"BOOOM": Shoxrux rep sahnaga "Qaytdi"

Foto: Telegram, ("MTV Show")
Bundan bir muncha vaqt ilgari O‘zbek Shou-Biznesiga rasman Yulduz Usmonova qaytgani haqida maqola yozgan edim

Yulduz Usmonova bilan ketma ket men bilganlarimdan Farruh Zokirov, Sherali Jo‘rayevlar ham sahnaga qaytdi. Ancha vaqtdan buyon TV ekranlarida ko‘rmaganimiz Shahriyor ham ko‘rinib qoldi.

Ammo bugun O‘zbek shou-biznesidagi eng yorqin yulduzlardan biri Shoxrux reper ham sahnaga qaytganiga guvoh bo‘ldim. Boya telegram messenjerida bugun MTV show mehmoni Shoxrux reper ekanligi haqidagi ma’lumot va fotosuratga ko‘zim tushib qoldi. Tan olaman bir qarashda bunga ishonish qiyin edi.

Dushanbadan-jumagacha Soat 21:00 da "Milliy TV" telenakalida "MTV show” ko‘rsatuvi efirga uzatiladi. Har kuni bo‘lmasa ham kun orada bu ko‘rsatuvni tomosha qilaman. Ammo ko‘rsatuvni bugungi sonini ikki karra qiziqish bilan kutdim. Ko‘rsatuvning bugungi soniga boshlovchilik qilish noodatiy tandem Mirshakar va Jenisbekga ishonib topshirilibdi. Odatda Jenisbek O‘tkir oka bilan, Mirshakar esa "Xo‘ja” guruhi solisti bilan ko‘rsatuvni olib borishar edi. Ko‘rsatuvga dastlab ikki nafar fiziklar mehmon sifatida tashrif buyurishdi. O‘zlarining qator ixtirolari bilan o‘rtoqlashishdi. Ayrim kimyoviy jarayonlarni ko‘rsatib berishdi.

Ana shundan so‘ng eng kutilgan damlar yetib keldi. Ko‘rsatuvga yana bir mehmon Shoxrux reper taklif etildi va Shoxrux reper studiyaga kirib keldi. O‘z o‘rnidan joy oldi. Lekin ko‘rsatuv juda bir men kutgan darajada bo‘lmadi. Boshlovchilar Jenisbek va Mirshakarlar gapni uyo-buyoga ob qoshichdan ortishmadi. Shoxrux o‘tgan yillar davomida tahsil olish bilan band bo‘lgani. Jumladan yuridik mutaxassislikdan tahsil olganini aytib o‘tdi. O‘zimdan g‘ururlanib ketdim, har holda men ham yuridik yo‘nalishda tahsil olaman. (Ana qanaqa odamla o‘qidi "Юридический" da))

Shoxrux deyarli barcha savollarga "Xa” yoki "Yo‘q” deb javob berdi. Boshqa holatlarda ham o‘zbek tilida biroz aksent bilan gapirdi, Ammo gaplaridigi shevasi o‘zimizani sof Toshkentcha edi. Shoxrux rep o‘zini o‘ta vazmin va juda bosiq tutdi.

24 va 25-mart kunlari Istiqlol san’at saroyida konsert dasturi bo‘lishi va balki 26-mart kuni ham bu ro‘yxatga qo‘shlishi mumkunligi haqida ma’lumot berdi. Aytishicha konsertida 40 dan ziyod qo‘shiqlar aytiladi. Bu qo‘shiqlar jonli ijroda ijro etilishi haqida aytdi.

Ko‘rsatuv O‘zbekistonning birinchi repperining yangi "Fonogramma” nomli qo‘shig‘idan aytilgan parcha bilan yakunlandi.

To‘g‘risi Shoxrux reperni ko‘rganimda xursand bo‘ldim. Zero shu ijodkor etgan hamma qo‘shiqlari doimo mening e’tiborim doirasida bo‘lib kelgan. Jumladan: Bolaligim, Yig‘lar Osmon, Yoron-ey, Этот Бит va hokazo. So‘zim yakunida Shoxruxga omad tilab qolaman.


Foto: instagram.com/shoxrux
Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev san’atkorlarimizning qilgan xato va gunohlarini avf etmoqdalar. Farruh Zokirov, Yulduz Usmonova, Sherali Jo‘rayev va mana endi Shoxrux. Qani endi shu ro‘yxatda Obid Asomov ham bo‘lsa edi.

Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan)

Комментарии

Отправить комментарий