O'zbekiston sporti tarixida yangi sahifa ochildi



Mana 5-21-avgust kunlarida Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlari ham o'z poyoniga yetdi.

Foto: tass.ru
Ushbu olimpiada o'yinlarida O'zbekiston delegatsiyasi ajoyib natija qayt etishga muofaq bo'lishdi.

4 ta OLTIN / 2 ta KUMUSH / 7 ta BRONZA

Shunisi etiborliki, O'zbekiston mustaqillikga erishganidan buyon bu biz uchun eng omadli olimpiada o'yinlari bo'ldi


O'zbekiston Rio olimpiadasi davomida 13 ta medall jamg'ardi va ...

Yer sayyorasidan kelgan 207 ta mamlakat orasida 21-o'rinni,
Osiyo qittasida 4-o'rinni (Xitoy, J.Koreya va Yaponiyadan keyingi)
MDH davlatlari orasida 2-o'rinni (Rossiyadan keyingi)
O'rta osiyoda esa 1-o'rinni egalladik.

* * *

Sovrindorlarimizning umumiy ruyxati:

       
Oltin - Hasanboy Do'stmatov (Boks) / 14 avgust
Oltin - Ruslan Nuriddinov (Og'ir atletika) / 15 avgust
Oltin - SHahobiddin Zoirov (Boks) / 21 avgust
Oltin - Fazliddin G'oibnazarov (Boks) / 21 avgust
Kumush - SHahram G'iyosov (Boks) / 17 avgust
Kumush - Bektemir Meliqo'ziev (Boks) / 20 avgust
Bronza - Diyorbek O'rozboev (Dzyudo) / 6 avgust
Bronza - Rishod Sobirov (Dzyudo) / 7 avgust
Bronza - Rustam To'laganov (Boks) / 13 avgust
Bronza - Elmurat Tasmurodov (Yunon-rum kurashi) / 14 avgust
Bronza - Murodjon Ahmadaliev (Boks) / 18 avgust
Bronza - Ixtiyor Navruzov (Erkin kurash) / 21 avgust
Bronza - Magomed Ibragimov (Erkin kurash) / 21 avgust




* * *
Ushbu Olimpiadada eng ko'p medalni bokschilarimiz qo'lga kiritishdi. To'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida bokschilarimiz yaxshigina shov-shuv ko'tarishga muvaffaq bo'lishdi. To'liq tarkib, yani 10ta vazn toifasida ishtirok etgan charm qo'lqop ustalarimizdan 7 nafari g'olib va sovrindorlar safidan joy oldi. Bu orqali O'zbekiston Olimpiada o'yinlarida Boks sport turi bo'yicha tengsiz bo'lishdi.



* * *

Bu yerda yana bir jihat mavjud!

Agar biroz uzoqdan keladigan bo'lsam, Olimpiada ochilish marosimi vaqtida men bir ma'lumotdan bo xabar bo'ldim. Yani O'zbekistondan Rio olimpiadasida 70 nafar sportchi ishtirok etishgan, Aynan shuncha sportchimiz olimpiada o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritishga muvofaq bo'lishgan.

Qo'shnilarimiz Qozog'istondan esa naqt 104 nafar sportchi Rio de Janeyroda bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritishni uddalashibdi.

Albatda bu meni biroz ajablantirdi. Bir yoshi ulug'roq qo'shnimiz bilan bo'lgan suhbatda shu haqida o'g'iz ochganimda qo'shnimiz shu jihatga ham oydinlik kiritib ketdi.

- Bilasanmi Ulug'BEK gap shundaki Qozog'iston termasi safida Rioga yo'l olgan sportchilarning hammasi ham Qozog'istonda tug'ilgan yoki asli vatani Qozog'iston bo'lgan sportchilar emas.
Balkim aslida vatani boshqa yurt bo'lgan legionerlardir.
Misol uchun Rossiyada, Ukraina yoki Kavkaz mamlakatlarida terma jamoaga kira olmagan sportchilar olimpiada o'yinlaridan chetda qolib yana 4 yil kutmaslik uchun o'z fuqoroliklarini Qozog'istonnikiga o'zgartiradilar va rag'batlantirish yuqori bo'lgan davlat bayrog'i ostida saralashlarda ishtirok etib olimpiada o'yinlariga yo'llanma olishadi. Shu tariqa xorijdan kelgan va fuqoroligi o'zgartirilgan sportchilar hisobiga Qozog'istondan olimpiada o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilar soni oshib ketadi deb aytdilar.

Keyin etibor bersam dar haqiqat Qozog'iston bayrog'i ostida harakatlanayotgan sportchilarning sezilarli qismi Legionerlardek tuyildi. Asli Qozoqcha ism-familiyaga ega sportchilarni kamdan-kam uchratasiz.

Olimpiada oldidan Qozog'iston hukumati har bir oltin medal uchun 250 000 $ mukofot puli belgilabdi.

O'zbekistonda esa bu ko'rsatgich 200 000 $ ni tashkil etar edi.

Ammo yuqoridagi faktorlarning barchasiga qaramay O'zbekiston Rio de Janeyro olimpiadasida

21-o'rinni
taqdirni qarangki Qozog'iston, O'zbekistondan bir pog'ona past bo'lgan 22-o'rinni band etishdi.

Foto: Google

Albatda bu holat tinchlik elchisi bo'lgan sportda jumladan Olimpiada o'yinlarida barcha qo'shnilarimizdan yuqori o'rinni egalaginimiz menga milliy faxr va g'urur baxsh etdi.

Shuningdek biz umum jamoa hisobida anchayin rivojlangan: Shvetsariya, Eron, Gretsiya, Argentina, Daniya, Shvetsiya, Ukraina, Belgiya, Polsha, Turkiya, Indoneziya, Ruminiya, Meksika, Hindiston, B.A.A, Portugaliya, Saudiya Arabistoni va yana yuzdan ziyot mamalakatlardan yaxshiroq natija qayt etish barobarida ulardan ZO'R ekanligimizni isbotladik (BU FAKT)



Men o'z vatanim O'zbekistonni sevaman, Tinchligimizga ko'z tegmasin, Osmonimiz musaffo, Hayotimiz farovon bo'lsin. Sportchilarimiz tom manoda yurtimiz mustaqilligining 25 yilligiga munosib sovg'a tayyorlashdi. Olg'a O'zbekiston!!!

HUDO hohlasa 2020-yilda Yaponiyada bo'lib o'tadigan Tokiyo olimpiadasida bundanda yaxshiroq natija kutib qolaman!

* * *

Qolaversa yuqorida takidlab o'tganim moliyaviy rag'batlantirish haqida.

Rio—2016 Olimpiadasiga 70 nafar sportchi bilan jo‘nab ketgan O‘zbekiston terma jamoasi sportchilariga oltin medal uchun 200 ming AQSh dollari miqdorida mukofot puli tayin qilingandi.

O‘zbekiston tomonidan va’da qilingan bu ko‘rsatkich kumush medal sohiblari uchun 100 ming, bronza medalini qo‘lga kiritgan sportchilar uchun 75 ming dollarni tashkil qilgandi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Rio—2016 Olimpiadasida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu esa Olimpiada sovrindori bo‘lgan 13 nafar o‘zbekistonlik sportchi umumiy hisobda 1 million 525 ming AQSh dollari qiymatida mukofot pulini qo‘lga kiritishini bildiradi.

Shuningdek yuqoridagi pul mukofotlariga yurtboshimiz tomonidan hadiya qilinadigan Uy va Shaxsiy avtomobillar. Shuningdek yana qator sovg'a salomlarni qo'shadigan bo'lsak yuqoridagi mukofot pullarining salmog'i yanada oshib ketadi.

O'zbekiston Olimpiada o'yinlarida o'z sportchilarini rag'batlantirish borasida Dunyodagi 10 ta mamlakatdan biri hisoblanadi. Xattoki mana man degan AQSH, Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar ham olimpiada chempionlarida shunchagina pulni qizg'onishar ekan.


Chempionlarimizga har tomonlama havas qilsak orzidi, Barakalla O'zbek o'g'lonlari. Jannat makon yurtning farzandlari

* * *

Muallif: Xudoyberganov Ulug'BEK (Ulug'bek Toshkandiy)
Manba: ulugbektoshkandiy.blogspot.com

Комментарии