Shavkat Mirziyoyevga ovoz beraylik!!!

2016-yilning 4-dekabr sa'nasida O'zbekiston Respublikasi prizidenti saylovi bo'lib o'tadi. Ushbu voqelik O'zbekistonning bundan keyingi kelajagini belgilab beradi desam nazarimda to'g'ri bo'lsa kerak.


Men shu bugungi kunga qadar barcha prizidentlikga nomzodlarning saylov oldi dasturlari bilan imkon qadar yaqindan tanishib keldim. Ularning TV orqali chiqishlari va nutqlarini diqqat bilan kuzattim.



O'zi aslida hammasini boshidan aytadigan bo'lsam. 2016-yilning sentyabr oyida birinchi prizidentimiz Islom Karimovning vafotidan so'ng, Og'ir bir vaziyatda O'zbekistondagi Prizidentdan keyingi shaxs sifatida Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvini o'z qo'liga oldi.

Birinchi prizidentimiz o'z vasiyatlariga binoan Samarqand shahriga dafn etildilar, Yurtboshimizni so'ngi manzilga kutazish va dafn marosimi, o'ta yuqori saviyada o'tkazildi, Birinchi prizidentimiz xotiralariga yuksak xurmat bajo keltirildi. Islom Karimovning tobutini o'z yelkasida ko'tarib ketayotgan Shavkat Mirziyoyevning ko'zlaridagi yoshni ko'rib bu insonning birinchi prizidentimizga bo'lgan sadoqatlari va Islom Karimovga bo'lgan xurmatlarini ko'rib mening ham ko'zimdan yosh qalqidi. Islom Karimovni so'ngi manzilga kuzatish uchun qator davlat rahbarlari Samarqandga kelar ekanlar ularni O'zbekiston rahbari sifatida Islom Karimovdan so'ng bosh vazirimiz Shavkat Mirziyoyev qarshi oldi. Barcha xorijiy davlat rahbarlari bilan be vosita Samarqandda Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston bayrog'i ostida muzokaralar olib bordilar. Shaxsan o'zim anashu pallada Shavkat Mirziyoyevni tashqi ishlarda naqadar katta salohiyatga ega ekanliklari va naqadar kuchli Diplomat ekanliklariga guvoh bo'ldim.



Uch kunlik motam o'z poyoniga yetar ekan O'zbekiston Senati raisi "Nigʻmatilla Yoʻldoshev" davlat boshqaruvidagi tajribasi va xalq oldigagi obro'-e'tiborini hisobga olib "O'zbekiston Respublikasi Prizidenti vazifasini bajarish" ni Bosh vazirimiz Shavkat Mirziyoyevga topshirishni taklif etdi. O'ylashimcha bu to'laqonli to'g'ri qaror edi. Toki bunday vaziyatda faqatgina Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonni boshqara olar edi.

Mana uch oydurki Shavkat Miromonovich Mirziyoyev yurtimizdagi tinchlik va farovonlikni ushlab turibdi.

O'zbekistonning 25 yillik tarixi davomida faqatgina Islom Karimov O'zbekistonni boshqargan edi, Yurtimizning Yurtboshisi, Xalqimizning otasi Islom Karimovning vafoti bu har bir O'zbek uchun, har bir O'zbekistonlik uchun juda og'ir va juda katta judolik edi. Islom Karimov O'zbekistonga mustaqillikni olib bergan, O'zbekistonni shu bugungi kunga olib kelgan edi.
Islom Karimov ideal inson edi. O'ylaymanki Islom Karimov hayoti davomida biron marotaba ham xato qaror qabul qilmaganlar. Shavkat Mirziyoyev ham birinchi prizidentimizning "To'g'ri" tanlovi edi. Birinchi prizidentimiz mening fikrimcha Shavkat Mirziyoyevni anashu mustaqillik yillaridanoq kuzatib kelganlar. Islom Karimov 1992-yilda Shavkat Mirziyoyevni Toshkent shahrining "Mirzo Ulug'bek" tumaniga hokim etib tayinlaganlar. Shavkat Mirziyoyevdagi potensial va bu insondagi iqtidorni ko'rgach esa Islom Karimov 1996-yilda Sh.Mirziyoyev o'zi tug'ilib o'sgan Jizzax viloyatiga hokim etib tayinlaganlar. Keyinchalik 2001-yilda esa Shavkat Mirziyoyevga yanada jiddiy va masuliyatli vazifa, O'zbekistonda Toshkentdan keyingi o'rinda turuvchi Samarqand viloyatiga hokimlik topshirilgan. Islom Karimov asli Samarqandda tug'ilgan edilar. O'ylashimcha Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati hokimligiga tayinlanishining o'ziyoq Islom Karimovning Shavkat Mirziyoyevga bo'lgan ishonchidan dalolat. Nazarimda Islom Karimov bu yo'l bilan Shavkat Mirziyoyevni ya'nada yuqori lavozimga tayyorlab kelganlar. 2003-yilda Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonning bosh vaziri etib tayinlanganlar. 

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2003-yildan to shu bugungi kunga qadar O'zbekistonning Bosh vaziri bo'lib kelganlar. Bu vaqt davomida Islom Karimov jamiki O'zbekiston kelajagiga oid masalalar yuzasidan Shavkat Mirziyoyev bilan maslaxatlashgan, Barcha yo'nalishlar bo'yicha Shavkat Mirziyoyevga o'z bilganlarini o'rgatganlar nazarimda. Boshqacha aytganda Islom Karimovning birinchi raqamli shogirdi bu Shavkat Mirziyoyev bo'lsalar kerak.

Shuningdek Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston bosh vaziri bo'lish bilan bir qatorda 2005-yildan buyon Agrosanoat majmuasiga ham rahbarlik qilib kelmoqdalar. O'zbekistonda har yili paxta va g'allalarimiz rejalarining bajarilishi, Dasturxonlarimizdagi to'kin sochinliklar, Umuman barcha-barchasida Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning be qiyos hissalari bor nazarimda.

Shavkat Mirziyoyevni nutqlarini eshitar ekanman, Ularni harakatlarini kuzatar ekanman har safar ko'z o'ngimda Islom Karimov namoyon bo'lmoqdalar.

Men ayni damda yuridik sohada tahsil olar ekanman, Esimni taniganimdan buyon TV orqali e'lon qilingan yoki men o'qigan va yod olgan birinchi prizidentimizning barcha qarorlar va farmonlari so'ngida bir jumlani uchratam bu ham bo'lsa:
- Ushbu farmonning ijrosi O'zbekiston bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin

O'ylab qolaman, Agarda xozir oramizda Islom Karimovning o'zlari bo'lganlarida aynan "Shavkat Miromonovich Mirziyoyev" O'zbekiston prizidenti etib saylanishini hohlagan bo'lar edilar.

4-Dekabr kuni bo'lib o'tadigan prizidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyev g'alaba qozonsalar va O'zbekiston Prizidenti etib saylansalar birinchi prizidentimiz Islom Karimovning ruhlari ham shod bo'lgan bo'lar edi.

Shaxsan o'zim ayni damda Yurtboshim sifatida, O'zbekistonning prizidenti sifatida Shavkat Mirziyoyevdan boshqa xech kimni xattoki tasavvur ham eta olmayman.

Men 2016-yil 4-dekabrdagi saylovda faqat va faqat: Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga ovoz beraman va sizlarga ham shuni tavsiya etaman.

Tinchlikni, Taraqiyotni va Farovonlikni taminlay oladigan "SHAVKAT MIRZIYOYEV" ga ovoz beraylik!!!



Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan)
Manba: Bekuzbekistan.blogspot.com

Комментарии