RASMAN: Odil Ahmedov "Shanghai International Port Group" FK azosiga aylandi

Rasmiy xabar: Odil Ahmedov "SHanxay SIPG" klubiga o'tdi

Krasnodar va SHanxay SIPG klublari 29 yoshli o'zbekistonlik Odil Ahmedov borasida kelishib olishdi.



Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan): Bu Odil Ahmedov uchun amaldagi eng to'g'ri qaror edi. Men bu transferni qoralashim mumkun edi agarda Odil Ahmedovning oldida Barselona va Real Madrid dan rasmi taklif turganida, Odil moliyaviy tomonlarini o'ylab "Shanxay" liklar safiga borib qo'shilganida

Ammo amalda Odil Ahmedovni yevropa grandlari rasman taklif qilishmayotgan edi, Lekin Yevropaning o'rtameyona jamoalaridan qiziqish bo'lganligi haqiqatga yaqin.
Xo'sh Odil Ahmedov Rossiyada, Jumladan Krasnodar safida qolganida nimaga ham erishar edi ? Saviyasi jihatidan Yevropada ikkinchi o'rinda turadigan Yevropa ligasida nimchorak yoki chorak finagacha yetib borish uchunmi ? Yoki Rossiya chempionatida Terekni ortda qoldirib 4-o'rinni qo'lga kiritishmi ? Yo'q Krasnodar safida qolib bu jamoa bilan nimagadur erishish bugungi kunda juda mushkul masala edi.

Mana endi Odil Ahmedov "Shanxay SIPG" jamoasida Oskar va Halk bilan jamoadosh bo'ladi, Andre Villash-Boash qo'l ostida harakatlanadi. Eng muhimi Odil Ahmedov 2017-yilning o'zidayoq Xitoy Chempioni, Xitoy Kubogi sohibi va OCHL da chempion bo'lish uchun juda ham qulay imkoniyati bo'ladi (Osiyoda chempion bo'lsa Klublar o'rtasidagi JCH da ham maydonga tushish ehtimoli bor). Xitoy chempionati xozirgi kunda infrostruktura va futbolchilarning saviyasidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak allaqachon Rossiya chempionati bilan tenglashib bo'lgan. To'lib toshgan hay-xotdek stadionlar, Narxi falon mln turadigan yulduzlar, Soatlab yugurib faqatgina zavq olish mumkun bo'lgan yam-yashil va mayin maydonlar bisyor bo'lgan Xitoy chempionatiga o'tish bu Odil uchun xech qanaqasiga ortga tashlangan qadam bo'la olmaydi

Faqat Odilning oldida bitta eng asosiy vazifa turadi, Ya'ni yangi jamoasida ko'z tegib zahira o'yinchisiga aylanib qolmaslik va o'z sport formasi va asosiy tarkibdagi o'rnini doimo saqlash!
Chiqmagan jondan umid balkim "Shanxay" ning Xitoy va Osiyo miqyosida qo'lga kiritajak ijobiy natijalari o'laroq Odil Ahmedovga Yevropaning TOP-5 chempionati jamoalari ham qiziqib qolar ?

Kutamiz, Kuzatamiz...



* * * * *



Mening qalamimga mansub ushbu maqola 2017-yilning 2-Yanvar kuni Stadion.uz sayitida ham chop etildi, Aynan shu maqolani Stadion.uz da o'qish uchun manba: Stadion.uz/news/detail/153959

Комментарии