Zarb (Yangi "Удар" film)

Bundan bir soatcha oldin yangi O'zbek filmi "ZARB" kinokartinasini tomosha qildim.

Bravo,Ajoyib kino deb aytgan bo'lardim,Operatorlik ishi IDEAL,Rejissiyorlik mahorati va Senariyga haqiqatdanham tan bersa bo'ladi,Bu kabi ajoyib filmni har kuniham ko'ravermaysiz.

Gapni sarasini aytganda bugun menda ikkita kino ko'rish varianti bor edi "Burch va Muhabbat" va "Zarb" kinolari,Ikkisiham O'zbek kinosi,Ikkala filmni Trillerini ko'rdim va o'zimcha:

- Zarb kinosi doirachilar haqidekan shekilli Burch va Muhabbat yaxshi kinoga o'xshidi urushli sahnalariham bor ekan...

Degan hayol bilan dastlab "Burch va Muhabbat" filmini tomosha qildim,U ham yaxshi kino ekan lekin aktyorlar jamoasi "Qadamlar" filmidagi tarkibni deyarli takrorlaganligi uchunmi u darajada o'zim uchun yangilik olmadim lekin Ozod Shams ning rejissiyorlik qobiliyatiga 4+ baho berdim (aslida boshida 5+ baho bergan edim ammo keyin sal fikrim o'zgardi).

Anashu filmni ko'rib bo'lgach hohlay-hohlamay "Zarb" filmini tomosha qilishga chog'landim,Film men uchun kutilmagan tarzda boshlandi (Molni so'yishga taradud sahnasidan),Keyin sal qiziqgancha kinoni tomosha qila boshladim,Dastlabki bir nechta lavhalardan keyin Operatorlik ishlari yaxshi chiqibdi deb qo'ydim,Keyinroq Rejissiyorni ishiham chaki emas dedim,Keyinroq esa Aktyor va Aktrissalarningham mahorati menda iliq tasuroq qoldira boshladi,Umuman qilib aytsam "Zarb" filmi menga har tomonlama yoqdi (BO'LARKANU shunaqa yaxshi kinolar suratga olsaham)

Kinoni tarbiyaviy ahamiyati haqida bir narsa deyolmaymanku lekin kinoni senariysi doimiy kino-kartinalar singari Sevgi mavzusida emas balkim bir insonning Kasbiga bo'lgan muhabbati haqida,Bu kabi filmlarni soni ko'payishi tarafdoriman,Faqat oxiridigi joyi yoqmadi yani bosh qahramon o'z qo'liga bolg'a bilan tushirmoqchi bo'lgani (Boshqalarda o'z juratini shu ko'rinishda sinab ko'rish fikri uyg'onib qolmasinde ishqilib).

Film o'z poyoniga yetar ekan filmning pastonovkachi rejissiyori Nozim To'laxadjayev ekanligini ko'rdim,Operator Jasur Shametov,Senariy muallifi esa Elmira Xasanova ekan,Ularga shunday kino kartina yaratganliklari uchun o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

Film yuqorida aytganimdek Sharif ismli bir doirachi inson haqida,Anashu Sharif akani hayotini yoritish davomida Sharif akani mahallasi (mahalladoshlari) va ish joyidagi voqealarham ko'rsatilgan boshqa oshiqcha kadrlar filmda yo'q,Film haqida yana boshqa ma'lumotlarni aytmoqchimanku lekin qizig'i qolmidimi dimande.

"Zarb" kinokartinasida bosh ro'llarni: Baxtiyor Qosimov,R.Ulesanova,Umid Iskandarov,Yulduz Rajabova va Rajab Adashev kabi mashxur aktyor va aktrissalar bosh ro'llarni ijro etishgan.


Filmdan olingan Fotosuratlar: (Biroz sifati pastroq aybga buyurmisilade endi)


























Комментарии