)
Gerónimo Rulli (Real Sosidad / Ispaniya)

Himoyachilar:
Pablo Zabaleta (Manchestor Siti / Anlgya)
Nicolás Otamendi (Manchestor Siti / Anglya)
Marcos Rojo (Manchestor Yunaytet / Anglya)
Martín Demichelis (Malaga / Ispaniya)
Ezequiel Garay (Valensiya / Ispaniya)
Gabriel Mercado (Seviliya / Ispaniya)
Marcos Acuña (Racing club / Argentina)

Yarim Himoyachilar:
Nicolás Gaitán (Atletiko Madrid / Ispaniya)
Érik Lamela (Totenhem / Anglya)
Javier Pastore (Parij sen Jermen / Fransiya)
Ángel Di María (Parij sen Jermen / Fransiya)
Javier Mascherano (Barselona / Ispaniya)
Éver Banega (Inter / Italiya)
Lucas Biglia (Lazio / Italiya)

Hujumchilar:
Lucas Alario (River Plate / Argentina)
Paulo Dybala (Yuventus / Italiya)
Gonzalo Higuaín (Yuventus / Italiya)
Carlos Tevez (Shanhai Shenhua / Xitoy)
Ezequiel Lavezzi (Hebei China Fortune / Xitoy)
Sergio Agüero (Manchestor Siti / Anglya)
Lionel Messi (Barselona / Ispaniya)

* * *



Stadion.uz nashri man yozgan ushbu maqolani chop etdi, Be vositda Stadion nashrida o'qishni hohlaganlar uchun manzil - Stadion.uz/news/detail/157599

Комментарии